Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
shularga o`xshash xavfli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Olimlar 
“ singa ” va “ beri – beri ” kasalliklarining kelib chiqish sababla-rini topolmay bu
kasalliklarni ham mikroblar chaqirsa kerak deb, shu kasallik bilan og’rigan 
kishilarda maxsus mikrobni qidirganlar. 
Rus vrachi va olimi V.V.Pashutin 1884 yili matbuot sahifalarida chiqib singa 
kasalliklining kelib chiqishi – ovqat mahsulotida qandaydir fanga noma’-lum
narsalarning yetishmasligiidan bo`lsa kerak deydi. Xullas, olimlarning singa va 
beri-beri kasallik sabablarini o`rganish uchun qilgan harakatlari vita-minlarning
ixtiro qilinishiga olib keldi. 1887 yilda Yapon flotining bosh sanitar inspektori,
admiral Takaki beri-beri kasallikgining paydo bo`lishi inson ovqatlanishi bilan
bog’liq ekanligini matbuotda e`lon qildi. Chunki beri-beri kasallikgi yapon
flotining haqiqiy ofatiga aylangan edi. Darhaqiqat, yapon flotining har uch 
matrosidan bittasi shu kasalga giriftor bo`lar edi. Ming - minglab matroslar bu
kasallik tufayli halok bo`la boshlagan edi. 
Hech qanday vrach bu og’ir dardga davo topolmas, kasallik esa asta-sekin 
quruqlikda yashovchi aholi o`rtasida ham tarqala boshlagan edi. Bu holdan 
tashvishlangan yapon admirali matroslar ovqat ratsionlarining tarkibiy qismi 
bilan qiziqdi. Natija shunday bo`lib chiqdiki, yapon kemalarida xizmat qila-
yotgan matroslar beri – beri kasallik bilan kasallanganlar, yapon ofiserlari bu
kasaldan omon qolganlar.
Tekshirishlar yana shuni ko`rsatadiki, ofiserlarning kech-kunduzlik ovqat 
ratsionidagi oqsil miqdori matroslarnikig a nisbatan ko`p va sifatli bo`lgan. 
Admiral bu holni aniqlagach, matroslar ratsionida go`sht miqdorini oshirish, 
ho`l mevalar iste`mol qilish, gurunchning bir qismini oqsilga boy arpa bilan 
almashtirishni buyurdi. Bu ko`rilgan tadbirlar natijasida yapon matroslari orasidagi 
beri-beri kasallik deyarli yo`qoldi. 
XIX asr oxirlariga kelib beri-beri Gollandiya davlatini ham juda qattiq tashvishga 
solib qo`ydi, chunki Gollandiyaga qarashli Janubiy-Sharqiy Osiyodagi Yava 
orollaridagi xalqlar o`rtasida ham keng tarqalgan edi. Kasallanish sabab-larini 
atroflicha o`rganish maqsadida Yava orolining bataviya shahriga maxsus
ekspeditsiya yuborildi. Ko`pchilik ekspeditsiya a`zolari kasallikning asosiy
sababchisi yuqumli kasallik chaqiruvchi mikrob lardir degan noto`g’ri xulosaga 
keldilar.
Qaytib ketgan ekspeditsiyadan ajrab qolgan yosh harbiy vrach Xristian Eykman
Yava qamoqxona kasalxonasining bosh vrachi lavozimida ishlab qolib, bu og’ir
jumboqni hal qilishni o`z oldiga asosiy maqsad qilib qo`yadi. U uzoq kuzatuvdan
keyin bu kasallikni ovqat tarkibidagi yetishmovchilik ekan-ligini aniqlaydi va
uni polinevrit deb ataydi. Lekin X.Eykman nazariy fikrlarining bo`sh joyi


99 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin