Chin mamlakati g‘oyatda go‘zal bolib, uni
qudratli bir podshoh boshqarardi. Shohning os-
mondagi yulduzlardek behisob lashkari bolib, yuz
mingta Qorun xazinasiga teng keladigan boylikka
ega edi. Ko'pgina mamlakatlaming xonlari unga
boysunardilar. Shohning o‘zi nihoyatda saxovatli,
fuqarolariga g‘amxo‘r hukmdor edi. Uning farzan-
di yo‘q bolib: «Men bu dunyodan ko‘z yumsam,
taxt-u tojim kimga qoladi?» - deb qayg'urardi. Bir
o‘g‘il ko‘rish orzusida yetimlaming boshini silardi,
befarzand fuqarolarga ham mehribonlik ko'rsatar-
di. Nihoyat, orzulari ushalib, o'gll koVish baxtiga
muyassar boldi. Xursandligidan ko'pdan ko'p javo-
hir-u oltinlami xalqqa ehson qildi, butun mamlakat
bezatilib, bir necha kun bayram qilindi. Chin ahli
uch yil davomida soliq tolashdan ozod qilindi.
Shodligi ichiga sigteagan podsho farzandiga yax
shi bir ism qo'ymoqchi boldi. Chaqaloqning yuzida
«farri shohiy», ya’ni shohlik nuri porlab turardi. Bu
nur soyasi ostida esa himmat, iqbol hamda davlat
o‘rin olgan edi. Shoh «far» so‘ziga himmat, iqbol1
va davlat so‘zlarining bosh harflarini qo'shgan edi,
Farhod ismi hosil boldi. Bolani ana shu ism bilan
atadilar-da, ipak matolarga o‘rab beshikka be-
ladilar. Lekin bu ismni otasigina qolgan emasdi.
Chaqaloqning pokiza zotini koVgan ishq ham unga
Farhod ismini qolgan va uni firoq, rashk, hajr, oh
va dard so‘zlarining bosh harflaridan tanlagan edi.2
Dostları ilə paylaş: