Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   125
Monograph

V i t a m i n B
12 
(Tsiankobalamin).
 
Vitamin B
12
hidsiz, mazasiz, to`q qizil 
kristalik: modda, tarkibida 5% ga yaqin kobal’t elementi bor. Bu vitamin suvda va 
spirtda yaxshi eriydi, efir, xloroform va atsetonda erimaydi. Tuzilishi va biologik 
faoliyati jihatidan vitamin B
12
ga yaqin bir qancha birikmalar ma`lum, shuning 
uchun bu guruhga kobalamin yoki kobamid nomi berilgan.
Vitamin B
12
kuchli biologik aktivlikka ega modda bo`lib, organizmning o`sish
dalilori hisoblanadi. U organizmda foliy kislotaning ishlatilishini, eritro-tsitlarning 


112 
novateurpublication.org 
yetilishini va organizmning qon bilan ta`minlanishini yaxshilaydi. Vitamin B
12
me`daichak epiteliylari (shilliq qavatlari)ni qayta tiklaydi, jigar faoliyatini 
"normallashtiradi, markaziy nerv sistemasi va boshqa nervlar faoliyatini 
yaxshilaydi. Yurak muskullari va tireotoksikoz kasalliklarida ham naf beradi. 
Moddalar almashinuvida ishtirok etadi. U qizil qon tanachalarini etilishi
faollashtirib, qon yaratilishini normal borishini ta`minlaydi.Vitamin B
12
 
ni
gemo-
poezga ta`siri
foliat kislotaning folin kislotaga aylanishiga bog’liq. Vitamin B
12
odamning normal o`sishi, oqsil va nuklein kislotalarining sintezlanishi uchun
kerak
.
Vitamin B
1
2
Kaslning tashqi omili deb ham yuritadilar. Me`da shirasi
tarkibidagi oqsil gastromukoproteid ( Kaslning ichki omili bilan birikkan
holdagina so`riladi. Jigarning himoya funksiyasiga yordam beradi, foliy kislotasi 
(B 
9
vitamini) ni faollashtiradi. 
Vittamin
B
12
 
miqdorini
 
yetishmasligii va folin kislotaning tanqisligi suyak 
ko`migida qon shaklli elementlarini normal hosil bo`lishini buzilishiga va qon 
yaratilish tipini o`zgarishiga olib keladi. Bunda qon yaratilishining megoblastik 
(embrional) turi kelib chiqadi. Avitaminozida yomon sifatli anemiya rivojlanadi. 
Baliq, jigari, qora mol jigari va buyragida bor.
Bu vitamin va shu guruhga kiradigan birikmalar organizmdagi bioximiyaviy 
reaktsiyalarda qatnashishi aniqlangan. Vitamin B
12
orgaiizmda yetishmaganda odam 
kamqonlikka (Addison Birmer kasalligiga) uchraydi. Kamqonlikka duchor bo`lgan 
bemorlarga jigar eyish tavsiya qilinar, shuningdek ularga kampoloi, antianemin 
preparatlari buyurilardi. Vitamin B
12
kamqonlikda yaxshi naf beradi. Bu vitaminni 
faqat 1948 yildagina jigardan ajragib olishga muvaffaq bo`lindi. 
Shuningdek vitamin B
12
ning yetishmasligii me`da-ichak shilliq qavatlarida 
o`zgarishlarga, asab buzilishiga hamda leykotsitopoez va trombotsitopoez buzilishi 
natijasida kelib chiqadigan anemiyaga olib keladi. Jigar kasalliklarida vitamin B
12
yaxshi shifo bo`ladi. Vitamin B
12
shuningdek ayrim nerv kasalliklari (polinevrit, 
ishias, radikulit va shu kabilar) da, periferik nervlar jarohati va operatsiyasida 
yaxshi natija beradi.
Odam organizmining vitamin B
12
ga bo`lgan kech-kunduzlik ehtiyoji 2,5-5 mkg 
hisoblanadi.Uzoq vaqtgacha faqat o`simlik mahsulotlarn bilan ovqatlanganda va 
homiladorlikda vitamin B
12 
ga ehtiyoj ortadi. Vitamin B
12
turli mikroblar, jumladan 
odamning ichak mikroflorasida ham sintezlanadi. Hayvon mahsulotlari orasida 
baliq, qora mol jigari, qoramol va jo`jalarning buyragida vitamin B1
2
ko`p 
bo`ladi. 
Bu vitamin sanoatda asosan mikroorganizmlardan olinadi. Shunga qaramay bu 
mahsulotlarning 1 tonnasidan atigi 28 mg vitamin B
12
olinadi. Vitamin B
12
ampulalarda, sianokobolamin va foliy kislota esa tabletkalarda chiqariladi. Vitamin 
B
12 
ning vitogepat, kampolon deb ataladigan ireparatlari qoramol jigaridan olinadi 


113 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin