104
novateurpublication.org
modda. Vitamin E qoramol, cho`chqa go`shti, sariyog’, tuxum sarig’i, sut, dukkakli
va donli o`simliklarnnng urug’ida, ayniqsa ulardan olinadigan moy tarkibida,
shuningdek, pomidor, qovoq urug’i, zig’ir va paxta moylarida ham ko`p bo`ladi.
Jigardan ishlanib chiqadigan o`t organizmda vitamin E ni o`zlashtirishga yordam
beradi. Hayvonlar yeydigan ozuqalarda vitamin E yetishmasa, ular nasl
qoldirishdan mahrum bo`ladi. Bunda jinsiy o rgan gormonlari, spermalarning hosil
bo`lish jarayoni asta-sekin to`xtay boshlaydi. Hayvon esa muddati yetmasdan bola
tashlaydi. Homilador ayolda vitamin E yetishmaganda homila oy-kuni yetmasdan
chala tug’iladi. Vaqti-soati etmay tug’ib qo`yadigan ayollarga vitamin E
buyurilganda ko`pincha homila oy-kuni etib tug’iladi. Vitamin E homilaning
bunyodga kelishida va uning normal o`sishida muhim rol’ o`ynagani uchun ham
uni «ko`payish vitamini» deb yuritiladi.
Meditsinada vitamin E farzandsizlikka qarshi va jinsiy organlar funksiyasini
yaxshilashda, shuningdek tromboemboliyaning oldini olishda ishlatiladi. Orga-
nizmda yog’, oqsil va mineral moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Jigar, taloq,
me`da osti bezi kabi organlar vitamin E ning organizmdagi deposi hisoblanadi.
Kishi organizmi bir kunda vitamin E preparatlaridan taxminan 10-25 mg talab
qiladi. Vitamin E moyli eritma holida ampulalarda va dekavit, gendevit drajesi
tarkibida ham bo`ladi. Chakanda o`simligi mevasida vitaminlar ko`p. Cha-kanda
moyi ayniqsa vitamin E ga boy. U teri nur ta`siridan zararlanganda, qizilo`ngach
kuyganda, me`da shilliq qavatlari hamda ba`zi ginekologik kasalliklarni
davolashda qo`llaniladi.
Dostları ilə paylaş: