«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Dedi: «Bu necha mazlumi sitamkash



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Dedi: «Bu necha mazlumi sitamkash,
Falak bedodidin b o ‘lg‘on alamkash.
Ki vayronlig‘larida yuz xalaldur,
Agar qilsam madad voqe’ mahaldur. 
Hunami asrabon netkumdur oxir,
Olib tufroqqamu ketgumdur oxir».
So'ngra temirchidan dam bilan koYa so'rab ol- 
di-da, beliga charm peshband boglab, dam uchini 
ko'raga mahkamladi, ko'mimi tolcdi va dam berib, 
uni cho‘g‘ga aylantirdi. Shundan keyin bor tesha-yu 
metinlami jdg'dirdi-da, har o‘n-o‘n besh metinni 
o“tga solib eritib, ulardan bitta metin yasadi, shun- 
cha teshani ham bitta teshaga aylantirdi. Yana tog4 
qazishda ishlatiladigan gurza, qayroq kabi asboblar- 
ni yasab, ularning barchasiga xalqdan yashirin 
holda Qorandan o'rganganidek suv berdi. Odamlar 
uning ishlarini ha
3
n*atlanib kuzatishar, savol be- 
rishni lozim topmay, jim turishardi.
Farhod o‘zi hozirlagan asboblar bilan ariq qa- 
zishga kirishib, toshlarni xuddi sel qumni o^gan-


dek osonlik bilan ko'chira boshladi, so‘ng bahaybat 
toshlarni metin bilan urib maydaladi. Tesha urgan- 
da sachrayotgan tosh parchalari bir yig'och10 yerga 
borib tusharkan, qarab turganlar ulardan boshla- 
rini olib qochishga majbur bolishar edi.
Farhod o‘sha kuniyoq toshlarni kesib, ariqning 
bir qismini tayyor qildi. Ikki yuzta toshkesar usta 
uch yil ichida bunday ishni bajara olmagan edilar. 
Uning qilgan ishlari elga ovoza bolib, Mehinbo- 
nuga qadar yetib bordi.
Armaniyaga borib, Mehinbonu huzuriga kirgan 
bir guruh kishilar: «Ariq qazilayotgan tog‘ ichida 
bir pahlavon yigit paydo bolib, tosh kesishda 
shunday ishlami qilyaptiki, odamzod ulami ba- 
jarishga qodir emas», - deyishdi-da, ko‘rganlarini 
tola-tolds aytib berishdi. Mehinbonu ularning 
so'zlarini tinglab, hayratlandi, awaliga ishongisi 
kelmadi, o'ylab-o'ylab go‘zal jiyani huzuriga bor- 
di-da: «Senga ajoyib bir xabar keltirdim: sening 
istagingga ko‘ra ariq qazilayotgan tog‘ ichida bir 
yigit paydo bolib, ajoyib ishlar qilayotgan emish. 
Uch yilda bitgan ishni o‘zi bir kunda bajaribdi», -
dedi. Mehinbonudan bu so'zlami eshitgan Shirin 
nomalum yigit qilayotgan ishlami borib ko'rish 
istagini bildirdi. «Ariqni qazish uchun ko‘p mablag' 
sarf qildim-u, tosh kesuvchilarning mehnatini 
eshitib, uning bitishidan umidimni uzgan edim. 
Endi shunday ajoyib mehmonni bizga у о Hag­
an Xudoyimga shukrona aytib, uning ishlarini 
ko'rishga borishimiz kerak. U bizga kerak odamga 
o'xshaydi, shunday ekan, biz ham unga mehribonlik 
ko'rsataylik», - dedi go‘zal qiz.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin