novateurpublication.org singa, pellagra va raxit kasalliklarini kiritadi. Mana shu tarzda birinchi vitamin B
1
(tiamin) ixtiro qilinadi.
Shu tariqa vitaminlar asosiy oziq-ovqat mahsulotlari (oqsil, yog’, uglevodlar va
mineral tuzlar) orasida eng hayotiy dalilor sifatida o`rin oladi Bu masala bilan
shifokor va fiziologlar, veterenarlar, ximiklar, bioximiklar, qola versa botaniklar,
seleksionerlar ham qiziqa boshlaydi.
Xullas, astranomiya fanidan bo`lak barcha tabiiy fanlar ma`lum darajada
vitaminologiya muammosining ayrim masalalari bilan shug’ullanadi.Chunki
vitaminlarning organizmda kechadigan bioximik jarayonlardagi roli, avitaminoz
kasalligining oldini olish va davolashdagi ahamiyati, ularni boshqa kasalliklarda
ishlatish masalalari vitaminlarning kimyoviy tarkiblarini aniqlash, ajratib olish,
tozalash, yangidan-yangi vitaminlarni ixtiro qilish, vitaminlarga boy tabiiy o`simlik
xom ashyolarni aniqlash kabi muhim masalalar kun tarkibida turadi.
Vitaminlar turli kimyoviy tabiatli organik birikmalar guruhidir. Ular ovqat
mahsulotlarida juda kam miqdorda bo`ladi, ammo organizmning fizio-logik
holatiga kuchli ta`sir etadi. Vitaminlar sezilarli plastik va energetik ahamiyatga
ega emas, ularning ko’pchiligi fermentlar tarkibiga kiradi va mod-dalar
almashinuvida katalizator rolini bajaradi.
Organizm o`ziga kerak bo`lgan vitaminlarni turli xil ovqat mahsulot-laridan
oladi. Ularning tarkibida B
1
, B
2
PP, C, K va organizmda vitamin A ga aylanuvchi
karotin ko`p bo`ladi. Shuningdek, sabzavot va poliz ekinlarida foliyev
kislotasining ko`p bo`lishi, organizmda yog’ almashinishini boshqaruvchi xolin
moddasini ishlab chiqarishga yordamlashadi.
Vitaminlarni ximiyaviy jihatdan o`rganish natijasida ularni sanoatda tabiiy xom
ashyolardan va sintetik usul bilan ishlab chiqariladigan bo`ldi. Vitaminlar tabiatda
juda oz tarqalganligidan hozirgi paytda sintetik vitaminlar, ularning preparatlari va
vitaminlashtirilgan oziq moddalar ko`plab ishlab chiqarilmoqda. Vitaminlar
ximiyaviy birikma bo`lib, organizm faoliyatiga har tomonlama muhim ta`sir
ko`rsatadi.
Vitaminlar organik birikmalarning turli guruhlariga kiradi, ayrimlari juda murakkab
tuzilgan. Vitamin saqlovchi oziq-ovqatlar odamning vitaminga bo`lgan talabini
qondiruvchi asosiy manba hisoblanadi. Ba`zi bir vitaminlar juda oz miqdorda ichak
mikroflorasida sintezlanadi (vitamin B
2
, B
6
, B
12
), ammo ular odamning vitaminga
bo`lgan talabini qondirolmaydi. Ayrim hollarda odam organizmida ximiyaviy
tuzilishi jixatidan vitaminga yaqin bo`lgan, provitamin deb ataladigan organik
birikmadan moddalar almashinuvi jarayonida vitamin hosil bo`ladi. Masalan,
asosan o`simlik mahsulotlarida bo`ladigan karotin (vitamin A ning provitamini)
organizmda vitamin A ga aylanadi.