Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
yo`qotadi. Vitamin C ilik faoliyatiga yaxshi ta`sir qiladi, temirning organizmda 
hazm bo`lishida ishtirok etadi va organizmni qon bilan ta`minlashda stimulyator 
vazifasini o`taydi. Bu vitamin jigarnint normal ishlashida va organizmning turli 
yuqumli kasalliklarga chidamini oshirishda, zaharli moddalarning zarar-
sizlannshida ishtirok etadi.
Organizmda oksidlaish qaytarilish reaktsiyalarida, shuningdek uglevodlar va 
oqsillar almashinuvida vitamin C ning roli muhim. Vitamin C toksinlarni (dizen-
teriya, tuberkulyoz, difteriya va boshqalarni) zararsizlantirish xususiyatiga ega. 
Biriktiruvchi to`qimaning asosi bo`lgan kallogen tolalarning ishlanishi uchun
zarur.Vitamin C o`zining kuchli oksidlovchi qaytaruvchi xossalari hisobiga 
katalaza, arginaza va boshqa bir qancha fermentlarni faollashtiradi.C vitaminining 
fiziologik mohiyati katta, oqsillar sintezi, karbonsuvlar almashinuvi, to`qimalar-
dagi nafas jarayoni, suyaklarda ossein hosil bo`lishi, tishlar va milklarning sog’lom 
bo`lishi uchun zarurdir. Deyarli barcha a`zolar tarkibida mavjud, immu-nitetni
kuchaytiradi, organizmning yuqumli kasalliklarga chidamliligini oshiradi. 
Ovqat tarkibida vitamin C yetishmasa singa (lavsha) kasalligi paydo bo`ladi. Singa 
XIII asrdayoq ma`lum bo`lgan. Bu kasallik uzok safardagi dengizchilar, qurshovda 
qolgan shahar aholisi orasida ko`p uchrardi, umuman o`rta asrlarda Yevropa xalqlari 
orasida keng tarqalgai edi. Qish va erta bahorda ho`l meva hamda sabzavotlar kam 
paytnda tsinga ayniqsa avj olardi. Bu esa ovqat ratsionida ko`katlar va mevalarnnng 
yetishmasligii tsinga kasalligiga sabab bo`ladi, degan fikrga olib kelgan. Singa 
kasalligida bemorning darmoni quriydi, yuragida og’riq paydo bo`ladi, tomiri tez-
tez uradi, hasiraydi, mayda qon tomirlarining shikastlanishi natijasida teri ostiga 
nuqta-nuqta bo`lib qon quyiladi va milkdan qon oqadi. qon tomirlarining devori 
mo`rt bo`lib qoladi va salga yoriladi. Bu esa ba`zan ko`ngilsiz oqibatlarga olib 
keladi. 
Tomir devorining o`tkazuvchanligi ortganidan qon elementlari tashqariga chiqadi. 
Bu kasallikda suyak va tishlar ham shikastlanadi, suyaklar sinadi, muskullarning 
atrofiyasi va markaziy nerv sistemasi funksiyalari buziladi, bo`g’imlar shishib, 
og’riydi, tishlar bo`shashib, liqillab qoladi, milk hadeb qonayveradi. Bundan 
alomatlar paydo bo`lganda darhol vrachga borish kerak 
Vitamin C yetishmasligiidan uyqusizlik va tezda charchash qolish bilan 
xarakterlanadigan avitaminoz kelib chiqadi. Muskullarning atrofiyasi va markaziy 
nerv sistemasi funksiyalarining buzilishi kuzatiladi Avitaminoz C dagi barcha
o`zgarishlarning asosida karbonsuv, oqsil, lipid, aminakislotalar metabo-lizmi va 
kallogen sintezning buzilishi yotadi. Vitamin C ning asosiy manbai ho`l meva va
sabzavotlardir. U qalampir, xren, ko`ksulton, qulupnay, maymunjon, xom mevalar 
(g’o’ra), ko`k piyoz, limon, apel’sin va mandarinlarda ayniqsa ko`p bo`ladi. 


117 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin