novateurpublication.org izdan chiqishi natijasida sodir bo`ladigan ayrim kasalliklar to`g’risida ham
ma`lumotlarga ega bo`lganlar.
Vitamin yetishmasligii tufayli sodir bo`ladigan turli kasalliklar haqida odamlar
uzoq vaqt bexabar bo`lganlar. Masalan, C vitaminining ovqat ratsionida
yetishmasligii orqasida sodir bo`ladigan “ singa ” kasalligi asrlar davomida
xalqlar boshiga tushgan og’ir musibat edi. Portugaliyaning mashhur dengiz sayohi
Vasko Gama o`zining 1497 yili Hindistonga qilgan birinchi safari vaqtida singa
kasalligi tufayli 100 dan ortiq odamini yo`qotgan bo`lsa, 1498 yilgi safari vaqtida
160 matrosidan 150 tasini qurbon bergan.
Dengiz va okeanlarni kezgan sayyohlar orasida singa kasalligini davolashda Jak
Kart’e ekspedisiyasining qatnashchilari birinchilardan bo`lsa kerak. Ekspe-ditsiya
qatnashchilari 1535 yili dengiz orqali Kanadaning N’yufaundlend shahriga borishga
otlanadilar. Uzoq va mashaqqatli dengiz safari vaqtida 103 ta kishidan iborat
ekspeditsiya qatnashchilaridan 100 kishi og’ir singa kasalligi bilan kasallanib, 25
tasi Atlantikada vafot etdi. Ekspeditsiya a`zolari Kanada tuprog’i-ga oyoq
qo`yganda yashashdan butunlay umidlarini uzganlar. Oradan bir necha kun
o`tgandan so`ng o`lim to`shagida yotgan sayyohlar o`zlarini soppa-sog’ qilganlar.
Xo`sh, nima bo`ldi?
Ekspeditsiya a`zolaridan biri o`sha yerli hindilardan singa kasalligini davolashda
qarag’ay daraxti ignalarini suvda qaynatib ichish foydali ekanligini eshitadi.
Shunday og’ir kasallikdan osonlik bilan qutulish yo`li borligini eshitgan
ko`pchilik ekspeditsiya a`zolari boshidan ikkilanadilar. Najotsiz qolgan, lekin
hayotdan umidini uzolmagan matroslar oxirgi kuchlarini sarflab, qarag’ay
o`rmoni tomon yuradilar. Ko`p o`tmay qarag’ay daraxtidan eritma tayyorlaganlar
va kuch-quvvatsiz matroslar uni ichadilar.
Haqiqatan ham qarag’ay daraxti ignalaridan tayyorlangan bu qay-natma
matroslarga yaxshi ta`sir ko`r-satadi va bir necha soatdan so`ng ular o`zlarini
yaxshi his qila boshlaydilar. Bir necha kundan keyin esa ularda singa kasalligining
asorati ham qolmaydi.Singa kasalligiga qarshi kurashishda dengizchilar o`rtasida
ayrim muvaf-faqiyatlarga erishilganiga qaramay, bu kasallik yil davomida Yevropa
mamlakat-larida minglab odamlar yostig’ini quritar edi. Yevropa xalqlari singa
kasal-ligidan katta zarar ko`rayotgan bir vaqtda Osiyo xalqlari bu kasallikdan qo-
lishmaydigan “ beri – beri ” (hindcha “ qo`y ”) deb nomlangan og’ir kasallikdan
iztirob chekardilar. Bu kasallik Yaponiya, Koreya, Janubiy Xitoy, Hindiston,
Indoneziya va Fillipin orollarida juda keng tarqalgan edi. Agar kasallikning oldi
tezda olinmasa, u og’irlashib, qo`l yoki oyoqlar shol bo`lib qolishi mumkin.
XIX asr oxirlariga kelib mikrobiologiya fani katta yutuqlarni qo`lga kiritishi
tufayli ko`pgina yuqumli kasallik sababchilari kasal chaqiruvchi mikrob ekanligi
aniqlandi. Bunday mikroblar organizmga kirgandan so`ng vabo, tif, qutirish va