dek osonlik bilan ko'chira boshladi, so‘ng bahaybat
toshlarni metin bilan urib maydaladi. Tesha urgan-
da sachrayotgan tosh parchalari bir yig'och10 yerga
borib tusharkan, qarab turganlar ulardan boshla-
rini olib qochishga majbur bolishar edi.
Farhod o‘sha kuniyoq toshlarni kesib, ariqning
bir qismini tayyor qildi. Ikki yuzta toshkesar usta
uch yil ichida bunday ishni bajara olmagan edilar.
Uning qilgan ishlari elga ovoza bolib, Mehinbo-
nuga qadar yetib bordi.
Armaniyaga borib, Mehinbonu huzuriga kirgan
bir guruh kishilar: «Ariq qazilayotgan tog‘ ichida
bir
pahlavon yigit paydo bolib, tosh kesishda
shunday ishlami qilyaptiki,
odamzod ulami ba-
jarishga qodir emas», - deyishdi-da, ko‘rganlarini
tola-tolds aytib berishdi.
Mehinbonu ularning
so'zlarini tinglab, hayratlandi, awaliga ishongisi
kelmadi, o'ylab-o'ylab go‘zal jiyani huzuriga bor-
di-da: «Senga ajoyib bir xabar keltirdim: sening
istagingga ko‘ra ariq qazilayotgan tog‘ ichida bir
yigit paydo bolib, ajoyib ishlar qilayotgan emish.
Uch yilda bitgan ishni o‘zi bir kunda bajaribdi», -
dedi. Mehinbonudan bu so'zlami eshitgan Shirin
nomalum yigit qilayotgan ishlami borib ko'rish
istagini bildirdi. «Ariqni qazish uchun ko‘p mablag'
sarf
qildim-u, tosh kesuvchilarning mehnatini
eshitib, uning bitishidan umidimni uzgan edim.
Endi shunday ajoyib mehmonni bizga у о Hag
an
Xudoyimga shukrona aytib, uning ishlarini
ko'rishga borishimiz kerak. U bizga kerak odamga
o'xshaydi, shunday ekan, biz ham unga mehribonlik
ko'rsataylik», - dedi go‘zal qiz.
Dostları ilə paylaş: