novateurpublication.org Buyraklar endokrin funksiyalari. Buyraklarda endokrin funksiyalarni
bajarishga ihtisoslashgan maxsus to’qima yo’q, ammo qator hujayralar
gormonlarning barcha xossalariga ega bo’lgan fiziologik faol moddalar sintezlash
va sekresiya qilish qobiliyatiga ega. Hozirgi kunda buyraklarning quyidagi
gormonlari aniqlangan:
1) kalsitriol – kalstiy almashinuvini boshqaruvchi uchinchi gormon;
2) renin – renin-angiotenzin-aldosteron tizimining boshlangich zvenosi;
3) eritropoetin.
Kalsitriol kalstiy almashinuvini boshqaruvchi boshqa ikki gormonlar-
trikalsitonin va paratireoidindan farq qilgan holda steroid tabiatlidir. Kalsitriol hosil
bo’lishi uch bosqichda kechadi. Terida ultrabinafsha nurlar ta’sirida provi-tamindan
D3 vitamini hosil bo’ladi. Jigarda unga gidroqsil guruhi qo’shiladi, vujudga kelgan
birikma qon orqali buyraklarga yetkaziladi. Buyraklarda faollashtirilib, kalsitriolga
aylantiriladi. Kalsitriol ishlanishini paratireoidin va gipokalsimiya-qonda kalstiy
miqdorining kamayishi kuchaytiradi. Bu gormon o’z faolligidan jigarda mahrum
bo’ladi.
Kalsitriol asosan ichaklarga, buyraklarga va suyak to’qimasiga ta’sir etadi. Bu
gormonning ichaklarga ta’siri kalstiy so’rilishini faollashtirishdan iborat. Kalsitriol
ichaklarda kalstiy so’rilishining uch bosqichini ham qo’zg’atadi; uning ta’sirida
ichak hujayralari yuza membranasi kalstiyni biriktirib oladi, hujayra ichida kalstiy
tashilishi tezlashadi va bazolaterial membrana orqali hujayradan tashqi muhitga
chiqarilishi jadallashadi. Ichak epitelial hujayralariga kalsitriol ta’sirining
mexanizmi hujayra yadrosi orqali kalstiyni biriktirib oluvchi va uni tashuvchi
oqsillar sintezini rag’batlantirishdan iborat. Kalsitriol ichakda fosfor so’rilishini ham
kuchaytiradi. Buyraklarda gormon kalsiy va fosfatlarning reabsorbsiyasini
kuchaytiradi. Kalsitriolning suyak to’qimasiga samarasi osteo-blastlarni bevosita
faollashtirish va ichaklarda so’rilgan kalstiyning suyaklarda yig’ilishini ta’minlash
bilan bog’liq, natijada suyaklar o’sishi faollashadi.
Ko’pchilik to’qimalar (sut bezlari,qator endokrin bezlar)hujayralarida kalsi-
triolga nisbatan sezuvchan maxsus resteptorlarning mavjudligi gormonning turli
hujayralarda kalstiy tashilishini faollashtirish qobiliyati borligidan va uning
samarasi kengligidan darak beradi. Kalsitriol yetishmovchiligida raxit kasalligi
rivojlanadi, bolalarda tog’aylarning suyakka aylanishi va ularda kalstiy yig’ilishi
keskin pasayadi, suyaklar yetarli darajada qattiq, mustahkam bo’lmaydi va
qiyshayadi. Qonda kalsiy miqdorini kamayishi esa nerv-muskul qo’zg’aluv-
chanligining buzilishiga va mushaklarning holsizlanishiga sabab bo’ladi.
Renin buyraklardagi yukstaglomerulyar hujayralarda hosil bo’ladi, bu hujay-
ralar buyrak koptokchasining keltiruvchi arteriolasini o’rab olgan. Yuksta-