V i t a m i n PP ( Nikotin kislota ). Nikotin kislota ( antipellargik ) NAD
(nikotin amidadenin dinukleotid ) va NADF (nikotin amidadenin dinukleotid fosfat)
kofermentlarning tarkibiy qismidir. NAD va NADF biologik oksidlanish
reaktsiyalarini katalizlaydigan degirdogenaza fermentlari tarkibiga kiradi.
V itamin
PP uglevodlar, yog’lar, yog’ kislotalari, fosfolipidlar va aminakislotalar
almashinuvida ishtirok etadi. Hujayra nafasi va oraliq almashinuvda ishtirok
etadi. Me`da - ichak yo`llarining sekretor va motor funksiyalarini normallashtiradi,
jigarning bar’er funksiyasini kuchaytiradi, kapillyar qon tomirlarini kengaytnradi,
natijada to`qimalar qon bilan yaxshi ta`minlanadi.
Vitamin PP pellagra kasalligining oldini olish, ovqatning yaxshi hazm bo`lishi,
markaziy nerv sistemasi va ilikning normal faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
Pellagra so`zi ital’yancha bo`lib, g’adir - budur teri ma`nosini anglatadi. Bu
kasallikda qo`l barmoqlari, yuz va bo`yin terisi yallig’lanadi, g’adir-budur bo`lib
qoladi (dermatit), ich ketadi va og’ir hollarda xotira pasayadi, alah-sirashlar
namoyon bo`ladi. Bundan tashqari, bemorning darmoni quriydi, uyqusi qochadn,
asabi buziladi, qorni og’riydi.
Avitaminozida charchash, me`da - ichak tizimining buzilishi, og’iz va til
shilliq pardasining yallig’lanishi kuzatiladi. Terining ochiq qismlariga quyosh
nurining ta`sir yetishidan hosil bo`ladigan o`ng va chap yonoqlardagi sim-
metrik dermatit ham avitaminozning tipik belgisidir.Vitamin PP hayvon mahsulot-
larida va ko`pchilik don-dunlarda, achitqilarda bo`ladi.Bolalarda vitamin PP
yetishmaganda ularning boshi og’riydi, uyqusizlik bezovta qiladi, ichi ketadi, vazi,
bo`yni, sonida sezilar-sezilmas dog’, peshona bo`yni, barmoqlari, tizzasi va
qo`ltig’ida esa qizil pufakchalar paydo bo`ladi. Ko`pincha og’iz shilliq pardalari
qizaradi, bola injiq bo`lib qoladi.
Odam organizmining vitamin PP ga bo`lgan kech-kunduzlik ehtiyoji 15-25 mg ga
teng. Guruch qipig’ida uning miqdori deyarli 100 mg% gacha etadi. O`simliklar va
ba`zi hayvonlar (kalamushlar) organizmida vitamin PP sintezlanadi. Vitamin PP
poroshok, draje, tabletka holida, eritmasi ampulalarda chiqariladi.
V i t a m i n C -(Askorbin kislotasi). Vitamin C - raigsiz, nordon kristalik modda.
Suvda yaxshi eriydi, suvli eritmasi kislotalik sharoitga ega. Vitamin C eritmasi
havoda neytral yoki ishqoriy sharoitda qizdirilganda parchalanadi va o`z aktivligini