«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


 «Iqbol» so‘zi arab yozuvida «о» harfl bilan boshlanadi



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

1 «Iqbol» so‘zi arab yozuvida «о» harfl bilan boshlanadi.
2 «Farhod» so‘zi arabcha harf bilan yozilganida, qisqa «а» 
unlisi tushib qoladi.


Farhod o‘z tengdoshlaridan boshqacharoq 
bolib, kechalari yaxshi uxlay olmasdi, doya unga 
ichirgan har qatra sut ma’no duri bolib singar- 
di. Bir yoshga yetganida, u beshikni tark etib 
yura boshladi. Uch yoshida aniq, ravon so‘zlay- 
digan b o 'ld i. Lekin u n ing s o 'zla ri asosan 
ishq afsonalaridan iborat edi. Uch yasharlik 
chogldayoq o‘zini o‘n yoshli bolalardek tutar, 
bundan barcha hayron bolardi.
Otasi о‘glining bu sifatlarini ko‘rgach, unga ilm 
berish vaqti yetganini angladi. Bilimli, donish- 
mand bir ustozni topib kelib, Farhodni o'qitishga 
kirishdi. Uch oy deganda bolaning savodi chiqdi. 
Shundan keyingi bir yil ichida, awalo, Qur’onni 
yod oldi. Barcha o'qiganlari uning xotirasida qolar, 
bir varaqni ikkinchi bor ochmasdi. Muhabbat 
haqidagi asarlarni o‘qiganida, qattiq ta’sirlanib, 
oshiq chekkan dard uning qalbiga alam-iztirob 
solardi. Bu kitoblardan ta’sirlangan Farhod biron 
kishining ko‘zida yosh ко‘rib qolsa, zor yiglar, 
ustoz uning bu ishlaridan lol qolardi. Otasi bilan 
onasi uning bu holatini ко‘rib, qanday chora to- 
pishni bilishmas, xalq ham shahzodaning ahvolidan 
xabar topib tashvishlanardi.
Shu tarzda uning yoshi o‘nga yetdi. Jahonda u 
o'rganmagan, ma’nosini anglab o'zlashtirmagan 
biron ilm qolmadi. O'n yoshli Farhodda yigirma 
yashar yigit kuchi-qudrati bor edi. Endi u ilm 
olishni tugallab, harbiy hunarlami kasb etishga 
kirishdi. Oz fursatda jangovar san’atlami ham 
egallab, o‘q otish, nayza sanchish, qilichbozlik, 
qalqon bilan jang qilish mahoratlarini egallab, el 
orasida tanildi.


Farhod ilm va harbiy sohada erishgan yutuqlari- 
ga qaramay, o‘zini barchadan kamtar tutar, uning 
uchun podsholik bilan gadolikning farqi yo‘q, 
hatto gadolikni podsholikdan yuqoriroq qo'yardi. 
Yigitchaning ko‘ngli bilan ko'zigina emas, balki tili 
ham, so‘zi ham, o‘zi ham pok edi. Ana shu xislat- 
lari uchun fuqarolar ham uni doim duo qilishar, 
u tomonga nogoh bir sovuq shamol essa, Chin 
mamlakatining barcha xalqi sovuq oh chekishar- 
di. Nihoyat, Farhod o‘n to‘rt yoshga yetdi.
Shoh farzandi kamolini ко‘rib, har kuni xur- 
sandchilik qilardi, ammo Farhod ishqiy dos- 
tonlarni o‘qir ekan, oshiqlar chekkan dardlardan 
ko‘ngli g'amga tolar, ishqiy ashulalarni eshitsa, 
ikki ko'zidan yosh arimasdi.
Xoqon o'glining holini ко‘rib, о у lab o'yiga ye- 
tolmas, «Nega u hamisha g‘amgin, nega doimo 
oh-u afg'on chekadi, ko‘z yoshlariga sabab nima 
ekan?», - deb fikr qilar ekan, Xitoy mamlakatida- 
gi bor go‘zallar-u san’atkorlar, nayrangbozlar-u 
sehrgarlarni chaqirtirib, uni xursand qilishga 
intilar, ammo Farhod ularning ishlari sirini tezda 
anglab yetib, qiziqmay qolardi. Bulami kuzatib 
turgan otasi o'ylab-o'ylab, to‘rtta ajoyib qasr 
qurishga ahd qildi, toki o‘gli har faslda bir qasrda 
yashab, aysh-ishrat bilan shug4illansin.
Bahoriy qasr gulrang, yozgisi - yashil, kuzgi 
qasr za’faroniy, qishkisi esa oq, kofur rangida 
bolishi kerak edi. Xoqon ushbu qasrlar bitgach, 
ularni Chin mamlakatining eng go‘zal qizlari bilan 
toldirishni, o'glining ana shu jannatmisol saroy- 
larda lazzatlanishini orzu qilardi. Qurilishga taklif 
etiladigan hunarmand ustalar: sangtarosh-u


naqqoshlar qancha toshlarni у о‘nib, hovuz-u gi- 
lamlar bilan bezatar, xilma-xil naqsh-u rasmlar 
chizar ekanlar, Farhod ham ularning hunarlari 
bilan qiziqib, har bir san’at bilan mashg'ul bolsa, 
qasr bitgach esa ulardan lazzatlansa, dilidagi 
g‘am-u anduhlardan qutulsa, ayni muddao bolar- 
di, deb o'ylar ekan, xoqon dili yorishib ketdi-yu
ichi shodlikka toldi.
Uning Mulkoro degan bir dono vaziri bolib, xo­
qon har bir ishni u bilan maslahatlashib bajarardi. 
Mulkoro o'glining murabbiysi bolib, Farhod ham 
uni o‘z otasidek ko‘rardi. Shoh eldan yashirincha 
uni huzuriga chaqirtirdi-da, o‘z fikrlari bilan ta- 
nishtirgach, shu ishlami uning zimmasiga yukladi.
Mulkoro xoqon farmoyishini bajo qilish uchun 
ko‘plab muhandislar-u me’morlami chaqirtirib, 
mamlakatdagi eng ko'ngilochar viloyatlardan to‘rt- 
ta mavze’ni tanladi. Har qaysi joy suvi va havosi 
bilan bir faslga mos bolib, shahzodaning orom 
olishi uchun maqbul edi. Shundan so‘ng har bir 
qasrning rejasi chizildi, unda ekiladigan da- 
raxtlaming ham о‘m i belgilab qo'yilgan edi.
Xitoy mamlakatida egizak ikki usta bolib, biri- 
ning laqabi Boniy, ikkinchisiniki esa Moniy edi. 
Boniy me’morlik bilan, Moniy esa naqqoshlik bilan 
shug4illanardi. Boniy qurgan binolar g‘oyat mus- 
tahkam bolar, Moniy chizgan rasmlar esa xuddi 
jonli siymolardek ko'rinardi.
Yana bir ustodning laqabi Qoran bolib, toshke- 
sarlikda unga hech kim teng kelolmasdi. Mulkoro 
shularga o'xshash yana ko‘plab ustalami to‘pla- 
di-da, xoqon bu qasrlarni shahzoda Farhodning 
orom olishi uchun qurdirayotganini ta’kidlab,


har bir qasming hajmi-yu rangi qanday bolishi 
lozimligini tushuntirdi. So‘zi tugagach, son-sanoqsiz 
oltinlami ularning oldiga tolcdi. Ustalar yenglarini 
shimarib ishga kirishdilar. Mulkoro ularni xursand 
qilgach, kerakli narsalami to'plashga kirishdi. Bu 
ishga to “it sarkorni tayin qilib, yuzta ishbilarmon 
ustaning har biriga mingtadan mardikomi biriktirib 
qoydi. Har bir tog‘ ustida yuz kishi tosh qo'porar, 
pastda esa mingta tosh pardozlovchi ish bilan band 
edi. Aravalarda qurilish joyiga tinmay oq-u qizil 
toshlar tashilar, hamma yoqda ish qaynardi.
Ishlar jadal borar ekan, osmono'par to‘rt qasr- 
ning qad ko'tarayotgani haqida shahzodaga 
xabar yetkazib turardilar. Bajarilayotgan ulkan 
ishlarning haddan ziyoda ta’rifini eshitgan Far­
hod otiga mindi-da, qurilishlarni ko'rish uchun 
jo'nadi. U bilan yuzta kelishgan yigitlar birga 
borardilar. Qurilayotgan qasrlar oldiga yetib bor- 
gan shahzoda bir olam odamlarning jo'shqinlik 
bilan ishlayotganlari, to‘rt ulkan bino osmonga 
tegay deb turganini, havozalarning bulutlarga 
qadar ko'tarilganini ко‘rib hayratdan barmog‘ini 
tishlab qoldi*. Farhod ustalaming mahorat bilan 
tosh yo'nishlarini qiziqish bilan ko‘zdan kechirar, 
o'tkir teshalari bilan qattiq toshlami saryog'dek 
kesishayotganini ко‘rib, ularga tahsin o‘qirdi.
Qoran bajarayotgan ajoyib ishlarga ko'zi tush- 
gan shahzoda uning san’atkorligini tomosha 
qilmoqchi boldi. Otdan tushgach, uning оЧтвЫ 
uchun toshdan bir taxt tayyorlashdi. Farhod unga 
o‘tirdi-da, ustozga murojaat qildi:
-
Ey mohir va bilimdon ustoz! Yaratayotgan 
san’ating haqida bir oz so'zlab bergil, toki uning 
mohiyati vayashirin sirlari ayon bolsin. Ismingni


ayt hamda qanday qilib sening teshang toshlarni 
mumdek yengil yo‘nayotganidan xabardor qilgil. 
Negaki, biz bunday ishni shu vaqtgacha ko‘rma- 
ganimiz uchun ushbu san’at oldida aqlimiz ojiz 
bolib turibdi. Axir, yog'och qattiqroq bolsa, unga 
pichoq ursang, o'tmaslashib arradek bolib qola- 
di-ku! Teshangga qanday tarzda suv bergansanki, 
toshni yo‘nayotgan bolsa ham, zarar topmayapti. 
Sen toshga qayta-qayta urayotgan bolsang ham, 
otkirligini yo ‘qotmayotgan temir metining sirlarini 
ham aytib bergin!
Toshga naqsh chizuvchi usta yer o‘pib, so'zini 
duo bilan boshladi: «Qof toglyaralibdiki, chaqmoqlar 
toshidan ozor chekadi. Falak toshlaridan boshing 
omon bolib, toshlaring dard-u g‘am boshlarini 
maydalab tashlasin. Dushmanlaring nasibasi 
tosh bolsin-u, ular mashaqqat tog'ida ovora 
bolsin.
Otim Qoran, ishim ham ayon: qolimda tesha-yu, 
oldimda toshlar. Metin bilan tesha nega doimo 
toshni yo‘nsa ham, sinmayapti, deb so'rading. 
Buning siri shu asboblarga suv berishda, biz bu 
simi elga oshkor qilavermaymiz. Usta o‘z asbobiga 
shu tarzda suv bersa, yuz yil tosh yo‘nsa ham ular 
zarar ko‘rmaydi. Xitoy xalqi bu san’atni egallab, 
olam ahliga tanildi. Lekin hamma ustalar ham 
mening bilganlarimni bilmaydi, bu so‘zga dalilim 
shuki, ular men qilgan ishlami qilisholmaydi».
Donishmand usta so'zini tugatgach, shahzoda 
undan: «Oldimda o‘z ishlaring bilan shug4illangin, 
zero, bu san’at menga yoqib qoldi. Gohida tosh 
yo‘ngil, goh toshga naqsh chizgin, men ishlaringni 
ко‘rib o'tiray», - deb iltimos qildi. Usta shahzoda 
ko‘nglini xursand etish uchun ishga kirishib, tosh


kesish va naqsh chizish bilan shug'Ullandi. Uning 
ishlarini ко‘rib turgan shahzoda tahsin aytishdan 
charchamasdi. Quyosh o‘z nurlarini toshlar orasi- 
ga yashirgach, ya’ni oqshom tushgach, shahzoda 
tosh taxtidan turib, shahar tomon y o l oldi.
Uyga qaytib kelgan shahzoda oromini yo‘qotdi. 
Sangtarosh usta san’ati uning ko'ngliga bu hunar- 
ni o‘rganish havasini solgan edi. Shuning uchun 
tong otishi bilanoq otiga mindi-yu, yana tomosha 
qilish uchun qurilish joyiga tomon shoshildi. 
Yetib borgach, xilma-xil hunarlar bilan shug‘ul- 
lanayotgan ustalaming mahoratini kuzatarkan, 
har bir san’at siri bilan qiziqar, shirin so‘zlar bi­
lan ularning ko'nglini olardi. Bundan quvongan 
hunarmandlarning g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shilib, 
yanada yaxshiroq ishlashga harakat qilishardi.
Shahzoda Qoran sari yol olib, uning oldiga kel- 
di-da, polatdan tesha bilan metin yasashini iltimos 
qildi. Usta ishga kirishib, turli asboblar yasar ekan, 
ularga suv berishi bilanoq tosh у о‘nib ko'rardi. 
Farhod usta qilayotgan ishlami kuzatarkan, suv 
berishning va tosh yo‘nishning nozik sirlarini diqqat 
bilan o‘rganardi. Shundan so‘ng shahzodaning o‘zi 
ham tosh kesish va yo'nish, toshga naqsh chizish 
bilan shug'ullanishga intilib, tez orada mohir usta 
darajasiga yetishdi. U ba’zan odamlardan andisha 
qilib, yashirincha qoliga tesha olar va boshqalar 
bir oyda bajarishi mumkin bolgan ishni bir kunda 
qilib qo'yardi. Har kuni shu tarzda shug'ullanish 
tufayli uning hunari o‘z kamoliga erishdi.
To'rt yildan so‘ng to‘rt hashamatli qasr qu- 
rib bitkazilgach, ularni bezashga kirishildi. 
Binolarning tashqi tomoniga chiroy berishda 
Qoran o‘z san’atini namoyish qilgan bolsa, ich-


karida Moniy naqqoshlik qildi. Usta har bir uyga 
naqshlar va suratlar chizar ekan, uning yonida 
hozir turgan Farhod madadkorlik qilar, surat- 
larga rang berar, zarur bolganda tosh kesish va 
naqqoshlik ishlarini bajarardi. Ana shu ishlar 
davomida shahzoda mohir ustoz bolib yetishdi.
Buyuk qasrlar bitgach, ularning atrofida jan- 
natmisol boglar yaratildi. Har qaysi qasrga o‘z 
rangiga mos chiroyli gilamlar solinib, shu rangda- 
gi buyumlar bilan jihozlandi. Ularning har birida 
xizmat qiluvchilar ham qasr rangiga mos kiyim- 
lar kiyib olishgan edi. Bahoriy qasrdagi hamma 
narsa: eshiklar-u derazalar, hatto, ostonalar ham 
gul rangida bolib, hovuz atrofiga lal-u yoqutlar 
qadalgan, ichi esa gulrang may bilan limmo-lim 
toldirilgan bolib, ariqlarda ham shunday may 
oqib turar, chor atrofda rang-barang gullar ochilib 
yotar, har tarafda qimmatbaho gulrang kiyim- 
lardagi go'zal qizlar kezib yurishardi. Yozgi qasr 
va bog‘da hamma narsa yashil rangga belangan 
bolsa, kuzgi saroy va guliston sarig‘, za’faron 
rangiga, qishki qasr oppoq rangga moslangan edi.
Mulkoro qasrlarning, boglarning qurilishi 
tugallangani haqida xoqonga xabar yetkazgach, 
shoh uni tomosha qilish uchun otlandi. Uning 
chap yonida saroy a’yonlari, o‘ng tomonida esa 
shahzoda Farhod borardi. Barchalari awal ba­
horiy qasr bilan tanishib, undagi ajoyibotlar, 
bog'dagi yuz turlik go'zalliklardan bahra olishdi. 
Ikkinchi qasr yanada hayratomuz bolib, uchin- 
chisi undan ham go'zalroq, to'rtinchi qasrdagi 
chiroy oldingi uchala saroy va boglardan ham o‘z 
nafosati bilan ajralib turardi. Bir-biridan latofatli 
ushbu qasrlar hammani lol qoldirdi.


Shoh ustalarga ularning o‘zlari kutganlari- 
ga qaraganda yuz marta ko‘proq in’omlar berdi, 
Mulkoroga alohida hurmat ko'rsatib, martabasini 
yanada yuqori kotardi, so‘ng ana shu qasrlar-u 
boglar, go'zal qizlaming barchasini shahzodaga 
sovg'a qildi. Keyin Mulkoroga har qaysi qasrda uch 
oyga moljallangan ziyofat uchun barcha kerakli 
narsalami hozirlashni, yilning fasllariga ko‘ra har 
qasrda uch oylik xursandchilik qilishga tayyorlik 
koVishni buyurdi. Donishmand vazir ishga kirishib 
tez orada bir yilga moljallangan shodiyonalarga 
hozirlikni tugatdi. Har kuni yuzta ot va mingta qoty 
so‘yilishi moljallandi, hisobsiz meva-yu shirinliklar, 
ichimliklar tayyorlab qofyildi.
Go'zal bahor kelib, butun tabiat xilma-xil 
gullarning rangi-yu bo^idan, bulbullar-u tong 
qushlarining huzurbaxsh kuylaridan latofat-u 
orom kasb etgan kunlaming birida shoh Farhod 
va o‘z a’yonlari bilan gulgun qasr tomon y o l oldi. 
Gul rangidagi qimmatbaho matolar bilan bezatil- 
gan qasr ichida ajoyib bir taxt qurilgan edi, xoqon 
unga borib o'tirdi, yonidan Farhod joy oldi. Taxt 
oldidagi gulrang kursida Mulkoro orom topdi. 
Gul yuzli soqiy barchaga gulgun may tutar ekan, 
mug'anniylar bulbuldek kuylashardi. Farhodning 
ham gulrang may ichayotganini ko‘rgan xoqon 
о‘glining guldek yuziga boqib, behad shodlangani 
tufayli ko'zlaridan xursandlik yoshi arimasdi.
Shu tarzda uch oylik bahor fasli o‘tdi-yu, yoz 
kelib xoqon, shahzoda va barcha a’yonlar yozgi 
qasrga y o l olishdi. Hamma narsa yashillikka bur- 
kangan saroyda ham uch oy aysh-ishrat qilish- 
di. Hamma yoqni kahrabo rangiga bo Vagan kuz


fasli yetishgach, bazmlar kuzgi qasrga ko‘chdi. 
Za’faroniy kiyimlar kiyib olgan shoh, shahzoda 
va barcha a’yonlar bu yerda ham uch oyni huzur 
qilib o'tkazishdi. Sovuq kunlar boshlanib, qish 
barcha olamni oq rang bilan bezagan ayyomda 
aysh-u ishrat to'rtinchi qasrda davom ettirildi.
To‘rttala qasrda uyushtirilgan bazmlardan 
ko'zda tutilgan asosiy maqsad Farhodni xursand 
qilib, uning ko‘ngliga o'rnashib olgan g‘am-u 
qayg'ulardan qutultirish edi. Lekin shahzoda 
hanuz g'amginlik girdobida yashar, hamon biron 
kishining yig'isini ko'rsa, unga qo'shilib yiglar, 
el chekkan g‘am-alam unga ham ozor yetka- 
zardi. Xalq boshiga tushgan har qanday iztirob 
uning ko'nglini g'amnok qilar, yoqasi chok, ya’ni 
alam-qayg^uga mubtalo bolgan kishini ко Uganda, 
o‘z yoqasini yirtib, unga hamdardlik bildirardi. 
Birov ishq haqida gap ochsa, uning hikoyasini 
qayta-qayta tinglar, oshiqlik belgilari-yu holatini 
anglab, yodida saqlar, oshiq visol haqida so'zlasa, 
sevinchlarga tolar, hijron damlarini bayon qilsa, 
ikki ko'zidan tinmay yosh tolcardi. Bu holatlarni 
ko'rgan xoqon o'zining qilgan ishlari xato ekanini 
anglab, nima qilishini bilmay qoldi.
Xoqon shu xususda fikr joiritar ekan, nihoyat, 
yana bir ishni muvofiq deb bildi: o'zining qarib 
borayotgani, Farhod esa aqlli, mard va pahlavon 
yigit bolib, faqat Chin mamlakatida xoqonlik 
qilishgagina emas, balki butun olamga sulton 
bolishga ham loyiq ekanligi, shohlarga xos barcha 
fazilatlar unda jamuljamligi, bir necha hunarlar- 
ni bilishi, barcha ayblardan xoli ekanligi, yig‘i va 
fig'on chekishdan o‘zga biron kamchiligi yo‘qligini


oyiadi-da: «Taxtimni unga bersam, davlatni bosh- 
qarish ishlari bilan mashg4il bolib, o‘z dard-u 
alamlarini unutadi», - degan qarorga keldi. So‘ng 
davlat a’yonlarini yig'ib, yoniga Farhodni o'tqaz- 
di-da, o‘z maqsadini bayon qildi:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin