«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

yu,
shahzoda bir taxtaga mahkam yopishib olib 
omon qoldi. Tolqinlar bu taxtani u yon-bu yon 
otar ekan, Farhod jonidan umid uzib qolgan edi.
Dengiz taxtani Yam an mamlakati tomonga su- 
rib ketdi. Shahzoda taxta ustida behush yotarkan, 
Yamanga qarab borayotgan tez suzar bir kema


ustidagi savdogarlar ko‘rib qolishdi-da, den- 
gizchilarni shahzoda tomonga yuborishdi. Yigit 
taxta ustida olikdek yotardi. Qutqaruvchilar na­
fas olayotganini ко‘rib, tirik ekaniga ishonch hosil 
qilishdi-da, kemaga olib chiqishdi. Kema ahli turli 
hidli moddalarni burniga tutishgan edi, Farhod 
ko'zini ochdi. Sharbat va ovqatlar berib, uni o‘zi- 
ga keltirishdi. Nihoyat, shahzoda turib o‘tirdi-da, 
o‘zi bilan nima ahvol yuz berganini so‘radi. Sa­
vdogarlar bolgan voqealami so‘zlab berdilar, keyin 
yigitning kimligini soYadilar. Farhod: «Biz, bir guruh 
savdogarlar Xo'tandan Yaman tomon kelayotgan 
edik, to Ton kemamizni dengizga cholctirib yubor­
di. Men mana shu taxta ustida omon qoldim. 
Goh hushyor, goh behush yotardim. Hushimni 
yo‘qotgan vaqtda sizlarga duch kelibman. Men 
hayotdan umidimni uzib qoVgandim. Sizlarning 
yaxshiligingiz tufayli olimdan qutulib qoldim. To 
tirik ekanman, sizlarning xizmatingizdaman», -
deb javob qaytardi. Bu so‘zlami eshitgan kema 
ahli uni yoqtirib qolib, to quwatga kirgunicha 
unga mehribonlik ko'rsatishdi.
Bir kuni kemadagilar o‘zlari tomon suzib ke­
layotgan bir necha qayiqni ко‘rib qolishdi-yu, 
hammalari oh-voh qila boshlashdi. Farhod buning 
sababini so‘ragan edi, ular yiglab: «Sen dengiz us­
tida ko‘rayotgan bu qayiqlardagi odamlar orollar- 
da yashaydigan qaroqchilardir. Bittami, ikkitami 
yoki uchtami kemani ко‘rib qolishsa, har tomon- 
dan o‘rab olishib neftli shisha idishlami yondirib 
turib, kema tomon otishadi-da, odamlarni oldirib, 
mollarini egallab olishadi. Biz dengizdagi to‘g‘ri 
yoldan adashib, to‘fon mahali shu yerga kelib


qolibmiz. Ularga duch kelgan odamlarda qutu- 
lish umidi qolmaydi», - dedilar. Savdogarlaming 
bu so'zlarini eshitgan Farhod ularning ko‘ngilla- 
rini shod qilib: «Sizlar hecham qayghirmanglar, 
Xudo sizlami har qanday ofatdan omon saqlaydi. 
Sizlarda ko'proq o‘q bilan kuchli yoy topiladimi?»
- deb so'radi. Uning gaplariga hamma hayron 
bo‘ldi-yu, lekin so‘ragan narsalarini tezda topib 
kelishdi. Yoy Farhod istaganicha bolmasa ham, 
o'qlar yoyga mos edi. U yoy-u o'qlarni hozirlagun- 
cha, har tomondan qaroqchilar yetib kelishdi-da, 
kemaga o t yog'dirish uchun neftli shishalarini 
hozirlay boshlashdi. Kemani ularning shishalari 
yetmaydigan joyda to'xtatishni buyurgan Farhod 
shishadagi neftni yoqib, savdogarlar kemasiga 
otmoqchi bolib turgan qaroqchini nishonga olib, 
shunday o‘q uzdiki, neftli shisha parchalanib, 
qayiqqa o‘t ketdi-yu, undagi barcha qaroqchilar 
yonib ketishdi. Yana bir qayiqqa qarab o‘q otgan 
edi, u ham yonib ketdi. Ikkita qayiqdagilar kuyib 
ketgach, qaroqchilar qochishga kirishishdi. Ular 
o‘z kemalari boshini orqaga burgunicha, Farhod 
yana o‘n-o‘n besh qayiqni shu tarzda kuydirib 
yo‘q qildi. Qaroqchilarning ba’zilari olib, ba’zi- 
lari kuydi, qolganlari qochib qoldi. Bu ishlami 
ко‘rib turgan kema ahli xursand bolishib, unga 
mol-u jonlarini berishga tayyor edilar. Farhod esa 
hamon o‘z dard-u alamlari bilan band edi. Bir 
necha kun o‘tgach, ular ko‘zlagan manzil ko‘rindi. 
Kema Yaman bandargohi tomon y ol oldi, hamma 
sohilga chiqdi. Dengizdagi minglab balolardan 
omon qolgan barcha savdogarlar g'oyatda xush- 
nud edilar. Shahardagi bir manzilda joylashib,


safar kiyimlarini yechdilar. So'ngra may topib 
kelib, ichishga kirishdilar.
Maydan boshi qizigan Farhod taxti, qasrlari 
va sipohlari yodiga tushib, dengizda qolgan ota- 
si-yu ozor chekayotgan onasini eslab, o'zining bu 
tarzda ovora bolib yurgani, ko'nglidagi yoriga ye- 
tisha olmayotganidan xafa bolib, ko‘z yoshi to lea 
boshladi. Savdogarlar uning bu holatini ко‘rib biri 
yiglasa, boshqasi lol-u hayron bolardi.
Bu yerga to'plangan odamlar ichida bir hu- 
narmand naqqosh bolib, uning chizgan suratlari 
jahon xalqlari e’tiborini qozongandi. U olamdagi 
barcha mamlakatlami kezib chiqqan, Xitoyda ham 
bolgan, Moniy bilan suhbat qurgan inson bolib, 
nomi Shopur edi. Sayohat qilib yurar ekan, sav­
dogarlar kelayotgan kemaga tushib qolgan Shopur 
Farhod qilayotgan ishlardan hayratga tushar, 
lekin bu holatlar sababini о*у1аЬ topolmasdi. 
Dengizda ko‘rsatgan jasorati, quruqlikdagi ushbu 
ahvoli: ko‘z yoshlari bilan chekayotgan nola-yu 
zorlarini kuzatarkan, oyiab-oyiab uning ko'nglini 
ishq tigl yaralaganini anglab yetdi. Bu haqda so‘z 
ochilganda esa Farhod beparvodek ko'rinardi. Yigit 
dilidagi dardni so'rab bilolmagan naqqosh ishq 
dardi haqida so‘z ochdi. Uning hikoyalari Farhodga 
ta’sir qilayotganini koVgandan keyin Shopur ishqiy 
afsonalarni ko'proq so'zlab beradigan boldi. Shu 
tarzda ikkovlari do'stlashib qolishdi.
Farhod Shopumi bir dam ko'rmasa, darrov uni 
izlab topar va muhabbat haqidagi afsonalaridan 
aj^tib berishini iltimos qilardi, ularni eshitar ekan, 
yigldan tinmasdi. Nihoyat, Farhod Shopuming o‘z 
ahvoli haqidagi savollariga javob beradigan boldi.


Bir kuni Shopuming: «Ota-onang, mamlakating 
hamda o‘z hayoting haqida so'zlab bergin», - degan 
iltimosiga: «Bu gaplardan foyda yo‘q, yaxshisi, 
senga bir voqeani aytib beray. Bir kuni bir ajoyib 
mamlakat tushimga kirdi. Unga o'xshash olkani 
ko'rgan emas man», - dedi-da, ko‘z oldida namoyon 
bolgan manzaralarni birma-bir so'zlab berdi. Gap 
o‘zi sevib qolgan qizga taqalganida esa oh tortib, 
hushidan ketib qoldi. Shopur uni zo‘rg‘a hushiga 
keltirdi. Atrofdagi odamlar esa to'xtovsiz may ichish 
bilan band bolib, ikkala do'stning gaplariga parvo 
qilishmasdi. Shunda Shopur: «Do'stim, men senga 
hamsuhbat bolib, yashirin sirlaringdan ogohlik 
topdim. Sen endi g‘am yemagin, chunki sen bel- 
gilarini aytib bergan yer jahondagi eng go'zal joy 
bolib, men uni koVganman. Havosi rohatbaxsh, 
gullari hisobsiz, go‘zallikda Bog‘i Eramdek bu 
joyning nomi Armandir. Sen u yerga bormoqchi 
bolsang, men hamrohlik qilay», - dedi.
Bu gaplami eshitgan Farhod o‘z baxtiga ishon- 
mas edi. Buni ko'rgan Shopur: «So'zlarimga is- 
honmayotgan bolsang, dalil keltiray», - dedi-da, 
qog‘oz-u qalamini qoliga olib, o‘zi aytgan diyoming 
suratini chiza boshladi. Shunday bir tasvir yarat- 
diki, Farhod ko‘zguda ko‘rgan manzaradan bi- 
ronta ham farqi yo‘q edi. Suratni tomosha qilgan 
shahzoda do'stining so'zlari rost ekaniga ishonch 
hosil qildi-yu, mastlardek yiqildi.
Farhod uyqudan ko'zini ochishi bilanoq Shopur 
aytgan so'zlar, u chizgan ajoyib surat yodiga tushib 
o'midan turdi-yu, Shopur oldiga yugurdi. Uning 
tovushidan uyg'onib ketgan Shopur bu kelishdan 
uning maqsadi nima ekanligini so‘radi. Farhod 
uning oyoglga boshini qoyib: «Bergan va’dangga


vafo qilgil!» - deb iltimos qildi. Shopur rozilik bildir- 
gach, ikkala do‘st yolga tushdilar. Manzilma-manzil 
dam olmay borishar ekan, Shopur bilan Farhod shi- 
rin suhbatlashar, do‘stlik, hamdardlig-u hamkorlik 
haqida fikrlashishar, Arman diyori tasvirlangan 
surat to‘g‘risida so‘z yuritishardi.
Shu tarzda ancha yurib, Arman mamlakatiga 
qadam qoydilar. «Sen tushingda ko‘rgan mam- 
lakat mana shu. Atrofni aylanib tomosha qil- 
gin-da, о‘zing tilagan joyni topgin», - dedi Shopur. 
Farhod shu diyorni ikki-uch kun kezgach, o‘zi 
tushida ko‘rgan dasht uning ko‘z oldida namoyon 
boldi. 0 ‘sha maysalar, o‘sha savsan, o‘sha gullar, 
atrofida o‘sha bulbullar... Qayoqqa qaramasin, 
o‘ziga tanish gullar, tikanlar, giyohlami ko‘rardi. 
Bulardan ko'ngli hayajonga to lib, bezovtalanardi. 
Shunda Shopurga qarab: «Ey hamdam do‘stim, 
tushimda ko‘rgan hamma narsa bu yerda ko‘rinib 
turibdi. Endi menga yaqinroq yurib, holimdan 
xabardor bolib turgin. Bu yerda tosh qaziyotgan 
odamlarning shovqinlari eshitilyapti, jonim esa 
o‘sha tomon borishga intilyapti», - dedi.
Ikkala do‘st o'sha tarafga y o l oldilar. Ko‘p 
o‘tmay, tog‘ ichida ariq qazish bilan mashg'ul 
bolgan ikki jruzga yaqin odamlarni ko‘rdilar, 
hammalarining qollarida tesha bolib, uni toshga 
urishar, lekin qattiq toshlami kesish shunchalik 
qijdn ediki, yuz marta tesha urilganda ham no'xat- 
cha, hatto kolcnor uruglcha toshni ham kesib 
olisha olmasdi. Ikki yuzta usta uch yil davomida 
to‘xtovsiz metin ursalar ham, faqat ikki-uch yuz 
qari9 yerdagi toshnigina qazib olishgan bolib,

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin