Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
shundan iborat ediki, u ovqat tarkibidagi yetishmay-digan moddaning o`zi nima
ekanligini isbot qila olmaydi. 
Bu jumboqni hal qilishda rus olimi va vrach N.I.Luninning ilmiy izlanishlari katta 
rol’ o`ynaydi. N.I.Lunin ovqatning turli tarkibiy qismlari qanchalik aha-miyatga ega 
e kanligini o`rganib chiqadi. N.I.lunin o`z kuzatishlarini sichqon-larda olib boradi. 
Buning uchun u sichqonlarni ikki guruhga bo`ladi va har bir guruhdagi 
sichqonlarni alohida ratsionlar asosida boqadi. Birinchi guruhdagi sichqonlarni 
odatdagi sut bilan, ikkinchi guruhdagi sichqonlarga esa tarkibi tozalangan sut oqsili 
(kazein), sut shakari (laktoza), yog’ va mineral tuzlardan iborat sun`iy sut bilan 
boqiladi. 
Har ikkala guruhdagi sichqonlarga beriladigan ovqatlarning miqdori va kaloriyasi 
bir edi. Oradan ko`p vaqt o`tmay, sun`iy sut bilan ovqatlanayotgan sichqonlar ovqat
ratsionlarida organizmning normal faoliyati uchun zarur oziqaviy moddalar yetarli
bo`lishiga qaramay, tirik murdalarga aylanib qoladi. 
Bir necha kundan so`ng bu sichqonlar birin-ketin o`ldi. Odatdagi sut bilan 
boqilayotgan sichqonlar esa kundan-kunga yaxshi rivojlanaverdi. Lunin o`zining bu 
kuzatishlarini bir necha bor sinchiklab qaytargandan so`ng shunday qarorga keladi: 
tabiiy sutning tarikbida hayvonlar hayotiy faoliyati uchun zarur, hali fanga 
no`malum moddalar bo`lsa kerak. Sun`iy tayyorlangan sut tarkibida mana shu 
moddalarning yo`qligi sichqonlarning halok bo`lishiga sabab bo`ldi. 
XIX asr boshlarida quyidagi dalillar uzil-kesil isbot qilingan edi: 
1.Singa, beri-beri va shularga o`xshash kasalliklar ma`lum ovqat ratsionlari 
tufayli paydo bo`ladi va bu kasallikning ovqat ratsionini o`zgartirish bilan davolash 
mumkin; 
2.Ovqat ratsionida ma`lum oqsil, yog’, uglerod va mineral tuzlardan bo`lak 
qandaydir moddalarning yetishmasligii tajribadagi hayvonlarning o`sishini to`xtatdi 
va ular halok bo`ldi. 
Lekin hech kim bu dalillarni o`zaro bog’lab kasalliklarning sababini ko`rsatib
berolmaydi. Bu savolga polyak olimi Kazimir Funk Londondagi Liser institutida
beri-beri masalasi bilan qiziqayotgan aniq javobni topa oldi. Kazimir Funk 1911 
yili sholi qipig’ida rangsiz kristall modda ajratib olishga erishadi. Bu moddani juda 
oz miqdorda ovqat ratsioniga qo`shib berish polinevrit kasali bilan og’rigan kishilar 
va parrandalarning sog’ayib ketishiga sabab bo`ladi. Funk ixtiro qilgan modda, olim 
taxmin qilganidek, tozalangan gurunch doni tarkibida bo`lmay, uning qipig’ida 
bo`lar ekan. 
K.Funk ixtiro qilgan kristall moddaning kimyoviy tarkibini atroflicha o`rganib, 
uning tarkibida amin guruhiga mansub azot borligini aniqladi. Funk bu shifobaxsh 
moddalarni vitamin: lotincha “vita”- hayot, - “hayotbaxsh amin” deb ataladi.U 
organizmda vitamin yetishmasligiini avitaminoz deb ataydi va bunga beri-beri, 


100 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin