50
novateurpublication.org
Odam va hayvon organizmi uchun karbonsuvlarning
biologik ahamiyati eng
avvalombor energetik funktsiyasidir. Energetik funktsiya, ayniqsa miya hujayra-lari
uchun katta ahamiyat kasb etadi. Glyukoza miya to`qimasining energetik bazasi
bo`lib hisoblanadi. U miyaning nafas olish, makroenergetik
birikmalarni va
mediatorlarning sintezi uchun zarur bo`lib, bir so`z bilan aytganda, asab tizi-mining
normal faoliyatini glyukozasiz tasavur etib bo`lmaydi.
Shuningdek, muskul
to`qimasi, ayniqsa muskul faoliyati davrida glyukoza muhim rol o`ynaydi.
Karbonsuvlar organizmda moddalarning energetik zaxirasi bo`lib,organizmni
energiyaga bo`lgan talabini tezda qondiradi.Odam va hayvon organizmida karbon-
suvlarning zaxirasi glikogendir. Shunindek to`qimalarning
karbonsuvlar bilan
oziqlanishini ta`minlash uchun organizmda karbonsuv miqdorini bir xil saqlashda
yordam beradi. Odam va hayvon organizmida karbonsuvlar almashinuvi to`rt
bosqichda amalga oshadi.
1.Karbonsuvlarning hazmlanishi.
2.Monosaxaridlarni qonga so`rilishi.
3. Karbonsuvlarning oraliq almashinuv.
4.Buyraklarda glyukozaning filtrlanishi va qayta so`rilishi.
Dostları ilə paylaş: