Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
nisbatan olganda 2,6 – 6,7 mg gacha, cho`chqa bolalari uchun 1,5 – 2,5 mg gacha 
bo`ladi. 
Vitamin B
6
organizmda oqsil, yog’ va uglevodlar almashinuvining buzilishi 
natijasida paydo bo`lgan turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Piridoksin kam 
qonlik, nerv, yurak kasalliklarida. Shuningdek parkinson, dengiz va havo 
kasalliklari, homiladorlikning ilk davridagi toksikozlar, surunkali gepatit, qandli 
diabet, aterosklerozda, siydik va o`t yo`lidagi toshni operatsiya qilib olib tash-
langandan keyin buyuriladi. Dukkakli va donli o`simliklar, kartoshka, kunjara,
qora mol, sut, cho`ch-qa, qo`y go`shti, jigar, baliq tarkibida bor. Vitamin B
6
hayvon va o`simlik mahsulotlarida ko`p bo`ladi. 
 V i t a m i n V
9
(Foliy kislotasi). Foliy kislota och sariq, kristalik modda, suvda 
yomon eriydi, efir va spirtda erimaydi, neytral sharoitda issiqlikka chidamli. 
Odamning bu vitaminga kech-kunduzlik ehtiyoji 400 mg, homilador va emizikli 
ayollarda undan ko`proq. Vitamin B
9
nuklein kislotalar va aminokislotalar sinte-
ziga ta`sir etadi, xromosomalar tarkibida bor va hujayralar ko`payishining muhim 
omilidir. Qon gemoglobin, eritrotsit, leykotsit, trombotsitlar miqdorini oshiradi
qon ishla-nishini boshqaradi va qo`zg’atadi. 
Avitaminozida anemiya rivojlanadi va ichak mikroflorasinig yashovchan-ligi 
pasayadi. Karam, pomidor, salat, sabzi, bug’doy, arpa, jigar, buyrak, mol go`shti, 
tuxum tarkibida bor. Bu modda o`simliklar bargida ko`p bo`ladi, shuning uchun 
ham foliy kislota (lotincha folium - barg degani) deb ataladi.Foliy kislota tabiatda 
keng tarqalgan. Jigar, buyrak, yashil barglar, ismaloq, loviya, eryong’oq bu kislotaga 
boy. 
Foliy kislota organizmda turli ximiyaviy o`zgarishlar paydo bo`lishida eng kuchli 
biologik katalizator hisoblanadi. Bu vitamin asosan kamqonlikda buyuriladi, 
shuningdek surunkali gastroenterit va ichak silini foliykislota bilan kompleks 
davolash yaxshi samara beradi.Ko`pchilik kasalliklarni davolashda foliy kislota 
bilan birga vitamin B
2
va vitamin C berish maqsadga muvofiq. Biror sababga ko`ra 
odam organizmida foliy kislota yetishmasa yoki ichak mikroflorasida bu 
vitaminning sintezlanishi susayib qolsa, vitamin B9 ga nisbatan avitaminoz paydo 
bo`ladi. Bunda qon hosil bo`lishi buziladi va oq.ibatda kam.qonlik paydo bo`ladi.
Foliy kislota poroshok va tabletka holida chiqariladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin