D e d i:«H ar ishki qilmish odamizod,
Tafakkur birla bilmish odamizod.
Ulum ichra manga to b o ‘ldi madxal,
Topilmas mushkile men qilmag‘on hal.
Muning ham bilmaguncha asl-u budin,
Muayyan qilmog‘uncha tor-и pudin,
Ne imkonkim, qaror o ‘lg‘ay ko'ngulga,
Tasalli oshkor o ‘lg‘ay ko‘ngulga»
-
deb o‘z so'zida turib oldi. Shoh qancha harakat
qilsa, shahzoda shunchalik o'jarlik qilardi. Xoqon
ilojsiz qolib, sandiqni ochish haqida buyruq berdi.
Sandiq ichidan yaltiroq bir ko'zgu chiqdi, Sharq
quyoshigagina emas, balki Iskandar oynasiga
obcshardi u. Ko'zguni bezagan usta orqasiga uni
ko'rish siri haqida shunday deb yozib qoygandi:
«Bu ko‘zgu jahonnamo bolib, Iskandari Rumiyning
jahon ahliga qoldirib ketgan yodgorligidir. Har biri
Aflotunga teng toYt yuzta olim bir necha yil mehnat
qilib bunday jahon hikmatini yasashgan. Unga til-
sim yashirilgan bolib, ko‘zguni koVmoqchi bolgan
kimsa bu tilsimni yechib ko'zguni qoliga olsa-yu,
unga ko‘z tashlasa, Tangri unga belgilab qotygan
taqdirdan ogoh boladi. Lekin ko'zgudagi tilsim sirini
ochish juda qiyin. Bunga erishmoqchi bolgan inson
Yunon mamlakatiga borishi, o‘sha manzilda uchta
ofatni yengib otib, baland tog‘ oldiga yetib borishi
kerak. Bu uch ofatning biri ajdaho, ikkinchisi Ah-
raman degan dev, uchinchisi oldingi ikkala ofatdan
ham mushkilroq tilsimdir. Ana shu uch manzildan
otib olgan kishi toVtinchi manzil bolgan tog4 ichiga
kirib, g‘orda maskan tutgan Suqrot degan donish-
mand olimni topishi kerak. U dono moysafid agar
tirik bolsa, borgan kishini murodiga yetkazadi.
Agar u hayot bolmasa, uning ruhiga iltijo qilinsa,
ko'zlangan maqsadga erishiladi».
Bu yozuvni o'qigan shahzoda ko'zgu sirini
ochishga qiziqib qoldi. O'z maqsadiga yetish
yolid a o‘g ‘li chekayotgan iztiroblardan xabar
topgan xoqon uni bu muddaosidan qaytarishga
har qancha urinsa ham, Farhod o‘z orzusidan voz
kechmasdi. Ota ham, o‘g‘il ham qiyin bir ahvolda
qolgan edilar.
Farhod ko'zguda o‘z taqdirini ko'rish orzusida
hatto es-hushini yo'qotish darajasiga yetib qol-
gandi. Oxiri Mulkoroni yashirincha chaqirtirib,
o‘z ko'nglidagi gaplarni unga oshkor qildi:
-
Shoh ham, gado ham o‘z taqdiridan qochib
qutulolmaydi. Har kim peshonasiga yozilganni
ко‘rmay iloji yo‘q. Mening ahvolim elni xavotirga
solayotgan bolsa ham, taqdirimni bilish orzusi-
dan kecha olmasman. Shuning uchun otamga
ahvolimni tushuntirib, Yunon mamlakatiga
borishimga ijozat olib bersang, menga oq y o l
tilab, duo qilib tursa, maqsadimga yetishishim
shubhasizdir. Otam ruxsat bermasa, boshimni
olib, maqsadimni ro'yobga chiqarish uchun sa-
farga y o l olishim tayin. Binobarin, otam mening
jo'nashimga ruxsat bersa yaxshiroq bolardi.
Mulkoro shahzodaning ushbu so'zlarini eshit-
gach, qayg4iga botdi. Nasihat qilay desa, Farhodga
ta’sir qilmasligi aniq. Ko'zlaridan oqayotgan yoshni
arta-arta xoqon huzuriga y o l oldi-da, hech kim
yo'qligida uning qoshiga kirib eshitganlarini so‘zlab
berdi. Shoh bu mojarodan yoqasini yirtib, kolcsiga
urardi. Ikkovlari rosa yiglashdi. Xoqon ahvolini
ko'rgan Mulkoro asta nasihat qilishga tushdi-da,
uni taqdirga rozi bolishga daVat etdi. Shoh o'gli-
ga yana nasihat qilib ko'rish, buning ham foydasi
bolmasa, safarga rozi bolishni maqbul deb bil-
di. Lekin shoh bilan Mulkoro qilgan nasihatlar
shahzodaning orzusini yanada kuchaytirdi, xolos.
Xoqon o'glini qamab qo^moqchi ham boldi, yana
bu fikridan voz kechib, shahzoda ko'ngliga ozor
yetkazmaslik uchun Xito va Chin mamlakatlari-
dan lashkar to'plab, Yunonistonga yurish qilish,
o'sha yergacha unga hamrohlik qilib, o'glining ah-
volidan xabardor bolib turishni maqbul deb bMi.
«Yunon mulkiga yetib borguncha shahzoda balki
o‘z orzusini unutar, buning iloji bolmasa, boshi-
ga tushganni ko‘radi-da», - deb o^lagan xoqon
Mulkoroni shahzoda huzuriga yollab, o‘z qarorini
unga aytishni bujnardi. Shahzoda otasining rozilik
berganidan xursand bolib, vazirga safar tayyorgar-
ligini ko‘rishni topshirdi. Har tomonga jar solinib,
lashkar to‘plashga kirishildi.
Tez orada mamlakatning har tarafidan behisob
lashkar yig'ildi. Xoqon Yunon mulki sari yurishni
boshladi. Shoh yol-yolakay bir necha olkalami,
dengizlami egallab borarkan, u yerdagi aholi xo-
qonni ko'rishga turli-tuman sovg'alar bilan kelib
turishar, hukmdor ham ularni mol-kol sovg'alar
bilan siylardi. Shoh o‘z huzuriga yig‘ilgan olimlarga
murojaat qilib: «Bu safarimizdan maqsad mam-
lakatlami fath etish emas, balki Yunonistondagi
mashhur tog‘dagi g'orda yashayotgan Suqrot ismli
donishmand bilan ko'rishishdir. U tog' qaysi tomon-
da ekanini, masofaning qanchaligini, qaysi yoldan
borish lozimligini bilsangiz, aytinglar», - dedi.
Olimlar yer o‘pib, o'rinlaridan turdilar-da, shohga
qarab: «Olampanoh o'zlari tilagan maqsadlarigayet-
sinlar. Mamlakatimizdayoshi besh yuzdan oshgan
Suhaylo hakim degan keksa donishmand yashay-
di, barchamiz uning shogirdimiz. Shoh so'ragan
narsalardan bizjar ham xabardomiiz, olampanoh
nimaniki soVasalar, javob bera olamiz. Lekin bu
masalalar haqidagi puxta javobni uning o'zidan
eshitganingiz ma’qul. Bu qiyin jumboqni uning
o‘zi hal qilib bera oladi. Agar u bilan ko'rishishni
istasangiz, biz oldiga boshlab borishimiz mum-
kin», - dedilar. Shoh bilan shahzoda bu so‘zlardan
shodlikka to lib Yunon olimlari bilan birgalikda do
nishmand Suhaylo huzuriga qarab yolga tushdilar.
Ancha yol
5
oirishgach, dasht o'rtasida bir tepalik
ko'rindi. Suhaylo hakim shu yerdagi g'orda yashar
ekan. Hammalari otlaridan tushib g‘or tomon yurdi-
lar. Olimlardan biri g‘or ichiga kirib, donishmandni
ehoh bilan shahzoda uning huzuriga qadam ranjida
qilishganidan ogohlantirdi. Suhaylo bu so'zlami
eshitgach, ularning kirishlariga ishora qildi.
Shoh bilan shahzoda kirishgach, Suhaylo o‘mi-
dan turib, ikkovi bilan kulib ko'rishdi, ular ham
xursand bolib, donishmandning qolini o‘pishdi.
So‘ng alloma ota bilan bolani o'tqazib, o‘zi ham
o'tirdi-da, ular bilan suhbatni boshladi. Yoldagi
qiyinchiliklar haqida so'ragach, shuncha maso-
fani bosib kelishdan maqsadlari nima ekanini
bilmoqchi boldi. Xoqon shahzodaning ko'zguni
ko'rgandan keyingi holati haqida mufassal gapirib
berdi. Bilimdon alloma ahvolni anglagach, shod
boldi-yu, ayni vaqtda unga g‘amginlik ham yuzlan-
di. Quchoqlab shahzodani xursand qilgan Su
haylo: «Sening oting Farhod!» - dedi, bu ismning
ma’nosini aytib bergach, bir necha savol bergan
edi, Farhod bariga javob berdi. Donishmand uni
peshonasidan o‘pdi-da, sajda qilib: «Alhamdulil-
loh, o‘z murodimga erishdim. Necha yuz yildan
beri shu g‘or ichida yashadim, qancha-qancha
ranj-u alamlar chekdim. Jomosb o‘z kitobida:
«Mendan so'ng ming yil o'tgach, Chin mam-
lakatidan Farhod ismli bir shahzoda kelib Iskan-
dari Rumiy tilsimini ochadi. Lekin u ikki manzilda
qahramonlik ko'rsatishi, awal ajdarni oldirishi,
so'ngra esa Ahramanni yengishi kerak. Mening
so'nggi farzandim boladigan Suhaylo duo bilan
salomimni qabul etib, Farhod bu diyorga yetib kel-
ganida, unga yordam ko'rsatsin. Farhod ajdarni
oldirganida, katta boylikni qolga kiritadi, devni
yengganida esa Sulaymon payg‘ambarning uzu-
giga ega boladi. Tilsim ochgan kuni esa Jamshid
jomini koVadi. Bulami qolga kiritgach, barchasini
xoqonga hadya qilsin. Unga esa dono Suqrot bilan
ko'rishish hamda Iskandar oynasi yetarli. Suqrot
bilan suhbatlashgach, darhol ko‘zguni ko‘rish
uchun Chin tomon jo'nasin. Ko'zguda nimaniki
ko‘rsa, bu voqealar uning hayotida yuz beradi», -
deb yozgan ekan. Men bu xabardan faxrga to lib,
necha yuz yildan beri senga muntazir edim. Sening
boshingga tushadigan barcha mushkilotlarning
chorasini topib qoyganman», - dedi-da, Suhaylo
g‘or oldiga borib, bir idishni olib chiqdi va: «Bu
idish samandar6 yogi bilan tola. Men uni ko'pgi-
na otashgohlardan yig'ib to'plaganman. Ajdar
bilan olishish choglda bu yog‘dan badaningga
va qollaringga surib olsang, u seni ajdar og‘zidan
otiladigan otdan himoya qiladi. Ahramanni oldir-
ganingda, devning bumiga osigliq bir taxtachani
ko'rasan. U tilsim ochishda senga yordam beradi,
tilsim ichida esa Jamshid jomini topasan. Uning
atrofiga yozilganlarni o'qisang, Suqrotni topish
yolidan xabardor bolasan. Suqrotni ko'rgach,
ko'zgu sirini bilasan-u, Vataning sari y o l olasan»,
- deb qolidagi idishni Farhodga topshirdi. U duch
keladigan manzillar haqida yana maslahatlami
bergach: «Endi yolga tushgil, hamma mushkullaring
hal boladi, deb umid qilaman», - dedi-da, bu ha-
yotdan ko‘z yumdi. Donishmandni yuvib, o‘sha
g‘orga dafn etdilar-da, barchalari yolga tushdilar.
Anchagina yolni bosib o‘tib, ajdaho manziliga ye
tib keldilar. U yerda dam olib, oqshom tushgach,
aysh-u ishrat bilan mashg4il boldilar.
Dostları ilə paylaş: |