109
novateurpublication.org
Bu vitamin organizmda juda ko`p muhim bioximiyaviy
reaktsiyalarda ishtirok
etadi, ayniqsa yog’ kislotalarining oksidlannshi va biosintez jarayon-larida muhim
ahamiyatga ega. Organizm holati normal bo`lganda pantotenat kislota har qanday
tipdagi hujayralarda uchraydi.Oqsil, yog’ va uglevodlar almashinuvi nixoyaviy
mahsulotlarining oksidlanishida ishtirok etadi.
Avitaminozida holsizlanish, tez
charchash, bosh aylanishi, dermatitlar, shil-liq
pardalarning xastalanishi, nevritlar rivojlanadi. Pantotenat kislota yetishma-ganda
odam o`smay qoladi, ishtaha yo`qoladi,
oznb ketadi, shuningdek dermatit, teri
ostiga qon quyilishi, ichki a`zo kasalliklari va boshqalar ham paydo bo`ladi.
Jo`jalarda pantenat kislotaning yetishmovchiligi o`sish jarayonini sekin-lashishi,
patlarni notekis rivojlanib borishi, dermatitlar paydo bo`lishi,
nerv siste-masini
zararlanishi bilan namoyon bo`ladi. Cho`chqa bolalarida uning yetish-masligii
me`da ichak kasalliklari, dermatitlarga, harakat uyg’unligini
buzilishi, ko`zlarida
qora rangli ekssudat oqib turishi va boshqalarga sabab bo`ladi. Pantotenat kislota
qizil volchanka, qichima, seboreya, terining fotodermatoz kasalliklarpda, kuyganda,
infektsiyali jarohat va surunkali teri yaralarini davolashda qo`llanadi. Shuningdek
bu vitamin polinevrit, ekzema, allergiya, homiladorlar toksikozi va gipertireoz
oqibatida moddalar almashinuvi buzilganda yaxshi: naf beradi. Medidinada
pantotenat kislotaning kal’tsiy tuzi ishlatiladi.
Kal’tsiy pantotenat poroshok, tabletka xolida va ampulalarda chiqariladi Pantotenat
kislota ma`lum miqdorda ichak mikroflorasida ham sintezlanadi.
Odamning bu
vitaminga bo`lgan kech-kunduzlik ehtiyoji 10-20 mg. Og’ir jismoniy mehnat
qilganda, homiladorlikda va emizikli ayollarda hamda oziq-ovqat mahsulotlarida
oqsil kam bo`lganda pantotenat kislotaga ehtiyoj ortadi.
Barcha guruhdagi parrandalar uchun 1 kg oziqaga nisbatan olganda 10 mg, bir
oziqa birligiga nisbatan olinganda cho`chqa bolalari uchun 10 mg, bo`rdoqiga
boqilayotgan yosh hayvonlar uchun 9 mg va bo`g’oz hamda bolalarini emizadigan
cho`chqalar uchun 12 mg miqdorda norma belgilingan. Pantotenat kislota har xil
o`simlik va hayvon mahsulotlarida ko`p. Yashil o`simliklar ayniqsa,
dukkakli va
donli o`simliklar, kartoshka, jigar, tuxum, baliq v.b. tarkibida bor.
Dostları ilə paylaş: