Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
tashiladi. Qushlarda, lipidlar butunligicha portal tizim orqali jigarga tashiladi, keyin 
esa umumiy sirkulyatsiyaga kelib qo’shiladi. 
Qonda xilomikronlar va lipoproteidlar lipoproteidlipaza ta’sirida ancha mayda 
majmualarga qisman parchalanadi va ular yetarli filtirlanmagan yog’ kislotalar va
boshqa lipidli komponentlar bilan birga qon orqali o’pkaga, jigarga va periferik 
to’qimalarga kelib tushadi.
O’pka to’qimalarida xilomikronlar va lipoproteidlarning bir qismi ushlab qolinadi, 
bu esa arterial qonda ortiqcha yog’ bo’lishini oldini oladi. Yog’larning bir qismi 
o’pkada parchalanadi va erkin holatga o’tgan yog’ kislotalar va oksidlanib energiya 
ajraladi. Energetik jihatdan yog’ kislotalarning oksidlanishi, aminokis-lotalar va 
monosaxaridlarning oksidlanishidan ikki marta samaraliroqdir.
Gepatostitlarda yog’ kislotalarning bir qismini parchalanishi, organizm uchun xos 
bo’lgan triglitseridlar, fosfolipidlar, xolesterin, keton tanalar sintezi va ularni 
qaytadan qonga kelib tushishi sodir bo’ladi. Yog’larning bir qismi zahirada 
to’planishi mumkin. Yog’ to’qimalarining adipostitlarida glyukozadan yog’ 
kislotalarining sintezi (bu yo’l barcha to’qimalar uchun o’xshashdir), trig-
litseridlarning hosil bo’lishi va ularning deponirlanishi sodir bo’ladi. To’pla-
nayotgan yog’ kislotalarning hammasi ham adipostitlarda sintezlanmaydi, ularning 
bir qismi qon plazmasidagi lipoproteidlar va xilomikronlardan lipoproteidlipaza 
yordamida ajratib olinadi. 
Energiyaning manbai uglevodlar bo’lgan taqdirda ham (donli rastionlar), 
organizmda yog’ to’planishi sodir bo’ladi, ya’ni zahira yog’larning monoglitserid-
lari absorbstiyalangan glitseridlardan (yog’ kislotalari) va organizm to’qimalarida 
glyukoza yoki astetatdan sintezlangan yog’ kislotalari va glitserindan iborat bo’lishi 
ham mumkin. Qushlarda cho’chqalar va kavsh qaytaruvchi hayvonlardan farqli 
ravishda, yog’ kislotalarining sintezi yog’ to’qimasida emas, balki asosan jigarda 
sodir bo’ladi. 
Bir xil sut emizuvchi hayvonlarda, tanasining oldingi qismida qo’ng’ir yog’ 
to’qimalari mavjud, ularning hujayralarida mitoxondriyalar va sitoxrom ko’p 
miqdorda bo’lib, kislorodni jadal iste’mol qiladi va issiqlikni tez ajratadi. Bu yog’ 
qishda uyquga ketadigan hayvonlarda (ularning uyg’onishida) va yangi tug’ilgan 
hayvonlarda haroratni boshqarishda muhim rol o’ynaydi. 
Yog'lar gletserin bilan molekulyar organik yog' kislotalarining birikmalari- 
dir. Hujayradagi yog' miqdori odatda ko'p bo'lmaydi. Quruq modda massasining 5-
15 % yog' tashkil qiladi. Ammo ayrim hujayralarda yog' miqdori 90 % gacha 
bo'ladi. Yog' suvda erimaydi, ya'ni gidrofob bo'ladi. Hujayrada yog'dan tashqari 
gidrofob xususiyatga ega bo'lgan lipidlar ham bor. Ba'zi lipidlar kimyoviy struk-
turasi jihatdan yog'larga o'xshaydi 


66 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin