105
novateurpublication.org
(vitamin Kz), tabletka holida, flakonlarda chiqariladi. Vitamin K guruhiga kiruvchi
sintetik preparat vikasolning poroshok(kukun) va tabletkasi ishlatiladi.
V i t a m i n F-
(O`sish va Ca almashinuvi omili).
F vitamini -
yog’da eriydigan
vitaminlar qatoriga bir nechta to`yinmagan yog’ kislotalar kiradi.
Bular qatoriga
linol, linolin, araxidon kislotalari kiradi. Bu kislotalar odam va hayvonlar tanasida
sintezlanmaydi. Vitamin F organizmda moylarning so`rilishi, hazm bo`lishi va
teridagi moy almashinuvida ishtirok etadi. U qon tomir devorlarining egiluvchanligi
va turg’unligini oshiradi. Gipertireoz va ekzemaning ayrim turlarida ham yaxshi
natija beradi.
Tajribalar odamning to`yinmagan yog’ kislotaga bo`lgan bir kunlik ehtiyoji 4-10
gramm ekanligini ko`rsatdi. To`yinmagan yog’ kislotalar organizmda
yetishmaganda
teri quriydi, salga yoriladi, suyak mo`rt bo`lib qoladi va soch
to`kiladi. To`yinmagan yog’ kislotalar organizmga asosan o`simlik
moyi bilan
tushadi. Ayniqsa paxta moyi bu moddalarga boy. Farmatsevtika sanoati ishlab
chiqarayotgan linetol preparatida to`yinmagan yog’ kislotalar miqdori paxta
moyidagiga qaraganda ko`p.
Linetol aterosklerozining oldini olish va davolashda qo`llaniladi. Linetol
shuningdek, dermatit, ekzema, kuygan va nur bilan jarohatlanganlarni davolashda
ham samarali ta`sir etadi. Vitamin F surtma dori, shamchalar, davolovchi sovun va
krem holida chiqariladi. Shamchalar bavosil kasalligida shifo bo`ladi.O`simlik
moylari, salat, na`matak tarkibida bor. Kamqonlikda juda foydali. F avitaminozida
o`sish to`xtab qoladi, teri qurib, suyaklar sinuvchan bo`lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: