«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


 Bir yig'och - 12 km masofa



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

10 Bir yig'och - 12 km masofa.


Mehinbonu bilan ikkovlari otlarga minib, tog‘ 
tomon y o l olishdi. Ular bilan birga to'rt yuzta 
kanizlar ham borishardi. Gulgun ot ustida bo- 
rayotgan parivash g‘oyatda sohibjamol edi:
...Yuzi atrofida durrilaoli,
Quyosh davrida axtarlar misoli.
Iki qoshi hiloti fitna angez,
Yozilg‘on ko‘p ul oy boshida xunrez.
Ne ikki anbar oso zulf, vah-vah,
Ne ikki jonfizo lab, ollah-ollah.
O g‘iz ustida bumi turfa timsol,
Tutub yonida manzil hinduyi xol.
Qadi avzoda jannat savsanidek,
Yuzi gul, lek yuz gul xirmanidek.
Qad-u oraz bila shamshod-u gulfom,
Ne shamshod-u, ne gul, sarvi gulandom. 
Labidin jo n tomib bisyor-bisyor,
So‘zidin shahd oqib xarvor-xarvor...
Mehinbonu bilan jiyani tog‘ qaziyotganlar 
makoniga yetishgach, Farhod ishlayotgan joy 
yaqiniga borishdi-da, yuqoriroq bir tepalikdan 
turib tomosha qilishdi. Ularning ko‘zi oldida 
tosh kavlayotgan bir yigit metin bilan ariq qazir, 
toshlami parcha-parcha qilar, qoshi chimirilgan, 
sultonlik nuri balqir, peshonasidan muhabbat 
dardi, yuzidan esa uzoq yurtdan kelganligi ayon 
bolib turar edi.
Bu manzarani ко‘rib turgan Shirin hayrat, 
taajjub bilan yigitga qarardi. Unga nisbatan yur- 
agida mehr paydo boldi-yu, yuziga parda tutib 
Farhodga yaqinroq borib so‘z ochdi: «Ey nodir


yigit, biz aytmasimizdan bu ishlami bunyod qilib, 
ko‘nglimizni g'oyatda shod etding. Sening qo Haring 
hunar emas, mojiza yaratdi. Har qancha min- 
natdorlik bildirsak ham, bir kunlik mehnatingga 
arzimaydi. Qilayotgan ishlaringga bizdan qayt- 
masa, Tangridan qaytsin». Keyin Shirin bir lagan- 
da qimmatbaho javohirlar keltirishni buyurib, 
ularni yigitning boshidan sochdi. Qiz o‘zining bu 
ishidan mamnun bolsa, Farhod o‘zini yo'qotib, 
zo‘rg‘a oyog'ida turardi. Shirinning nafasi uning 
ko'ngliga iztirob solgan, tani titrab, oromidan 
judo bolgandi. Keyin qizga boqib: «Nafasingdan 
o‘zimni olgan hisoblayapman, ovozingdan esa 
hayot azoblaridan qutuldim. Kimligingni qan­
day qilib bilay? Balki ichimni qonga toldirgan 
sendirsan? Meni begona yurtlarda ovora qilgan, 
diyor-u mulkimdan ayirgan o‘zingdirsan? So'zla- 
ringni eshitgach, jonimdan ayrildim, oh, yuz ohki, 
yuzingni ko'rmay olyapman!» - dedi-da, shunday 
bir oh tortdiki, Shirin yuzidagi parda uchib ket­
di. Qizning olamni bezatuvchi jamolini ko‘rgach, 
o'zini ko‘zguda maftun aylagan va es-hushidan 
ayirgan parivash shu ekanligini bilgan Farhod 
fig'on chekib yerga yiqildi.
Uning bu holatini ko'rgan Shirin o ld i deb 
oyiab, qattiq oh chekdi. Do'sti qoshiga darhol 
yetib kelgan Shopur Farhod boshini kolcsiga bos- 
gancha, zor yiglashga tushdi. Uning yonida Shirin 
yiglab turardi. Birozdan so'ng Mehinbonu bilan 
Shirin Shopumi oldilariga chaqirdilar-da, Farhod 
haqida so'radilar. U o‘z do'sti haqida bilganlarini 
so‘zlab bergach, Mehinbonu bilan Shirin zor-zor 
yiglashga tushishdi. Keyin Farhodni podshohona 
taxtiravonga solishib, saroy tomon y o l olishdi.


Manzillariga yetgach, Mehinbonu dargohining 
bir burchagida taxt ustiga shohona o‘rin solib, u 
yerga Farhodni yotqizib qo‘yishdi. U esa xalq ah- 
volidan ham, o‘z holidan ham bexabar bolganicha 
behush yotardi. Farhod ikki kecha-yu ikki kunduz 
goh-gohida nafas olib, behush yotdi. Uchinchi 
kechada saroy ahli uyquda ekan, o‘ziga keldi-da, 
atrofiga boqib, shohona taxt ustidagi o‘rinda shoh 
kabi yotganini ko‘rdi. Bu yerga qanday qilib ke- 
lib qolgani haqida о*у surib, go'zal qizning yuzini 
ко‘rib, so‘zlarini eshitar ekan, o'zidan ketib qol- 
ganini esladi. Uyalganidan terga botdi-da, uydan 
chaqmoqdek sakrab chiqdi-yu, sevinganicha 
tez-tez yurib, biyobondan о Tib, ariq qazilayot- 
gan manzilga yetib bordi, metin bilan teshasini 
topdi-yu, o‘ziga o‘zi: «U parichehra go‘zal men 
majnunga shuncha mehr ko‘rsatib, hushimdan 
ketganimda e’zoz qilibdi, uning yaxshiligiga qan­
day javob qaytarsam ekan? Uning tilagi shu arig‘ 
bolib, tugallanishini besabrlik bilan kutayotgan 
ekan, menga muhlat bersa, shu niyatiga yetkazib, 
dardiga davo qilayin», - deganicha, tosh chopishga 
shunday qattiq kirishdiki, tog‘ faiyod qilib yubor- 
di. Metinni toshga urganida chaqmoq chaqqandek 
bolar^ qattiq toshlami osonlik bilan parchalardi. 
Tun-u kun tinmay ariq qazir ekan, dam olishni 
bilmas, uning ishlarini tomosha qilishga kelgan 
to‘da-to‘da odamlarning keti uzilmasdi.
Farhod hushiga kelib, o‘z ish joyiga qaytgan 
kecha o‘tib, tong otgach, saroy ahli ham, Shopur 
ham uni topisholmay g‘amga botishdi. Shopur 
uni izlab kelib, ishlayotganidan xabardor bolib 
g‘amini unutgan bolsa, Shirin ayriliq otida yonar- 
di. Oxiri bir bahonani о у lab topdi. Mehinbonuga:


«Men ariq qazishga buyurganimda, taqdir u yigitni 
biz tomonga yuborgan ekan, agar uni qidirib top- 
masak, bu ish chala qolib ketadi, chunki ustalar 
har qancha harakat qilmasinlar, yuz qari ham 
qaziy olmaydilar. Shuning uchun har tomonga 
odamlar yuborib, uni albatta topishimiz zarur», -
dedi. Mehinbonu uning bezovtaligini ко‘rib iztirob 
chekayotganini, qalbidan Farhod muhabbati joy 
olganini payqadi-da, nasihat qilish befoyda ekan- 
iga ishonch hosil qilib, Farhodni izlab topishga 
buyruq berdi. Yuborilgan odamlar yigitni topib, 
u awalgidek ariq qaziyotgani haqidagi xabarni 
Mehinbonu bilan Shiringa yetkazishdi. Shirin 
nihoyatda shodlanib, quvonchlarga toldi-da, Far­
hodni yana bir bor ko'rishga chora izlay boshladi. 
Bir pana joyda turib yigitga boqsa, bu ko‘radi-yu, 
u esa buni ko‘rmaydi. Chunki Farhod uni ко‘rib 
qolsa, yana betoqatlik qila boshlaydi-da, ularning 
sirlari ko‘proq oshkor boladi.
Mehinbonu ham Farhodning oldiga borib, ah- 
volini so‘rash, dilidagi yashirin g‘amlardan ogoh 
bolishni istar, «Qani endi shunday yigit mening 
farzandim bolsa edi», - deb orzu qilar ekan, yigitga 
bolgan mehri tobora ortib borardi. Lekin Shirin 
ayriliq dardidan azoblanar, kechadan tonggacha 
uxlamay chiqardi. Dardlarini aytishga biron ham- 
dard topolmas, sevgisini izhor qilishga nomusi yol 
qo'ymas, oldiga boray desa, Farhodning bezovta 
bolishidan cho‘chirdi; bormay desa, joni firoq 
o‘tida qovrilardi.
Farhod toshlarni yorib, ariq qazar ekan, bu ish 
tugallansa, Shirin tomoshaga kelishi, uning jamo- 
lini yana bir marta ко‘rib shodlikdan joni chiqsa, 
jahonda armoni qolmasligiga umid qilardi. Shu


orzu bilan tongdan shomgacha tosh chopishdan 
charchamasdi.
U muhandislar kabi awal ariqning ikki yonini 
chizib olardi. U chetidan bu chetigacha uch qari 
bolib, chuqurligi ikki qari edi. Har bir chizigl ming 
qaridan ortiqroq edi. Ming qari ariqni pardozlab 
bolgach, yana ming qaridagi ishni boshlardi. Har 
ming qari qazilganda chiqitga chiqqan tosh par- 
chalarini ikki yuzta tosh ko'chiruvchi tashib ketar, 
ular ariq ichini tozalagunlariga qadar teshasini 
yana qoliga olib, sayqal berardi. Biron yerda tosh 
tugab, tuproq chiqib qolsa, ish ko'payib, uni tosh 
bilan qoplaguncha ancha zahmat chekardi. Ariq 
ichini bezab turgan toshlar biriktirilgan joylar- 
dan bironta ham yoriq topilmasdi. Yolida toglar 
uchrasa, ularning tepasiga chiqib olib, toshlarni 
parchalar, metinidan uchgan tosh bolaklari tolin 
oyga qadar yetib borganida, u o‘z shulasi bilan 
yuzini to‘sib olar, mayda toshlarning o'zlariga 
tegishidan hayiqqan yulduzlar boshlarini har to- 
monga olib qochardi. Farhod shu tarzda shijoat 
ko‘rsatib, bir tog‘ni ikki-uch kunda qo‘porib tash- 
lar, uning о‘mini tekislab ariqni davom ettirardi. 
Oz fursat o‘tib arig‘ning boshi qasr quriladigan 
joyga yetdi. U yerda Farhod toshlarni kesib, to‘rt 
tomoni oltmish qariga teng bolgan hovuz qurdi.
Qasr quriladigan maydonda katta bir tosh 
bolib, aylanasi besh yuz qari kelardi. Uning chor 
atrofini yo‘nib, keyin ichini kavlay boshladi-da, 
baland gumbazli, ayvoni suv tomonga qaragan, 
uch tomonida esa toq-u ayvoni bolgan ajoyib 
qasrni bunyod etdi; devorlariga taxtda o‘tirgan 
Shirinning va uning xizmatida bolgan parivash 
qizlarning tasvirini chizdi. Minglab shu xil timsol-


lar orasida Shirin ro‘parasida behol turgan Farhod 
ham aks ettirilgan edi. Qayerda Shirin qiyofasi 
gavdalantirilgan bolsa, unga mahliyo bolib tur­
gan Farhod timsoli ham tasvirlangan edi.
Bu ishlaming barchasida Shopur unga madad- 
kor boldi... Hovuzdan ariqlar tortilib, ular qasr 
atrofini aylanib oqadigan qilindi. Ariqlar saroy 
ro'parasida shalolalar hosil qilib shahar tomon yol 
olar, har bir shalolaning balandligi ikki ming qari 
kelardi. Shahar aholisi bu suvlardan foydalanib, 
bog-u bo'stonlar yaratishi moljallangan edi.
Ana shu ishlarning barchasi tugallangach, 
Farhod suv boshiga borib, ariqqa suv ochish 
tayyorligini ko‘ra boshladi. Bundan xabar topgan 
mamlakat-u shaharga suv ochilishini ko‘rish ista- 
gi tushib, barcha odamlar tog4 tomon y o l oldilar.
Farhod esa: «Shuncha xalq ichida Shirin ham 
bormikan, tomosha qilishga oy yuzli go‘zalim 
ham kelarmikan, agar kelsa, shodlikdan olib 
qolishim aniq, kelmasa, uning visoliga zorligim 
tufayli halok bolishim ham muqarrar», - deb 
xayol surardi.
Odamlar uning bezovtaligini ко‘rib, sababini 
bilisholmay g‘am chekardilar. Farhod ikki qu- 
log'ini yolga tutib Shirinning kelishini intizorlik 
bilan kutar ekan, xalq uning holini ко‘rib, ko‘z 
yoshlarini to‘xtatolmasdilar. Farhod qaysi tomon­
ga qarab yursa, el unga ergashib borardi. Shu 
holda barchalari suv boshiga yetdilar. Shirinning 
yetib kelishini kutayotgan Farhod bir oz dam 
olmoqchi ekanini aytdi. Bu bir bahonagina bolib, 
aslida yigit ko‘zi to‘rt bolib, har tarafga boqib o‘z 
dildorini izlardi.


Farhodning suv ochish uchun tog‘ tomon yol 
olganini eshitgan Shirin: «Tezda ot keltiringlar!», -
deb chopar yolladi. Shirin so‘zlarini eshitib xursand 
bolib ketgan malika Farhodga yaqinlashdi-da: «Bir 
oz damingni olib tur, Shirin bu tomonga kelayotgan 
ekan», - dedi. Farhod bu so'zlami eshitgach, qalbi 
shodlikka toldi. Mehinbonu shu yerda bir taxt 
qurishni buyurdi, unga gilamcha ham soldirdi, o‘zi 
o‘shayerdan joy olib, Farhodni ham otirishga taklif 
etdi. Toshkesar yigit Bonu ro'parasiga kelib oltirdi. 
Malika unga Shirin haqida so‘zlar aytib, xursand qi- 
lishga intilardi. Farhod uyalganicha yerga ikki ko‘zi- 
ni tikib otirardi. Ba’zan Mehinbonuning savollariga 
odob bilan javob qaytarar ekan, so'zlari uning aqli 
va ziyrakligidan dalolat berardi, yuzida esa fahm-u 
farosati aks etib turardi.
Bir payt uzoqda to‘tiyorang chang ko'tarildi. 
Ko‘rganlar bu gard go'zallar sultoni Shirinning ot 
choptirib kelayotganidan darak ekanligini aj^tish- 
di. Odamlarni suv boshidan, malika bilan Far- 
hod oldidan nari surishdi. Farhod jismiga titroq 
tushib, bezOvtalana boshladi. Shunda Mehinbonu 
ungayaqinroq kelib: «Ey farzandim, o'zingni tutib 
ol, ko'ngling bilan ko'zingni ehtiyot qil. Agar hozir 
hushingni yo'qotsang, bir necha yil qilgan mehna- 
ting zoye ketadi. Devonalik seni maglub qilsa, pari 
paykar ham el ichida izza boladi. O'zingni asra, 
yana g'oyib bolib qolma. 0 ‘zingni ham, meni ham, 
u humi ham parishon aylama», - deb nasihat qildi. 
Farhod o‘zini tutib olgunicha, uning oldiga Shirin 
yetib keldi. U yuziga niqob tutib olgan bolsa ham, 
beqiyos go'zalligi shundoqqina ko‘rinib turardi.
Shu payt Mehinbonu Farhodga qarab: «Endi 
ishga kirish, ammo ko‘zingni Shirin tomon boqish-


dan asra. Bu so'zlarim senga ma’qul tushmasa 
ham, shunday qilsang yaxshiroq boladi», - dedi. 
U malika oldida yer o‘pib, Shopur qolini tutgach, 
o'midan turdi. Metinni qoliga oldi-da, suvni ochish- 
ga tushdi. Shirin uning yoniga borib, ariq ichini 
tomosha qilar ekan, kulimsirab har lahza boshini 
tebratib qoyardi. Farhod bunyod etgan har qaysi 
ishdan hayratlanib, to'xtovsiz ofarin aytardi.
Farhod suvning eski yolini to‘sib, yangi ariq to­
mon oqizdi. Xaloyiq ichiga g‘avg‘o tushib, suv bilan 
yonma-yon yugurishardi. Ariqning ikki tomonida 
cholgtichilar soz chalib borishardi. Mehinbonu 
bilan Shirin qasr oldiga suvdan oldinroq yetib 
borish uchun ot surib ketishdi. Lekin suv otlardan 
ham tezroq oqib borar, u bilan barovarlashishga 
intilgan qancha-qancha odamlar bir-birlarining 
ustlariga yiqilishardi. Xaloyiq orqasidan borayot- 
gan Farhodning ikki ko‘zi huri parizod - Shirin- 
da edi. Go‘zal qiz tog‘ va cholda o‘n yig'och y ol 
bosdi, keyin yana yetti-sakkiz yig'och masofani 
ot choptirib o‘tdi. Bir mahal uning charchagan 
oti yurmay to'xtab qoldi. Shirin uni majbur qil- 
sa, oyoqlari chirmashib, o‘zi yiqilishi mumkin 
edi. Shunda Farhod bu xafvni sezib tezda yetib 
keldi-da, engashib ot ostiga kirib, bir qoli bilan 
uning oldingi ikki oyog‘ini, ikkinchi qoli bilan 
keyingi ikki oyog'ini mahkam tutganicha ko'tarib 
oldi-da, ikki-uch yig‘och yolni tezlik bilan bosib 
o‘tib, qasr va hovuz oldiga yetib kelib, otni yerga 
qo“ydi. Shirin otdan tushgach, unga ta’zim bajo 
qildi-da, zor-zor yiglaganicha orqasiga qaytdi. Tog‘ 
ustiga chiqib olib, bahor bulutidek ko‘z yoshlarini 
to lea boshladi. Bu payt ariqdan kelgan m ol-kol


suv hovuzni limmo-lim toldirdi-da, qasmi aylanib 
o4ib, shahar tomon y o l oldi. Ariqqa «Nahr ul-ha- 
yot», ya’ni «Hayot daryosi» deb, hovuzga «Bahr 
un-najot», ya’ni «Najot dengizi» deb nom berdilar.
Suv hovuzda mavj ura boshlagach, odamlar 
ancha vaqt uni tomosha qilishdi. Mehinbonu bilan 
Shirin bu og‘ir ishning tugallanganidan shodlikka 
tolishdi. Bezatilgan qasrda shodiyonalar davom 
etardi. Lekin Shirin Farhod haqida о у surib g‘am 
chekardi. Mehinbonu jiyanining bu holatidan 
xabardor bolgan esa-da, bu ishga qanday chora 
topishni bilmasdi. Shirinning dard-u alami tob- 
ora kuchayib borayotganini sezgan malika: «Bu 
shaydo yigit juda ko‘p azob chekdi, unga har qan­
cha boylik hadya qilsak ham oz. Lekin u boylikni 
xushlamayapti. Shuning uchun unga muruwat 
ko‘rsatib, so‘z bilan ko‘ngliga quwat bersak, uni 
mehmonga chaqirib, shohona ziyofat uyushtirsak, 
nimani tilasa, bajo keltirsak», - dedi. Shirin bu 
so‘zlardan xursand bolib, guldek ochilib ketdi.
Mehinbonu ziyofat uchun kerakli hamma 
narsani hozirlashni buyurdi-da, ikki-uchta dono 
mulozimni Farhodni olib kelishga yolladi. U Me­
hinbonu taklifidan shodlanib, mulozimlar bilan 
qasr tomon yolga tushdi. Farhod yetib kelgach, 
malika unga cheksiz hurmat ko'rsatib, kursiga 
o'tqazdi, yonidan Shopur joy oldi.
Mehinbonu, Farhod bilan Shirin suhbatlashib 
o‘tirar ekan, dasturxon yozilib, shohona ziyofat 
boshlandi. Soqiylar tobctovsiz may tutishar, hofizlar 
tinmay kuylashardi. Ziyofatda ishtirok etayotgan 
o‘nta go'zal qizning barchasi biron sohada mohir 
edi:



Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin