Dedi: «Bilmon, ne holat dast bermish,
Ki sizga mujib ushbu motam ermish.
Bu ish gar xo‘b, agar zisht erdi bori,
Manga, billah y o ‘q erdi ixtiyori.
Tutung m a’zurkim, rasvo bolubmen,
Demay rasvo bo‘lubmenkim, olubmen.
Bo4ing xush botin-u zohirda mendin,
G ‘ubore asramang xotirda mendin».
Farhod xijolat chekib, bu so'zlarni aytayotgan
bolsa ham, uning joni bilan ko‘ngli ko'zguda
edi. Barchalari uylariga tarqalgach, Farhod yana
ko‘zgu yuziga boqdi. Lekin endi hech narsa ko'rin-
masdi. Chunki ko'zguni yasagan olim undagi
manzara faqat bir marta ko'rinadigan qilgan edi.
Bu holatdan mahzun bolgan shahzoda: «Boshim-
ga og‘ir tashvish tushdi. Lekin o'zimni pora-pora
qilib tashlasam ham, maqsadimga yetolmayman.
Shunday ekan, aql bilan ish ko'rishim va otamni
xursand qilishim zarur. Agar betoqatlik qilib bi-
ror tomonga boshimni olib ketsam, xoqon o'sha
zahotiyoq meni izlab topish uchun yuz mingta
lashkarini jo‘natadi. Ular butun Chin mamlaka-
tini qidirib, ikki-uch kun o‘tmay meni topishadi.
Sipohlar bilan jang qilsam, ko‘p begunoh odamlar
halok bolishi aniq. Axir Chin xalqi menga qanday
yomonlik qilibdiki, men shunday y o l tutsam?! U
holda qaysi ko‘z bilan shoh ko'ziga boqaman-u, el
yuziga qarayman? G‘am-alamimdan xabar topgan
xoqon meni asrash uchun atrofimga soqchilar
qoysa, ahvolim yanada oglrlashadi. Es-hushi-
ni yo‘qotib devona bolibdi deb, oyoglmga band
solib, uzoq bir joyga jo'natsa, holim ne kechadi?
Shuning uchun o‘zimni ehtiyotlab, aqlni yuritib
ish qilganim ma’qul», - degan qarorga keldi.
Ammo kunlar о tar ekan, quwati ketib, jismi turli
kasalliklarga chalina boshladi. Talsida jinnilik
alomatlari paydo bolib, savdoyilarcha so'zlar ayta
boshladi. Ko‘nglida sabr-u qaror tugab, qilayot-
gan ishlarini bilmaydigan bolib qoldi. Bu ahvolni
ко‘rib turgan shoh bilan vaziming dard-u alami
kundan kunga ortib borardi. Ularning shahzoda-
ga qilayotgan pand-u nasihatlari foyda bermas,
qanday chora topishni bilmay iztirob chekishardi.
Farhodning holati borgan sari oglrlashayotganini
ko'rgan shoh tabiblarni to'plab, ular bilan masla-
hatlashdi. Ancha tortishuvlardan keyin tabiblar
bir fikrga kelishib, shohga shunday dedilar:
-
Olampanoh, shahzodaning mijozida issiqlik
ko'proq edi, shuning uchun mayni ham yoqtirardi.
Ikki-uch yoshidan o‘n bir-o‘n ikki yoshiga qadar
o‘qish bilan band boldi, ikki-uch yil kasblar bi
lan shuglillandi, buning ustiga uzoq yolni bosib
otdi. Tilsim ochishni orzu qilib ajdar-u dev bilan
olishdi. Shulaming barchasi sabab bolib, mijoz-
ini issiq va quruq qilib qo^gan. Hozirgi kunlarda
havo nihoyatda isib ketdi. Hatto, buloqlar qaynab
ketyapti. Bunday ayyomda faqat salqin havoli
joylarda nafas olish shahzodaga davo bolishi
mumkin. Dengiz bilan borilsa, besh kunlikyolda
bir ajoyib orol bor. Unda baland bir tog‘ mavjud,
uning ustida esa yetti-sakkizta buloqdan muzdek
suvlar otilib turadi. Orol atrofidagi dengizdan
yoqimli shamol essa, tog‘ cho'qqisidan sovuqlik
ufurib turadi. Hattoki, sovuqdan chashmalar
muzlaydi. Shahzoda ana shu yerga borsa, ko‘ngli
ochilib, muborak jismi quwat topadi.
Tabiblarning bu so'zlari shohga ma’qul boldi,
darhol Mulkoroga dengiz safari uchun hozirlik
ko'rishni buyurdi. Vazir tez orada barcha tayyor-
garliklami nihoyasiga yetkazgach, shoh Farhodni
ogohlantirish uchun odam yubordi.
Bolib o'tgan gaplardan, dengiz safari boshlana-
yotganidan xabar topgan shahzodaning ko'ngli
shod bolib: «Shoh oldida mening ushbu so'zlar-
imni ayting. Shohning istagi mening istagimdir.
U qayoqqa borishni istasa, men u bilan doim
birgaman», - deb buyurdi. Bu so'zlarni xoqonga
yetkazganlarida, uning ko'zi yoshga to lib, duoga
qol ochdi. So‘ng kemalarga barcha kerakli nar-
salami ortishga farmon berib: «Men ham ertaga
dengiz safariga chiqaman», - dedi. Bu xabarni
eshitgan shahzoda benihoya shod boldi. Uning
maqsadi ham xuddi shunday edi.
Ertalab shoh bilan shahzoda otlariga minib,
dengiz sohiliga yetib kelishdi. U yerda yog'ochdan
yasalgan bir shahar ko'rindi. Behisob kemalar
safarga tayyor bolib turardi. Ularning baland
yelkanlari ko'zni qamashtirardi. Har qaysi ke-
maning ichi bir uydek kelardi. Katta kemalaming
eoni ikki yuzta bolib, uch yuz-u ellik kemacha
ham falak dengizidagi yangi oy-hilollardek ko'zga
tashlanardi. Yana ko'plab tez suzuvchi qayiqlar
ham bolib, kemalarning umumiy soni bir ming
besh yuztaga yetardi.
Xoqon bilan Farhod o‘zlariga moljallangan
kemaga chiqishdi-da, u yerda qurib qoQilgan
shohona taxtlarga o'tirishdi. Necha ming mohir
kemachilar ishga kirishib dengiz tomon yolga
tushishdi. Orzulari bolgan orolga qarab ikki ke-
cha-kunduz suzishdi. Shamoldan dengiz mavjlan-
ganda, yuz turli baliqlarga ko'zlari tushdi. Suv
ustida har biri tog'dek keladigan ulkan baliqlar
uyoqdan buyoqqa suzib yurishar, orqalari umr
daraxtini kesish uchun yaratilgan arraga o'xshar-
di. Nahanglar kichik baliqlami ov qilishar, bir-biri
bilan urishib ketsa, ikki tog‘ to ‘qnashgandek ko'ri-
nardi. Xilma-xiljonivorlar behisob edi. Shoh bilan
shahzoda har tarafga boqishib, bu ajoyibotlarni
toy may tomosha qilishardi.
To'satdan dengiz ustida kuchli shamol esa
boshladi-da, kemadagi kishilaming yuraklariga
qo'rquv soldi. Qari dengizchilar: «Bunday shamol
har yuz yilda bir marta yuz berardi, u yaxshilik
keltirmaydi», - deb vahima qilib, yoqalarini yir-
tishardi. Shamol yanada kuchaymasdan turib
shoh bilan shahzoda omon qolishlari uchun kema
oldiga tez suzadigan bir qayiqni keltirishdi, Far
hod unga tushib olgan ham ediki, katta bir tolqin
kelib urilgach, kema bilan qayiqni bir-biridan
ajratib tashladi. Ota kemada oh chekkancha
qolib, o‘g‘il tushgan qayiq dengiz tolqinlari uzra
suzib borardi. Ikkovlarining oralariga ko'rishish
nasib etmaydigan ayriliq tushdi.
Shundan so‘ng to Ton yanada kuchayib, ket-
ma-ket коTaxilay otgan tog'dek tolqinlar ko‘pchilik
kemalarni bir-biriga urib parchalab tashladi.
Qorong4i tushguncha toTon tinmadi. Nihoyat,
shamol tobctab, dengiz tinchlandi. Tong otgach,
kemalardan ko'pchiligining suvga cholab ketgani,
odamlarning aksar qismi halok bolib, anchasi
baliqlarga yem bolgani, taxta parchalarini ushlab
olib omon qolgan odamlami tolqinlar har chekka-
ga uloqtirib tashlagani malum boldi. Lekin shoh
bilan Mulkoro katta kema ichida omon qolishgan
ekan. Ichidagi odamlarning ba’zisi olib, ba’zilari esa
behush yotardi. Xoqon kemasi bir qirg'oqqa yetib
borgach, shu atrofdagi odamlar yetib kelib, toTon-
dan alam chekkan kishilarga yordam ko'rsatishdi,
behush yotganlar asta-sekin o'zlariga kelishdi.
Shoh Farhodning g'oyib bolganidan qattiq
iztirobda qoldi, keyin: «Balki tolqinlar uni biron
qirg‘oqqa olib borib tashlagandir», - deb tirik
topishga umid qildi-da, Suqrot aytgan so‘zlarini
esladi. Omon qolganini g‘animat bilib, o‘z mam-
lakati tomon y o l oldi. Dengizda kuchli shamol
ko'tarilgan chog‘da Farhod tushib olgan qayiq
to Ton yuz bergan paytda dengizga g‘arq boldi-
Dostları ilə paylaş: |