Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
sekinlashuviga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, yuqumli kasalliklaga, tashqi 
muhitning noqulay tasirlariga – odamning sovuqqa chidamliligi, aqliy va jismoniy 
ish bajarish qoboliyati pasaishiga olib keladi. Aksincha yog’larni normadan ortiqcha 
iste’mol qilish odam semirishiga sabab bo’ladi. Ortiqcha yog’ teri ostida, charvida, 
yurak, buyrak atrofida to’planadi. Semirish odam ish faoliyatini pasaytiradi, 
sog’lig’ni zaiflashtiradi 
Yog’lar va lipoidlar (yog’simon moddalar-fosfatidlar, sterinlar v.b.) orga-nizmda 
plastik va energetik ahamiyatga ega.Ularning plastik ahamiyati shundan iboratki
lipidlar hujayra tarkibiga kiradi va yangidan hujayralar hosil bulishi uchun zarurdir. 
Lipidlar hujayra membranasi tarkibiga kirib, membrana xususiyatlarini ko’p 
jihatdan aniqlab turadi.Yog’larning energetik roli ham katta, ular parchalanganda 
oqsillar va karbonsuvlarga nisbatan ikki baravar ko’proq energiya ajratadi. 
Hayvonlar organizmining yog’lari olein, palmetin, stearin va ba`zi boshqa yuksak 
yog’ kislotalari triglitseridlaridir. Organizmdagi yog’ning ko’pchilik qismi yog’ 
to’qimasida, ozroq qismi esa hujayra tuzilmalarining tarkibida ham bo’ladi. Odam 
organizmidagi yog’larning umumiy miqdori keng diapazonda o’zgarib turadi, o’rta 
hisobda gavda massasining 10-20 % ni yog’ tashkil qiladi, patologik semirishda bu 
ko’rsatgich 50 % gacha etishi mumkin.
Ovqat bilan iste’mol qilingan yog’ ingichka ichakda parchalanib, yog’ kislotalari va 
glitseringa aylanadi. Ichakning epitelial hujayralarida so’rilgan yog’ kislotalari va 
glitserindan qaytadan neytral yog’ sintezlanadi. Uning zarrachalari fosfolipid va 
oqsil hamda xolesterindan tuzilgan juda yupqa qobiq bilan qoplanib, xilomikronlar 
shaklida limfa orqali qonga tushadi. Qondagi yog’ to’qimalarga kelganda asosan 
energiya manbai sifatida sarflanadi.
Neytral yog’lar bir-biridan tarkibidagi yog’ kislotalari bilan farq qiladi. Asosan 
to’yingan yog’ kislotalardan iborat bo’lgan hayvon yog’larining (tri-
glitseridlarning) erish harorati nisbatan yuqoriligi sababli, ular xona haroratida qattiq 
holatda bo’ladi. To’yinmagan yog’ kislotalardan iborat bo’lgan o’simlik 
moylarining erish harorati pastligi uchun, ular xona haroratida suyuq holatda 
bo’ladi. Bu kislotalar, masalan linol, linolen va araxidon kislotalar almashtirib 
bo’lmaydigan ovqat omillariga kiradi. Shu sababli, ularni tayyor holda iste’mol
qilish kerak. Bu yog’larni vitamin g’ ham deb aytiladi. Vitamin A, E, D va K lar 
yog’larda eriydi. Yog’lar bu vitaminlarning o’zlashtirilishini osonlashtiradi. 
Yog’lar bilan birga biologik qiymati yuqori bo’lgan bir qator moddalar, masalan, 
fosfatidlar, to’yinmagan yog’ kislotalari, sterinlar, tokoferollar va boshqalar 
organizmga tushadi. Bu moddalarning fiziologik ahamiyati nihoyatda katta bo’lib, 
ular hujayra tuzilmalari tarkibiga, jumladan hujayra va organella membranalari va 
protoplazma tarkibiga kiradi. Asab to’qimasi, ayniqsa fosfatidlar-ga juda boy. 
Sterinlarning, xususan xoleste-rinning fiziologik ahamiyati g’oyatda katta. Buyrak 


69 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin