oty la d i-d a ,
besh-o‘n jangchini yuborib, uni o‘z
oldiga olib kelishga buyurdi. Farhod o‘zi turgan
manzilga yaqinlashayotgan dushman askarlarini
ko'rib, ularga qarab xitob qildi:
«Ey baxtiyor shoh! Agar Xisrav esang ham,
Xisrav bolmasang ham bu so'zlarimni eshitib ol.
Meni o‘z oldingga olib borishlarini istab,
o ‘n -o ‘n
bfcsh pahlavoningni jo'natding. Maqsading meni
oldirmoq bolsa, bundan menga ziyon ham, sen
ga foyda ham yo‘q. Shu odamlarning qoni sening
bo^ningga tushadi, chunki sen o‘z sipohlaringni
o‘z qoling bilan oldirding. So'zlarimga ishonma-
sang, Yaratganning qudratini tomosha qil: bosh
kiyiming cho‘qqisini uchirib yuboradigan mana
bu toshni mening salomim deb qabul qilgin».
Farhod shoh turgan tomonga qarab yana
bir toshni otdi-da: «Bu esa bayroglng uchidagi
shaklni uchirgusidur», - deb xitob qildi. U otgan
ikki tosh shohning dubulg'asi uchini va bayrogl
uchidagi shaklni uchirib yubordi. Shundan so'ng
Farhod so‘zini yana davom ettirdi: «Ey shoh yoki
sarkarda, ishq ahlining mahoratini sen ham,
sipohlaring ham ko'rdi. Endi ularni orqaga qaytar,
bolmasa, bari olib ketadi. Men es-hushini yo‘qot-
gan majnun qoyadan tosh olib sen tomon otsam,
boshingni uchirib yuborishim aniq. Boshingdan
kechganimni g'animat bilib, yolingga qayt. Men,
ishqdan alam tortayotgan odam senga nima qil-
sam ham uzrli bolaman. Agar Arman toglda turib
qasos olishga otlansam, uning har bir toshi bir
boshga aylanadi...
Sen xalq mulkini talab, taxt-u tojini tortib olish
uchun bu tomon kelibsan. Mamlakatini barbod
qilib, nozanin ko‘nglini xafa qilding. Eshitishimcha,
ishqdan lof ham urayotgan emishsan. Dardi ishq
rasmi shunday boladimi? Vafo-yu mehr sharti
shunday boladimi? Birovning ishqida zor bolishmi
bu? Uning g'amida beqaror bolishmi bu?!»
Bu so‘zlarni eshitgan Xisrav ко‘ngliga iztirob
tushib, nima deb javob qilishni bilmay qoldi.
Askarlari oldida ham, qal’adan qarab turgan
odamlar oldida ham xijolat bolganicha, sayridan
ko'zlagan maqsadiga erisholmay, qo'shini turgan
manzilga qaytdi.
Xisrav diqqat bolib o‘z qarorgohiga qaytgach,
Buzurg Ummidni huzuriga chaqirib, undan
maslahat so‘radi. Vazir uning ko‘nglini xursand
qilib shunday dedi: «Es-hushidan judo bolgan
bu yigitning so'zlaridan tashvish chekishning
keragi yo‘q. Bir odamimiz Bonu saroyiga borib,
bu so‘zlami aytib bersa, balki oyianib qolib, ni-
yatlarimiz amalga oshishi ham ajab emas. Bu
qo‘rg‘on nihoyatda mustahkam bolib, oziq-ovqat
ham mol-kol to‘plangan ko'rinadi^.Uni bosib olish
qiyin bolsa ham, оyiab ish qilsak, muddaomizga
erishamiz. Axir afsungarlar r6st-u yolg'on so‘zlami
aytib, afsun bilan ilonni inidan chiqaradi-ku!».
Buzurg Ummidning bu so'zlarini ma’qul ko'rgan
Xisrav bir so‘zga chechan odamni topib, Mehinbo
nu saro
3
dga jo'natdi. U kishi qo‘rg‘on ichiga kirib,
saroyga bordi-da, malikaga shunday so'zlarni
aytdi: «Shohimiz bu yerga farzand bolish niyatida
kelganlarini aytib yubordilar. Sizlar ul go'zalning
turmush qurishdan bosh tortayotganini talddlayap-
sizlar, lekin bir telba, so‘zlaridan aqlga zahmat yeta-
digan yigit o'zini oshiq deb bilib, u qizni mahbuba
hisoblar ekan, bundan barcha el xabardor emish.
Shunda ham parivash uning oldiga borib, mehri-
bonlik koYsatib turar ekan. Ko‘rinib turibdiki, u
^turmush qurishni istamayapti, degan so‘zlaringiz
yolg‘on, bu xil bahonani biz kechirdik! Chunki har
bir odam xato qilishi mumkin. Lekin biz yurtin-
%izga mehmon bolib kelgan edik, siz mezbonlikni
ado qilib, o'rtamizdagi xafagarchiliklami bartaraf
etsak, ayni muddao bolur edi».
Mehmon so‘zini tugatgach, Mehinbonu shun
day javob qildi: «Xisrav Farhodni ko'rinishidan
odamzodga o'xshamaydi debdi. Shuni bilinglarki,
bizdek odamlar uning maqtovini yuz yil davomida
aytsak ham, fazilatlarining mingdan birini ham
ta’riftay olmaymiz. Shohingiz uni gado debdi,
u shahzoda, sharafda undan-u bizdan ziyoda.
Dunyoda u bilmagan ilm yo‘q. U Shiringa shay do
bolsa ham, uni ikki yo uch martagina ко‘r gan,
xolos. Har safar ko'rganida hushidan ketib yiqila-
di, o'ziga kelgach, dasht-u toglar sari y o l oladi.
Shirinning maqsadi ham u yigitni ко‘rib turish-
dir. Shohing Farhodning jamolini jirkanch debdi,
borib ko‘r, Xisrav rost yoki yolg‘on gapirganini
o‘z ко‘zing bilan ко‘r as an. Uning yuzi gulzoridan
gullar terishing aniq». Bu so‘zlami eshitgan va
kil Xisrav oldiga borib, barchasini gapirib berdi.
Darg‘azab bolgan Xisrav o‘z qo'shinlariga sha-
hami bosib olish haqida buyruq berdi. Sipohlar
qo‘rg‘onni qamab, unga hujumni boshlashdi.
Shahar aholisi qo‘rg‘onni himoya qilishga kirish-
di. Sipohlar kunduzi-yu kechasi hushyorlik bilan
jangga hozir turishar, tunlari mash’alalar bilan
qal’ani yoritishardi.
Farhod turgan tomonga dushman qo‘shin-
lari yaqin kelolmas, ming qari yerdan buyoglga
o‘tolmas, pahlavon yigit otayotgan toshlar tegib
halok bolishdan qo‘rqishardi. Pashshaga ham
ozor yetkazishni istamaydigan Farhod o‘z jonini
asrash uchun yov askarlarini qo‘rqitardi, chunki
bu jonda sevimli yor vafosi bolgani uchun uni
dushmanga fido qilishni istamas edi. Xisrav esa
qanday qilib bolmasin uni yo‘q qilish chorasini
izlardi. Undan qutulsa, qal’ani qolga kiritish oson
bolishini bilardi. Buzurg Ummid bilan maslahat-
lashib, makkor afsungami topishdi-da: «Agar sen
devona yigitni yo‘qotish chorasini topa olsang,
hisobsiz oltinga ega bolasan», - deyishdi. Afsun-
gar: «Uni makr bilan shunday aldayki, hushidan
judo bolib, olikdek yiqilsin. Lekin uni bu yerga
qanday olib kelish chorasini topa olmayapman»,
- dedi. Xisrav: «Sen uni behush qilsang, yuzta
sovut kiygan sipoh yashiringan joyidan chiqib,
uni bu tomon olib kelishadi», - dedi. Xisravning
bu so'zlarini eshitgan u makkor o'zini es-hushini
yo'qotgan odam qiyofasiga kiritib, yashnab turgan
xushbo'y gullardan uzib oldi-da, uning barglari
orasiga behush qiladigan dori sepib, Farhod
manzili tomon y o l oldi. Devonalardek qadam
tashlab, oshiqlardek faryod qilib kelayotgan bu
odamning ovozini eshitgan Farhod uning yoydek
egilgan qomatini ко‘rib hushidan ayrilishiga oz
qoldi. Ko'nglini iztirob o‘rtab, unga: «Ey dard bilan
o‘rtangan oshiq, bu yerlarda nima qilib yuribsan,
qaysi parivashni ко‘rib, bunday devona bolding?
Men falakdan zulm ko'rgan edim, sen nega fig‘on
chekyapsan?» - dedi. Hiylagar uning ishonganini
ко‘rib: «Ey ishq elining podshohi, men falon joy-
danman, bir go'zalning ishqi meni devona qilgan
edi. Sevgilimni goh yiroqdan, gohida oshkora
ко‘rib turardim. Xisrav qo‘shini shaharni qamal
qilgach, men qal’adan tashqarida qolib ketdim.
Shaharga kirmoqchi bolib darvozaga yaqinlash-
sam, boshimga o‘q bilan tosh yog'dirishmoqda.
Bu xil qiyinchiliklardan olar holatga yetdim. Bir
dardkashim ham yo‘q edi, seni eshitib, ahvolimni
so'zlab berish uchun qoshingga keldim», - dedi.
Uning so‘zlarini eshitgan Farhod oh tortib, ko‘zlari-
dan seldek yosh tolcdi-da, tani zaiflashib yiqildi.
Hiylagar uning holini ко‘rib, dori sepilgan gulni
dimog‘ig‘a tutdi. Keyin qichqirib, ishorat bilan
sipohlarni chaqirdi.
Bu paytda bir tosh ustida yotgan Shopur yomon
tush ко‘rib, seskanib uyg'ongach, Farhod tomoni-
ga qarab, do‘stining behush yotganini, shaytonga
o'xshagan bir kimsa sipohlarni chaqirayotganini,
ular har tarafdan Farhodgayaqinlashayotganlarini
ko‘rdi va ish qoldan ketganini sezib, Farhodning
holiga ko‘z yosh to “ка boshladi. Tepalikda tur
gan Shopur pastda haligi hiylagami ко‘rib qolib,
qoyadan bir toshni ko‘chirib oldi-da, u bilan
makkoming boshiga urib oldirdi. Sipohlar Far-
hodni ko‘targanlaricha, Xisrav qarorgohi tomon
y o l olishdi. Bu hodisadan xabar topgan qo‘rg‘on
ahli g‘am-alamga mubtalo boldilar, ammo Shirin
eshitsa, shubhasiz, o‘zini oldiradi, degan xayol
bilan unga bildirishmadi.
Sipohlar Farhodni ko‘tarib, Xisrav dargohiga
olib kelishgach, shoh o‘zida yo‘q xursand bolib,
raqibining qo‘l-oyoqlarini zanjirband qilishga
buyurdi. So‘ng tabibni chaqirib, Farhodni hushiga
keltirishni topshirdi. Hushiga kelgan Farhod o‘zining
jinnilar kabi kishanband qilinganini ko‘rdi. Sho
hona yasatilgan xonadagi taxt ustida bir shoh
o'tirar, boshidagi toj yarqirab turardi. Atrofda
sipohlar tizilishgan, shoh unga taajjub bilan
boqardi. Farhod oYnidan turib, shu yerda hozir
bolgan kishilarga qarab boshini egdi-da, yerga
o'tirib, ko'zlarini quyi soldi. Xisrav uning jamoli-yu
odobini ко‘rib, jazolashni ham unutdi-da, unga
qarab so‘z ochdi; Farhod uning savollariga javob
qaytara boshladi:
Dostları ilə paylaş: |