110
novateurpublication.org
Hayvonlarning xolinga ehtiyoji
rasiondagi metionin miqdoriga, shuningdek
organizmning folat kislota va tsiankobalamin bilan nechoqlik ta`minlanayot-
ganiga bog’liq. Barcha chorva mollari uchun xolinning
normasi yetarlicha ishlab
chiqarilmagan Onasidan ajratilgan cho`chqa bolalari uchun 1 kg oziqaga 1.5g
miqdorida xolinxloridi qo`shib berib turish yaxshi ta’sir ko`rsatadi. Ovqatda
oqsillar yetarli bo`lganda odamlarda xolin avitaminozi paydo bo`lmaydi.
Hayvon organizmida xolin yetishmaganda jigarda yog’li infil’trasiya
paydo
bo`lishi, hatto jigar sirrozi, rak kasalligi yuzaga kelishi mumkin. Bulardan tashqari,
hayvonlar buyragi og’ir jarohatlanib, gipertoniya avj oladi.
Xolin
jigar,
ateroskleroz,
diabet,
kamqonlik
kasalliklarpda
buyuriladi.
Psixoterapiyada xolin surunkali alkogolizm va ruhiy
kasalliklarni davolashda
ishlatiladi.Xolin hayvonlar organizmida sintezlanadi. Meditsinada xolinning xlorid
tuzi ishlatiladi. U sintetik yo`l bilan olinadi. Xolin xlorid poroshok, eritma holida
flakonlarda va ampulalarda chiqariladi.Tuxum sarig’i, buyrak, jigar, yashil barglar,
achitqilar, shrotlar, kunjara, karam, ismaloq va pomidorda xolin ko`p.
Dostları ilə paylaş: