Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   125
Monograph

V i t a m i n Bt - (
Karnitin). Vitamin B guruhining yana bir a`zosi karnitindir. Uning 
vntaminlik funksiyasi yaqinda aniqlangan. Vitamin Bt suvda yaxshi eriydi
ko`pchiligi yog’li eritmalarda erimaydi, hayvonot dunyosida keig tarqalgan, 
o`simlik va mikroorganizmlarda esa ancha kam. Karnitinning fiziologik funksiyasi 
to`liq aniqlangan emas. Ko`proq bu vitamin hasharotlarning rivojlanishi uchun zarur 
deb hisoblanadi. 


118 
novateurpublication.org 
X U L O S A 
Inson hayot faoliyati davomida turli tuman harakatlarni bajaradi va energiya 
sarflaydi. Bu energiyani o`rnini to`ldirish uchun tashqi muhitdan oziq 
mahsulotlarni qabul qilishi kerak. Oziq mahsulotlardan oqsillar, yog’lar va karbon 
suvlar organizm uchun plastik va energetik ahamiyatga ega. Suv va mineral
tuzlar hamda vitaminlar esa moddalar almashinuvida ishtirok etib organizmda 
kechadigan barcha fiziologik jarayonlarda qatnashadi.Vitaminlar odatda 
fermentlarning tarkibiy qismi bo`lib hisoblanadi. Shuning uchun to`qimalardagi 
moddalar almashinuv jarayonlarida ishtirok etib organizm to`qimalarining oziq 
moddalarni o`zlashtirilishida ishtirok etadi. Shuningdek organizmning himoya 
kuchini oshirishda ham qatnashadi.
Yuqoridagi ma`lumotlarga asoslanib xulosa qiladigan bo`lsak: 
Oqsillar fermentlar, antitelolar, gemoglobin, mioglobin va ko’pgina gormonlar 
asosini tashkil etadi. Demak, oqsillar nafas, hazm, ayiruv, himoya,
harakat va
boshqarilish jarayonlarida faol ishtirok etadi. 
Yog’lar va lipoidlar organizmda plastik va energetik ahamiyatga ega. Ularning 
plastik ahamiyati shundan iboratki, lipidlar hujayra tarkibiga kiradi va yangi 
hujayralarning hosil bo’lishi uchun zarurdir. Yog’larning energetik roli ham katta, 
ular parchalanganda oqsillar va karbonsuvlarga nisbatan ikki baravar ko’proq 
energiya ajratadi.
Karbonsuvlar organizmda asosan energiya manbai sifatida xizmat qiladi va bu 
vazifani bevosita qondagi glyukoza bajaradi. Ichakdan qonga o’tgan glyukoza 
jigarga boradi va undan glikogen sintezlanadi. Jigar glikogeni karbonsuvlar 
zahirasidir. Uning miqdori katta yoshdagi odamda 150-200g bo’lishi mumkin.
Ovqat tarkibida karbonsuvlar umuman bo’lmaganda glyukoza organizmda yog’lar 
va oqsillar parchalanish mahsulotlaridan hosil bo’ladi. Organlarning 
glyukozaga 
bo’lgan ehtiyoji bir xil emas: qondagi glyukozani 12% ni
miya, 9% ni ichaklar, 7 
% dan mushaklar va buyraklar olib qoladi . 
Suv barcha tirik organizmning asosiy tarkibiy va zaruriy qismi hisoblanadi. 
O`simliklar tarkibida 90 % gacha suv bor. Suv katta yoshdagi odamda tana 
og’irligining 60 % ni, yangi tug’ilgan bolada 75 % ni tashkil etadi. Suv hujayra, a`zo 
va to`qimalardagi modda almashinuvi muhitini tashkil kiladi. Organizmga suv 
uzluksiz kirib turishi hayotiy faoliyatlarning zarur sharoitlardan biridir. 
Suv katta yoshdagi odamda tana og’irligining 60 %, bolalarda esa bu ko`r-satgich 
70 % etadi. Bundan ko`rinadiki, bolalar organizmida moddalar almashi-nuvi, ya`ni
assimilyasiya jadal kichadi. Organizm bir kecha- kunduzga 2500 ml suv talab
qiladi. 
Organizmda Mendeleev davriy sistemasidagi barcha elementlar mavjud. Biroq ular 
organizmda qay darajada bo`lishiga qarab ikki guruhga bo`linadi: makro-elementlar 


119 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin