Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
va mikroelementlar. Makroelementlarga kal`siy, kaliy, natriy, magniy, marganes
fosfor va boshqalar kiradi. Bu mineral moddalar to’qima, hujayralarning
qo`zg’alishi va harakat potensialining hosil bo`lishi uchun kerak. Shuningdek 
muskullarning tonusini boshqarishda, qon ivishida va qon bosimini saqlashda
genetik axborotni saqlash va tashishda, me`da shirasidagi nordonlikni ta`minlashda 
ishtirok etadi. Mikroelementlar juda ham oz miqdorda bo`lishiga qaramay hayot 
uchun muhim bo`lgan jarayonlarni boshqaradigan fermentlarning tarkibida, gor-
monlarning, eritrositlarning tarkibida va turli organlarning tarkibida bo`ladi. 
Suv va mineral moddaning me`yoridan kam yoki ko`p bo`lishi organi-zmda 
turli –tuman kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. 
Suv almashinuvining boshqarilishida reseptorlar va gormonlar muhim rol 
o`ynaydi. Organizmda suvning hajmi o`zgarganda volyumoreseptorlar, bosimi 
o`zgarganda baroreseptorlar va suvning konsentrasiyasi o`zgarganda osmoreseptor-
lar ta`sirlanadi. Bu reseptordagi axborotlar gipotalamusdagi chanqash markaziga
borib asab sistemasini qo`zg’atadi. Natijada suv ichish yoki suvdan voz kechish 
reaksiyalari sodir bo`ladi. Bu reseptorlar nafaqat asab boshqarilishida balki, gumoral 
boshqarilishda ham qatnashadi.Suv almashinuvini gumaral boshqarilishida ADG, 
al’destron, tiroksin va boshqa gormonlar muhim rol o`ynaydi. 
Bolalarda suv almashinuvi katta yoshdagi odamdagiga nisbatan jadalroq kechadi. 
Jumladan, katta yoshdagi odam organizmida suv molekulalarining saqlanish davri 
15 kunga, emizikli bolalarda esa 3-5 kunga teng. Bola organizmi tezda suvsizlanishi 
yoki suvni organizmda to`plash xususiyatiga ega. Bolaning suvga bo`lgan ehtiyoji 
katta yoshdagi odamning ehtiyojidan ortiqroq. 
Ovqatlanish fiziologiyasi nuqtai nazaridan vitaminlarning suvda eriydi-
gan ( B guruhi vitaminlari, C va P) va yog’da eriydigan ( A, D, E va K)
vitaminlarga bo`linishi muhimdir. Suvda eriydigan vitaminlar o`simlik mah-
sulotlari (donli va dukkakli o`simliklar, sabzavot, meva va ko`katlar) tarkibida
ko`proq, hayvon mahsulotlarida kamroq bo`ladi. Yog’da eriydigan vitaminlar
manbai bo`lib yog’ga boy bo`lgan hayvon mahsulotlari (vitaminlar depo-
si ayniqsa jigar) xizmat qiladi. Bu qoidadan istisno shaklda nikotin kislota va
siankobalamin kabi suvda eriydigan vitaminlar hayvon mahsulotlari tarkibida 
uchraydi.Vitaminlarning organizmda zaxirasi yo`q, biroq jigarda vitamin B12 va 
A vitamini oz miqdorda to`planishi mumkin. Vitaminlarning ortiqchasi esa siydik 
bilan chiqariladi 
Me`da–ichak yo`lining normal faoliyatida organizmda bu vitaminlarning juda ham 
oz qismi, ichak mikroflorasi tomonidan sintez qilinadi: va qonga so`riladi. Bular: 
tiamin, riboflavin, vitamin K va nikotin kislotalardir. Biroq antibiotiklar va 
sul’fanilamid singari dori preparatlarni qabul qilganda ichak mikroflorasi susayib 
bu vitaminlarning sintezlanishi buziladi. Shuning uchun ham bunday hollarda 


120 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin