7 Faridun - qadimda o'tgan shoh.
8 Ismi a ’zam - Alloh ismlari.
di, qilieh bilan qalqon xosiyatlarini-so'zlab berdi,
xoqon ularni xazinadan ham qimmatliroq deb
bildi. So‘ng lashkarlarga dam olish uchun ruxsat
berildi, xoqon hammani ziyofat qilishga buyurdi.
Ertasi kuni tong otishi bilanoq Farhod jang ki-
yimlarini kiyib, qilieh bilan qalqonni osib, Ahraman
dev makoniga qarab yol oldi. Xoqon ham lashkarlari
bilan uning izidan kelar ekan, qattiq xavotirda edi.
Shahzoda qo'shindan yarim yogbchcha oldinda il-
damlab borar ekan, ro'parasida bir o‘rmon ko'rindi.
Bu - Ahramanning bogi bolib, behad katta edi.
Yuz minglab keksa daraxtlarining boshi osmondan
oshar, har bir bargi vasvasa ko'zgusi bolib, aqldan
ozdirar, o'rmon ichi turli ko'rinishdagi devlar bilan
tola bolib, soylari shaytonlar ovozidek hayqirar,
ariqlar ichidagi har qaysi tosh kesilgan boshni es-
latar, shamoli devlar na’rasiga o'xshar, chinorlari
qollarini har tomonga tebratib, «Orqangga qayt!»
deyayotgandek bolardi.
Farhod Haq taologa tavakkal qilib, ushbu
o‘rmon sari ot surdi. Ko‘p o‘tmay, bir ulkan qasr
ko‘rindi. U yerda dev istiqomat qilardi. Ot tuyo-
qlari ovozini sezgan Ahraman boshini chiqarib
uzoqda bir otliq yigit beparvo holda uning qas-
riga qarab kelayotganini ko‘rdi. Chavandozning
ko‘rinishidan devlarni ham halok qiladigan
qudratga ega ekanligi sezilib turardi. Shunda
Ahraman momaqaldiroqdek qah-qaha urdi-da,
qoliga minordek katta bir ustunni ko‘tarib, qas-
rdan chiqib keldi va Farhodga qarab: «Ey g‘aflat
bosgan odamzod, farishta o‘tsa, jonidan ayril-
adigan, burgut uchib o‘tsa, qanoti kuyadigan bu
vahimali o'rmonga kirib kelishingdan maqsading
nima, nahotki, olmoqni istab qolgan bolsang!» -
deya hayqirdi-da, Farhod boshiga gurzisi bilan
hamla qildi. Shahzoda uning gurzisini qilichi
bilan ikkiga bolib tashladi. Dev qasriga qaytib
kirib, oldingisidan ham kattaroq gurzini ko'tarib
chiqib, Farhodgayana hujum qilgan edi, shahzoda
uning bu qurolini ham kesib tashladi. Bu holat
bir necha bor takrorlangach, Ahraman g'azablanib
tog‘ tomon y o l oldi-da, ulkan toshlarni raqibi to
mon otishga tushdi. Shahzoda qalqon bilan o‘zini
himoya qildi, shunda ismi a’zamga ko'zi tushgan
devning darmoni ketib, yerga quladi. Farhod bu
holatni ко‘rib, Ahraman ustiga yetib bordi-da,
qilich bilan uni halok qildi.
Shahzoda devning hashamatli qasri ichiga kirib
qarasa, hamma tomonda qator-qator eshildar bolib,
barchasi qulfloglik ekan. Ularning tepasiga uy
ichida qanday boylik borligi yozib qotyilibdi. Bu yo-
zuvlami birma-bir o'qib borayotgan Farhod oltin-u
javohirlar bilan bezatilgan, atrofiga turli yozuvlar
bitilgan ajoyib eshikka duch keldi. U yozuvlarda
eshikning qulfi osonlikcha ochilmasligi, yaxshisi,
bunday orzudan voz kechish kerakligi aytilgan ekan.
Bu simi aniqlashga qiziqqan Farhod eshikni sindi-
rib, ichkariga kirdi. Xonaga ko‘z yugurtirib, osib
qoVilgan bir yoqut qandilni ko‘rdi. U nur sochib,
xonani yoritib turardi. Qandilni tushirib ochgan edi,
unda Sulaymon uzugi turganini ko'rdi. Qandilga:
«Bu uzuk kimga muyassar bolsa, unga yozilgan
ismni o'qib, Iskandari Rumiy tilsimini ochadi va
bu ish qiyinchiliklarini yengib otish yollarini bilib
oladi», - deb yozilgan ekan. Farhod uzukni o'pib,
sajda qildi-da, xudoga shukronalar aytib, otiga
mindi va o'rmondan chiqib, lashkar turgan joyga
yol oldi. Barcha sipohlar Ahraman xafvidan qo‘rqib
turishgan ekan, shahzodani ко‘rib o‘zlariga keldilar.
Xoqon Farhodni shod ko‘rib xursand bolib ketdi.
Shahzoda lashkami boshlab o'rmonga olib kirdi.
Ulami qasr eshigi oldida otlaridan tushirib, xoqon va
Mulkoro bilan qasr ichiga kirdi. Xazinani ikkovlariga
taqdim etdi va uzuk haqidagi gaplami ularga so‘zlab
berdi. Ikkovlarining ko'ngillari shodlikka to lib, ke-
chagidek aysh-ishrat boshlanib ketdi.
Quyosh ko'tarilib, olam munawar bolgach,
Farhod harbiy anjomlarini rostlab, otasining du-
osini oldi-da, Iskandar tilsimini ochish yolidagi
keyingi ishni bajarishga kirishdi. Otiga minib
yolda borar ekan, bir go'zal maysazor namoyon
boldi. U yerda hayot chashmasidek ajoyib bir bulo-
qdan zilol suvlar otilib turardi. Qirg'ogldagi yam-
yashil daraxt kolcka boy cho‘zib turar, buloq bilan
daraxt hayot suvi-yu, Xizr payg'ambarga o'xshar-
di. Bulami ко‘rib ko‘ngli yayrab ketgan shahzoda
otini daraxtga bogladi-da, chashmaga tushib
cho'mildi, keyin murodiga yetkazishni tilab, saj-
daga bosh qoydi. Ibodatini tugatib, boshini ko‘tar-
gan ediki, ro'parasida yashil kiyingan nuroniy bir
moysafidga ko‘zi tushdi. Farhod hayron bolib
turganiga e’tibor bergan otaxon so‘z boshladi: «Ey
farzand, murod-maqsadlaringga yetib, baxtiyor
bolgil. Men - Xizrman, senga madad ko'rsatish
uchun keldim bu yerga. Iskandar bilan obi hayot
- hayot suvini topish uchun zulmatga kirgani-
mizda, men o'sha suvdan ichib, abadiy hayotga
erishdim-u, Iskandarga nasib bolmadi, u tash-
naligicha qajrtib ketdi, keyinchalik munajjimlikka
qiziqib, yulduzlarni o'rgandi, tilsimlar yaratdi.
U boglagan tilsimlarni men ochishga o'rgandim.
Ushbu vodiyda ham tilsim mavjud bolib, uni
ochishda senga yordam bermoqchiman. Tilsimni
ochish uchun hozirdan boshlab har bir qadaming-
ni sanab bosishing kerak. Sening yolingda ba-
haybat bir tilsim uchraydi, uning devorlari osmonga
tutashib ketgan. 0 ‘sha joydan o‘n ikki ming qadam
yurasan. Yolning ikki chekkasida keskir qilichga
o'xshash toshlar oVnatilgan bolib, yoldan salgina
chiqqan odamning oyoglni kesib yuboradi-da, u
o‘zini yana ushbu chashma oldida ko'radi.
Yana o‘n bir ming qadam bossang, yold a
bir darband (darvoza) ko‘rinadi, oldida bir sher
temir zanjir bilan boglab qo'yilgan. Uning old-
idan o‘tgach, qo‘rg‘ongacha yana ming qadam
y o l qoladi. To‘qqiz yuz qadam bosganingda, bir
tosh taxtaga ко‘zing tushadi. Uning ustiga chiqib
tepsang, qal’a darvozasi ochiladi-da, ichida temir-
dan odamga o'xshatib ishlangan bir jism ko'rina-
di. U qoliga temir yoy ushlab turgan boladi. Yoyga
o‘tkir bir o‘q qadalgan. Ushbu jism boshdan oyoq
temir sovutda bolib, ko‘ksiga bir oyna qadalgan,
u quyoshdek yarqirab turadi. Odam yuz qadam
yerdan unga o‘q otib, oynani teshib yuborsa,
haykal ham, devor ustida turgan yuzta shunday
jism ham qulab, yerga yiqiladi. Shunda tilsim ham
ochilib, ichkariga qo‘rqmay kirish mumkin bola
di. Lekin o‘q xato ketib, haykal kolcsidagi oynani
sindirolmasa, u bilan devor ustida turgan yuzta
haykallar otgan o‘qlar o'sha odamga tegib, ilma-te-
shik qilib joiboradi. Mening so'zlarimni uqib olgan
bolsang, ularni esingdan chiqarma, qadamingni
sanab bos, ismi a’zamni tilingdan qo’yma. Sher
og‘zini ochganida, uzukni uning og'ziga ot, uni daf
qilgach, yana uzukni olib, men aytgan toshgacha
yurib borgin-da, tosh ustiga chiqib, uni tepib,
darvozani ochgach, darhol qolingga o‘q-yoyni
ol, ismi a’zamni aytib turib haykalga o‘q ot». Bu
so‘zlarni tugatgach, Xizr: «Endi hech qo‘rqmay,
yolga tush», - dedi. Farhod uning oyoglni o‘pib,
moysafid aytgan ishlami bajarishga jo'nadi. Sher
og'ziga uzukni otib, nobud qildi, yana uzukni olib,
sanab qadam tashlab, Xizr aytgan tosh ustiga
chiqib, qattiq tepgan edi, qal’a ichidan qattiq sado
- kuchli ovoz eshitildi-yu, darvoza ochilgach, ovoz
yo‘q boldi. Ichkaridan temir sovut kiygan jism
chiqib keldi, shu payt devor ustida unga o'xsha-
gan yana yuzta shunday haykal paydo boldi.
Barchasi o‘z yoylaridagi o'qlarni Farhodga otish
uchun tayyorlanib turardi. Shahzoda ehtiyotkorlik
bilan o‘q va yoyni qoliga oldi-da, darvoza oldidagi
haykal kolcsida turgan oynaga qarab otdi. Temir
haykal, u bilan birga devor ustidagi yuzta o'qchi
ham yerga yiqildi. Farhod yaratganga shukrona
aytib, darvoza tomon yurdi. Qal’a ichiga kirganda,
hamma tomonda hadsiz-hisobsiz boyliklarga ko‘zi
tushdi. Iskandar yetti iqlimni egallaganda topgan
davlatining barini shu yerga to'plagan ekan.
Qal’a markazida bir imorat bolib, undan nur
taralib turardi. Farhod uning ichiga kirib, butun
jahonni ko'rsatadigan yaltiroq bir jomni koVdi.
Bundan shodligi ichiga sig'magan shahzoda o‘z
safdoshlari tomon jo'nadi, chashma oldiga yetib
kelib, otiga mindi-da, xoqon huzuriga qarab y ol
oldi, otasi bilan lashkar ahlini qaygti-g'amdan
ozod qilib, ko'ngillariga shodlik baglshladi. Bar-
chalarini chashma oldiga boshlab kelib, askarlar-
ni otlardan tushirdi-da, xoqon va Mulkoro bilan
birga qal’a tomon yurishdi. Farhod u yerdagi
barcha boyliklarni, jumladan, Jamshid jomini
ham xoqonga tuhfa qildi. Oqshom tushgach, yana
aysh-u ishrat boshlandi.
Ertasi kuni tong otgach, Farhod Suqrot g‘ori
bolgan tog‘ tomon shoshildi. Xoqon va lashkar-
ning bir qismi uning izidan yolga tushdilar. An-
cha masofa bosib otilgach, bahaybat tog‘ oldiga
yetib keldilar. Uning bag'ridan yuz mingta tiniq
chashma otilib turar, necha ming xil giyoh be-
hisob kasalliklarga davo edi. Tog‘ bag'ridan juda
ko‘p g‘orlar joy olgandi. Xoqon bilan lashkar bu
manzaradan lol qolib turisharkan, Farhod: «Jomi
Jamni keltiringlar, ko‘nglimizdagi tashvishdan u
xalos qilsa kerak», - deb buyurdi. Tezda jomni
olib kelishdi. Unga boqib, barcha jahon yaqqol
ko‘zga tashlanib turganini, yetti iqlimning bar
chasi unda namoyon ekanligini ko'rishdi. Jomda
Yunon mamlakati ko'rinib turardi. Keyin unda
g‘or ichi aks etib, Suqrot yashab turgan manzil
ko'zga tashlandi.
Shundan so'ng qidirib g‘or og'zini topishdi-da,
awal jahonnamo jomni unga olib kirishdi. Jom
mash’aldek nur sochib, qorongl g‘or ichini kun-
duzdek yoritdi. U yerdagi yolni aniqlab, Suqrot
makonini izlay boshladilar. Nihoyat, yol tugab, g‘or-
ning kengroq bir yerida hamma otdan tushdi. O'sha
joyda toshdan yasalgan bir pillapoya koVinib turar
di. Shoh, vazir va Farhod besh-olti poya kotarilish-
gan edi, bir ayvon namoyon boldi. Shoh, Mulkoro
va shahzoda o‘sha tomonga qarab yurishganda, uy
to'ridan ularni ichkariga da Vat qilgan ovoz eshitildi.
Uchovlari kirgan uyda bir parcha nur porlab turar,
nuroniy bir moVsafid otirardi. Bu zotni ko'rgan
shoh bilan shahzoda ta’zim qilib, oldidayer o'pdilar.
Mo^safid ulardan: «Yol azobidan charchamading-
larmi, yoldagi balolardan qiynalmadingizlarmi?» -
deb soVadi. Uchovlari boshlarini quyi solganlaricha
lol bolib jim turishardi. Shunda Suqrot xoqonga
qarab: «Sen ko‘p azob chekding, buning evazini
Tangri bergusidir. Biz tomon kelishda alam tortib,
behisob boyliklami, Sulaymon uzugi-yu, Jamshid
jomini qolga kiritding. Biz ham senga ikkita hadya
beramiz. Bulardan biri yaxshi xabar, ikkinchisi
bir javhardir. Xabar shuki, umring uzun boladi,
ko‘p mamlakatlami qolga kiritasan. Ikkinchisi bir
muhra- munchoqdirki, ko‘p yashash davrida biron
kasallikka yoki qarilik zaifliklariga duch kelsang,
muhrani og'zingga olib suvini yutasan-da, darddan
xalos bolasan, zaiflik quwat bilan almashadi, qa-
rilikdan qutulib, yashargandek bolasan».
Suqrot Mulkoroga boqib, shunday bashoratni
aytdi: «Sen ham ko‘p azoblar tortib bu tomonlarga
kelibsan, shoh qancha vaqt taxtda otirsa, o'shan-
cha vaqt uning vaziri bolgaysan. Har qachon
senga biron dard yoliqsa, shoh haligi muhrani
berib, dardlaringga shifo baglshlaydi. Lekin ikki
narsadan: shamol bilan suvdan ehtiyot bolsang,
ulardan senga biron kasallik yetganda Xudo senga
madadkor bolsa, yana besh yuz yil yashaysan».
Shoh bilan Mulkoroga bu so‘zlami aytgach, uzr
so‘rab ularni uydan chiqarib yubordi-da, Far-
hodga yaqinroq kelishini buyurdi, uning yuziga
sinchkovlik bilan tikilib, ba’zi narsalar haqida
so'radi, so‘ngra shahzodaga qarab: «Huzurimizga
xush kelibsan, qorongl uyimni ravshan qilding.
Men bu tog‘ ichida seni ming yildan beri kutib,
qadamingga intizor edim. Alhamdulilloh, yuzingni
ko‘rdim. Vaqtimiz oz, chunki abadiylik ko'chasiga
yol olishim kerak. Bilginld, jahon azaldan vaqtin-
chalik, foniydur. Hayotdan maqsad esa ikkitadir,
biri o'zlikdan qutulish, ikkinchisi esa Alloh visoliga
yetishishdir. Xudoni topish uchun esa o'zlikdan
voz kechish zarur. Buning eng yaxshi chorasi esa
majoziy ishqdir. Ana shunday ishq sening olding-
da turibdi. Unga erishsang, haqiqiy ishqqa ham
yetishasan. Otangga o'xshagan yuz ming xoqon-u
podsho unutilib ketadi, lekin sening yaxshi noming
ishq olamida mangu qoladi», - dedi-da, unga turli
balolardan asraydigan bir duoni oVgatdi.
«Seni bu tomonlarga kelishing uchun sabab
bolgan ko‘zgu masalasiga kelsak, - dedi Suqrot,
- Iskandar tilsimini ochib, temir haykal kolcsida-
gi oynani sindirgan choglngda o‘sha ko‘zguning
tilsimi ham ochilgan edi.
Bu yerdan jo ‘nab, Chin mamlakatiga yetib
borganingdan keyin ko‘zguni ko‘rishni istaysan,
albatta. Shunda orqasiga yozilgan gaplar uning
yuzida namoyon boladi. Uni ko‘rar ekansan, ishq
ko‘nglingdan o‘rin olib, oshiqlik davring boshla-
nadi. Keyin ko‘zguga har qancha qarasang ham,
unda aks etgan narsalarni qayta ko‘rolmaysan.
Ishq o‘tidan ko‘ngling o‘ti osmongacha yetadi,
lekin hech kim senga yordam berolmaydi, ammo
oxiri o‘z murodingga yetasan, shunda meni ham
yod etishni unutmaysan, deb umid qilaman».
Suqrot shu so‘zlarni aytib tugallagach, hayot
dan ko‘z jaimdi. Farhodning dili qayg4i-iztirobga
tolib, xoqon bilan Mulkoroni chaqirdi. Ular ham
alam chekishib, donishmand aytgan gaplardan
xabardor boldilar. Bir necha dono kishini chaqirib,
Suqrotni dafn etdilar. Ertasiga ertalab barchalari
Chin sari yolga tushdilar.
Xoqon, Farhod, Mulkoro va lashkarlar kechani
kecha, kunduzni kunduz demay, to'xtovsiz yol
bosib, nihoyat Chin diyoriga qadam qoyishdi.
Xoqon o‘z taxtini egalladi, Farhod esa oromi-
ni yo'qotib, xazina kalitlarini oldi-da, eshiklar
ochilishi bilanoq beqaror bolib, sirli ko'zgu sari
yugurdi. Billur sandiqni kalit bilan ochdirdi-yu,
ichidagi ko'zguni qoliga olib, unga nazar tashla-
di. Ko‘zguda ajib bir dasht namoyon boldi. Xil-
ma-xil gul-u lolalarga, sunbul-u binafshalarga,
ko‘m-ko‘k maysazorlarga tola bu dasht oxirida
bir tog‘ osmonga Ьо*у cho‘zib turar, uning ichida
son-sanoqsiz odamlar ariq qazish bilan ovora edi.
U odamlar orasida Farhodning o‘ziga o'xshagan
bir yigit ham tog'ni kesish bilan band edi. Bir pay!
tog‘ ichiga bir-biridan go'zal bir to‘da go‘zal qizlar
kirib kelishdi. Ularga gul yuzli bir qiz rahbarlik
qilardi. Boshqa qizlar oy bolsalar, bu ular ichidagi
quyoshga o'xshardi. Ot ustidagi bu sohibjamol
qiz Farhodga o'xshagan yigit oldiga qarab yurdi.
Shahzoda timsoli qizning yuziga boqdi-yu, yara-
langan ohu kabi nola qilib, yerga yiqildi. Bu holat-
ni tomosha qilayotgan Farhod ko'zguni yaqinroq
keltirib, unda ko'ringan qiz jamoliga diqqat bilan
boqdi-yu, o‘z timsoliga o'xshab hushidan ketib
yiqildi. Shahzodaning ahvolini koVgan xizmatkorlar
darhol xoqonga xabar yetkazishdi. U esa yoqa-
sini yirtib, faryod urib xazinaga qarab yugurdi.
Onasi o‘g‘lini olib qolgan deb о у lab, sochlarini
yoyib yiglashga tushdi. Mulkoro bilan uning o‘gli,
shahzodaning yaqin do‘sti Bahrom Farhodning
holiga boqib, kolcsilarini pora qilishdi. U esa o‘ch-
gan sham kabi hushsizyotardi. Bir kecha-kunduz
o'tgach, bog‘dan esayotgan tong shamoli isidan
o'ziga kelib, boshi ustida yig'lab turgan otasi
bilan onasi, Mulkoro bilan Bahromlarga ko‘zi
tushdi. Bundan uyalib ketgan shahzodaning yana
hushidan ketib yiqilishiga oz qoldi. Ko'pdan ko‘p
uzr so'rab, o'rnidan turdi-da, ularning oyoqlariga
yuzini surtib, yer o'pdi va:
Dostları ilə paylaş: |