Biri ash’or bahri ichra g ‘avvos,
Biri advor11 davri ichra raqqos.
Biri mantiq rusumida raqamkash,
Biri hay’at12 ruqumiga qalamkash.
Birining shevasi ilmi haqoyiq,13
Balog‘atda biri aytib daqoyiq.14
Biri tarixda so ‘z aylab fasona,
Biri hikmatfani ichra yagona.
Hisob ichra birining zehni borib,
Muammoda15 birisi ot chiqorib.
Bu fanlarda bular bir-birdin ahsan,16
Yuz ulfanliq aro har qaysi yakfan.
Dilorom-u Diloro-yu Diloso,
Gulandom-u Sumanboey-u Sumanso.
Parichehr-u Parizod-u Parivash,
Paripaykar, zihi o ‘n ismi dilkash.
Mehinbonu ularning har biriga savollar berar
ekan, qizlar o'zlari biladigan fanlar haqida so‘zlab
berardilar. Ularning hikmatlarini eshitib turgan
Farhod o‘zi unutgan bilimlarini yodiga keltirdi. U
ketma-ket ichilayotgan may ta’sirida jur’atlanib,
o‘nta qizga turli ilmlar boyicha savollar bera bosh-
lagan edi, qizlar javob aytishga qiynalib qolishdi.
Shunda bu savollarga Farhodning о‘zi javob aytib,
hammani lol qoldirdi.
Ilm ahlining shohi sarvari bolgan Mehinbo
nu uning bilimdonligini ко‘rib, taxtidan tushdi,
11 Advor - musiqa ilmi.
12 Hay’at - astronomiya ilmi.
13 Haqoyiq - Alloh haqidagi ilm.
14 Daqoyiq - otkir fikrlar.
15 Muammo - she’rda yashirilgan so‘zni topish ilmi.
16 Ahsan - yaxshiroq.
Farhoddan taxtga chiqib o‘tirishini iltimos qildi.
Farhod rozi bolmagach, malika taxt oldiga ko‘rpa-
cha solishni buyurdi-da, unga Farhodni o‘tqazib,
yonidan o‘zi joy egalladi. Bu paytda pardaning
orqasida o'tirgan Shirin barcha voqealarni ku-
zatib turardi. Ko‘zidan tinmay yosh oqar, ba’zan
hushidan ketib qolardi. Bularni boshqa odamlar
ko‘rmasdi. Lekin Mehinbonu jiyanining holatidan
xabardor edi. Ko‘nglida: «Shirin muhabbat o‘tida
kuyib, ado bolib boryapti. Agar bu yolda u halok
bolsa, men gunohkor bolaman», - deb o^ladi-da:
«Shiringa aytinglar, u mezbonlik aylab, mehmon-
ni xursand qilsin», - deb buyurdi. Shirin parda
orqasidan asta chiqib kelar ekan, xuddi quyosh
balqigandek qasr yorishib ketdi. Farhodning ko‘zi
unga tushgach, kuchli bir oh tortdi-da, behush
bolib yiqilishiga oz qoldi. Mehinbonu Shiringa
o‘z yonidan joy ko'rsatdi. Soqiylar ularga may
tutishar ekan, Shirin ham ichib, Farhod kabi
sarxush boldi, yuzidagi parda ham tushib ketdi.
U Farhodga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik
bildirdi-da, may olib kelish uchun o‘rnidan turdi.
Haligi o‘nta go'zal qiz javohirlar solingan laganlar-
ni qollarida tutib uning yonida yurishardi. Shirin
bu javohirlami har tomonga sochib borardi. Keyin
u Farhod oldiga kelib o‘tirdi-da, qoliga qadah
tutib: «Men buni sening ishqingda ichaman», -
dedi-da, simirdi, keyin idishni toldirib yigitga
tutdi va «Sen ham mening ishqimda bu qadahni
ko'targil», - dedi. Farhod uni qoliga olib, shun
day sipqordiki, piyola naqshlaridan nishona ham
qolmadi. Qadahni qaytarib bergan Farhod o‘z
sevgilisi tomoniga sajda qilgandek yiqildi. Shirin
uning boshini ko'tarmoqchi bolgan edi, o‘zi ham
yiqildi. Ikkalasining og‘ziga oyna tutishganda,
nafasdan darak yo‘q edi.
Farhod bilan Shirinning bu holatini ko'rgan
odamlar oh-u nola tortishib, ikkovini ikki tomonga
olib ketishdi. Ikkita xonada joy tayyorlab, ularni
yotqizib qoVishdi. Tong otguncha ikkovlari be-
hush yotdilar. Saharda tong shamoli esgach, ular
o'zlariga kelishdi. Xijolatdan boshini quyi solgan
Farhod yana tog* sari y ol oldi.
Mehinbonu ziyofatda roy bergan hodisalardan
tashvishga tushdi. Shirin ahvolidan xafvsirayotgan
malika uni ovutish uchun qanday chora ko‘rishni
bilmasdi. Oyiab-otylab bir necha kunda Farhodni
qasrga chaqirtirib, uning Shirin bilan uchrashuvini
tashkil qilishni ma’qul ko‘rdi. Bunday paytlarda
Farhod o‘z sevgilisi qolidan may ichar ekan, ikkovi
ham behush bolib yiqilishar, o'zlariga kelgach, yigit
yana
tog‘
sari yol olardi, Shirin esa qalbida dard-u
g‘am bilan iztirob chekib qolardi. Bu xil uchrashuv-
lar bir necha bor takrorlandi.
Shunday kunlarning birida ularning boshi
ga bir tashvish tushdi. 0 ‘sha ayyomda Arab va
Ajam mulkining Xisrav degan hukmdori bolib,
Madoyin shahri uning poytaxti edi. Uning xotini
ham, o‘g li ham bor edi-yu, Xisrav bu farzandini
taxtga munosib ko'rmasdi. U o‘z taxtini yaxshi
bir farzandga topshirishni istab, bu maqsadga
yetishish uchun o'ziga munosib qizni qidirishga
tushgan edi. O'z mamlakatida qancha qidirtirsa
ham, ko'ngliga yoqadigan biron go'zal topilma-
di. Bu paytda Shirinning ovozasi, uning husni,
odobi haqidagi gaplar Xisravga ham yetib bor-
gan edi. Bu sohibjamol qizga tosh kesuvchi bir
yigit shaydo bolib, uning ishqi yolida ajoyib ishlar
qilganidan ham u xabardor edi. Shirinning ishqi
Xisravni ham mast qildi-yu, Arman mamlakatiga
odamlar yuborib, bu qiz haqida bor haqiqatni bilib
kelishni topshirdi. Bu odamlar qaytib kelishgach,
Shirinning tengsiz chiroyi-yu xulq-u odobi haqida
shohga gapirib berishdi. Bulami eshitgan Xisrav
tezlik bilan Armaniya sari yol olishga ahd qildi.
Lekin mamlakatni qoldirib ketishdan xavotirlanib,
Buzurg Ummid degan dono vaziri bilan maslahat-
lashdi. Vazir unga borishdan awal Mehinbonuga
xat yollashni, bu xatga javob kelgach, qilinadigan
ishlar haqida oyiashib ko'rishni maslahat berdi.
Buzurg Ummidning bu so'zlarini ma’qul ко‘rgan
Xisrav donishmand bir kishini topib, xatni uning
qoliga topshirdi-da, Mehinbonu huzuriga yubordi.
Xisrav yollagan elchi Arman mulkiga yetib
borgach, Mehinbonuga Kisro mamlakatidan vakil
kelganini xabar qilishdi. Uning sifatlarini eshitgan
malika mehmonxonaga tushirishni buyurdi, keyin
o'zining bir qancha dono mulozimlarini chaqirib,
ularga elchining qanday maqsad bilan kelganligini
aniqlash vazifasini yukladi. Mehinbonu yuborgan
a’yonlar elchining maqsadini bilib, malikaga xabar
qildilar. Shunda Mehinbonu: «Ertagaunihuzurim-
ga olib kelinglar, u bilan suhbatlashay, muddaosi
malum boldi, endi men javobimni aytishim zarur»,
- dedi. Mehinbonu o^lab o'yigayetolmasdi. Xisrav
taklifiga rozi bolay desa, yodiga Farhod tushib,
ko'ngli g'amga tolar, rad javobini beray desa,
bunga sabab topolmas, Shirinni zo‘rlab Xisravga
uzatsa, u rozi bolarmidi, rozilik berganida ham,
buning natijasi nima bilan tugarkin?», - deb fikr
qildi-da, oxiri bor gapni jiyaniga aytib berdi. Shirin
o‘zini yerga tashlab faryod kotardi:
Dostları ilə paylaş: |