Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   125
Monograph

V i t a m i n B
2 -
(Riboflavin).
B
2
vitamini
 
homila va bolaning o`sishi va 
rivojlanishiga ta`sir etadi. Ko`ruv pigmenti - rodopsin, oqsillar va yog’lar sintezida, 
gemoglobin hosil bo`lishida qatnashadi. Riboflavin organizmning oksidlanish - 
qaytarilish reaktsiyalarida ishtirok etadi. Markaziy nerv sistemasi neyronlarining 
va retseptorlarining riboflavinga bo`lgan talabi yuqori chunki, bu tizimlarda
maddalar almashinuv jarayonlari ancha jadal kechadi. Vitamin B
2
juda ko`p 
biologik jarayonlarda ishtirok etadi, U to`qimalarning nafas olishi, o`sishi va qayta 
tiklanishida qatnashadi. Riboflavin ko`z gavharini ravshan qiladi, glyukozaning 
organizmda shimilishini yaxshilaydi. 
Riboflavin esa oqsil almashinuvi bilan bevosita bog’liq. Bu vitamin orga-nizmda 
aminokislotalar almashinuvini nazorat qiladi. Ovqat tarkibida oqsillarning ko`p 
bo`lishi organizmning riboflavinga bo`lgan ehtiyojni oshiradi. Odamning B
2
vitaminga bo`lgan kundalik ehtiyoji 2-4 mg.
Riboflavin ko`pdan beri ma`lum 


108 
novateurpublication.org 
bo`lsada, 1925 yili Bleyr va Kalman unga vitamin B
2
nomini berishdi. Lekin 
faqatgina 1932 yili Varburg va Xristianuni achitqidan ajratishga muvaffaq bo`ldilar
B
2
avitaminozida o`sish va rivojlanish kechikadi, katta yoshdagi odam-larda
ko`zda va og’iz shilliq pardasida o`zgarishlar (og’iz bo`shlig’i yallig’la-nadi, 
lab bichiladi) paydo bo`ladi. Shox pardada tomirlar paydo bo`ladi, ko`z salga 
toliqadigan bo`lib qoladi, keyinchalik esa ko`z olmasi va gavhar yallig’lanib, 
tiniqligini yo`qotadi natijada katarakta kuzatiladi.
Organizmda riboflavin yetishmasligii karbonsuvlar almashinuvini buzilishi, sut 
kislota bilan pirouzum kislotaning oksidlanish jarayonlarini to`xtalib qolishiga
olib keladi. Bu vitamin normal oqsil almashinuvi uchun zarurdir.U yetishmay
qolganda organizm oqsil va aminokislotalardan to`liq foydalana olmaydi. Shu
bilan birga ba`zi aminokislotalar o`zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. 
Riboflavin yetishmasligiga aloqador kasalliklar parrandalar, cho`chqalar, otlar va
buzoqlarda uchraydi. Bu vitamin ovqat ratsionida yetishmay qolganda 
jo`jalarning o`sishi sekinlashib, ich ketar boshlanadi, falaj avj olib, jo`jalar o`lib
qoladi. Voyaga etgan parrandalarda esa tuxum kamayadi. Cho`chqalarda ribof-
lavin yetishmasligi o`sish jarayonini sekinlashtirib, ko`z shox pardasi va gavxa-
rining xira tortishi, umumiy quvvatsizlik kuzatiladi, ba`zi hollarda hayvon
o`lib qoladi. Riboflavin o`simlik (yashil oziqalar, ismaloq, karam, achitqi, donli
va dukkakli) larda va hayvon organizmlarida ( jigar, buyrak, yurak, go`sht, sut, 
tuxum ), shuningdek mikroorganizmlarda ko`proq uchraydi.
Parandalarda riboflavin iste`molining qo`yidagi normalari qabul qilingan: 1 kg 
quruq oziqalarga tovuq va o`rdak jo`jalari uchun 3 mg, tovuqlar, o`rdaklar va
kurkalar uchun 4 mg. Cho`chqalarda bu vitaminga bo`lgan extiyoj bir oziqa
birligiga nisbatan olinganda 1,8 mg dan 3 mg gacha miqdorii tashkil etadi. 
Surunkali va o`tkir dizenteriya, yuqumli gepatit, jigar sirrozi, gastronterokolitda
me`da yoki ichakni operatsiya qilib, bir qismi kesib tashlanganda, qandli diabet va 
kuyishda organizmda vitamin B
2
kamayib ketishi mumkin. 
Vitamin B
2
asteniya, jigar, me`da-ichak, nur kasalliklarda, kam qonlikda, seboreya, 
ekzema, surunkali yarava jarohatlarni davolashda buyuriladi. Riboflavin turli ko`z 
kasallnklarini davolashda ham keng qo`llaniladi. Vitamin B
2
poroshok, tabletka, 
draje va ko`z tomchisi holida chiqariladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin