novateurpublication.org qilishi lozim. Umuman, 1 kg tana massasiga odam 1 g oqsil iste’mol qilishi kerak -
bu oqsilli optimum deyiladi. Odam stress (iztirob chekish) holatiga tushganda, og’ir
jismoniy ish bajarganda, sport bilan shug’ullanganda, oqsilga bo’lgan talab ortib
ketadi va odamning oqsilga bo’lgan ehtiyoji ortadi.
Yog’ va karbonsuvlarni etarli miqdorda iste`mol qilish organizmni azot
yo`qotishdan saqlab qola olmaydi, ammo karbonsuvlarga boy ovqatni iste`mol qilish
yo`qotilgan azot miqdorini 3- 3,5 martaga kamaytiradi. Oqsilsiz ovqat iste`mol
qilish azot yo`qotishga olib keladi. Surunkali oqsil tanqisligi, avvalo organizmni
yuqmli kasalliklarga qarshi chidam-liligini pasaytiradi, keyinchalik esa endokrin
bezlar faoliyati buziladi. Masalan, gipofizning oldingi bo`lagidan gormon
chiqarilishi va buyrak usti bezlaridan adrenalin ajralishi sekinlashadi. Surunkali
oqsil etishmasligi MAT faoliyatlarini shikastlaydi.
Oqsil parchalanishi organizmda uzluksiz sodir bo`lib turadi.Oqsil parcha-lanish
darajasi ovqatlanish xarakteriga bog’liq.Oqsil ochligi sharoitida oqsilning minimal
sarfi karbonsuvlar bilan ovqatlanganda kuzatiladi. Bunday sharoitda to’la ochlikka
nisbatan azot 3-3,5 baravar ozroq ajratiladi. Karbonsuvlar bunda oqsil-larni asrash
rolini bajaradi.
Ovqat tarkibida yetarli miqdorda karbonsuvlar, yog’lar, mineral tuzlar, suv,
vitaminlar bo’lsa va oqsillar bo’lmasa organizmdagi oqsil parchalanishi asosiy
hayotiy jarayonlar bilan bog’liq bo`lgan eng kam - minimal oqsil sarfini ifoda-
laydi.Organizmning tinch holatidagi eng kam oqsil yo’qotilishi tana og’irligining
har bir kg iga hisoblanadi va Rubner tomonidan yemirilish koeffitsienti deb atalgan.
Katta yoshdagi odam uchun bir kecha-kunduzda tana og’irligining 1 kg ga
yemirilish koefitsenti 0,028-0,075 g azotga teng.
Oqsil yetishmovchiligi ba`zan ovqatda oqsil me`yorida bo’lsa ham kuzatilishi
mumkin, bu hol organizmning oqsilga bo`lgan talabi oshganda bo`ladi va oqsil
ochligiga olib keladi.Oqsil ochligida hatto boshqa oziqa moddalari yetarli miqdorda
qabul qilinganda ham ozish kundan-kunga tezlashib boradi, chunki to`qima
oqsillarining sarfi (u yemirilish koeffitsientiga teng) ovqat bilan to’ldirilmaydi.
Shuning uchun uzoq davom etgan oqsil ochligi, to’la ochlikday, oqibatda o’limga
olib keladi. Oqsil ochligi ayniqsa yosh, o’sayotgan organizmda og’ir kechadi.
Ovqat bilan kiradigan oqsillar, organizm to’qimalari tarkibiga, parcha-lanmasdan
turib kira olmaydi. Ular, me’da-ichak traktida, avval o’zining turiga va to’qimasiga
mansub hosiyatini yo’qotadi hamda epiteliostitlarning hujayra membranasi orqali
o’tish qobiliyatiga ega bo’lgan aminokislotalar va oddiy peptidlar ko’rinishigacha
hazm bo’ladi.
Hayvon organizmiga begona oqsilni in’yekstiya yo’li bilan parenteral kiritish
qaltirash, tana haroratini ko’tarilishi, funkstiyalarni bostirilishi ko’rinishidagi
organizmning kuchli reakstiyasini chaqiradi. Oqsil antigen bo’lganligi tufayli