novateurpublication.org Kartoshka va karam ko`proq ishlatiladi, shuning uchun organizmga vitamin C
asosan shu sabzavotlar bilan tushadi.
Vitamin C odam organizmnda sintezlanmaydi, organizmda zapas, bo`lib turmaydi.
Shu sababli, vitamin C ga boy ovqatlarni doim eb turish kerak.
Isitmalayotgan
bemorlar, homilador ayollar organizmining vitamin C ga ehtiyoji kattadir.
Odamning vitamin C ga bo`lgan ehtiyoji boshqa vitaminlarga nisbatan ancha
ko`p, o`rta hisobda bir kech-kunduzda extiyoji 100 mg, og’ir jismoniy ish
bajarganda 200-300mg. Askorbin kislota hayvon mahsulotlarida kam bo`ladi, u
faqat jigarda ko`proq bo`ladi. Vitamin C poroshok, draje, tabletka holida va
ampulalarda chiqariladi. Na`matak mevasi damlama, ekstrakt, sharbat, xab dori,
konfet va draje holida ishlatiladi. Na`matak vitamin C ga juda boy.
Kuz, bahor oylarida na`matak damlamasidan ichib turish foydali. Damlama
tayyorlash uchun 20 g na`matak mevasini sirlangan qopqoqli idishga solinadi va
ustiga ikki stakan qaynoq suv quyib, 10 minut qaynatiladi va bir kun tindirib
qo`yiladi, so`ngra dokada suziladi. Kuniga 1/4
- 1/2 stakandan ikki marta ichiladi
(bolalarga 1/8-1/4 stakandan bir marta beriladi). Damlamaga tabga ko`ra shakar
qo`shib ichsa ham bo`ladi. Na`matak mevasining sharbati yosh bolalarga
profilaktika maqsadida beriladi.
L i p o y k i s l o t a . Lipoy kislota eng «yosh» vitaminlardan biri, u asrimizning
40-yillarida kashf qilingan. Lipoy kislota sariq kristalik modda, mazasi achchnqroq,
o`ziga xos hidi bor. Suvda deyarli erimaydi spirt, efir, xloroformda yaxshi eriydi. Bu
vitamin orgaiizmda qalqonsimon bezlardan tashqari hamma to`qimalarda uchraydi,
ayniqsa jigar, buyrak va yurakda ko`p bo`ladi. Lipoy kislota organizmda energiya
hosil bo`lishida muhim o`rin tutadi. U yog’ va uglevod almashinuvini hamda jigar
faoliyatini yaxshilaydi.
Lipoy kislota jigar, diabet, polinevrit, beri-beri, derebral atero-skleroz kasalliklarida,
yurak faoliyati susayganda ishlatiladi. U bosh aylanish, charchash, behollik, qayt
qilish kabi alomatlarni yo`qotadi. Lipoy kislota ma`lum darajada siydik haydash
xususiyatiga ega. Odamning bu vitaminga bo`lgan kech-kunduzlik ehtiyoji
taxminan 1-2 mg. Lipoy kislota ba`zi mikroorganizmlar uchun o`sish dalilori
hisoblanadi. Lipoy kislota poroshok va tabletka holida chiariladi. Kasalliklarning
oldini olishda, xronik gepatitda, jigar dippozida, polinevrit, diabetda buyuriladi.