novateurpublication.org mobaynida) yog’siz ovqat eyish natijasida og’ir patologik o’zgarishlarning kelib
chiqish sababi ham shudir.
Yog’ga boy masalliqlarda odatda ozgina fosfatidlar va sterinlar bo`ladi. Bu
moddalarning fiziologik ahamiyati juda katta. Ular hujayra strukturalari tarki-
biga, jumladan hujayra membranasi, yadrosi va sitoplazmasi tarkibiga kiradi.
Fosfatidlarga ayniqsa asab to`qimasi boy. Fosfatidlar ichak devorida va jigarda
sintezlanadi. Jigar ba`zi fosfatidlar (letsitin) deposi hisoblanadi, ayniqsa yog’li ovqat
iste`mol qilingach jigarda fosfatidlar ko’payadi.
Sterinlar xususan xolesterinning fiziologik ahamiyati g’oyat muhim. U hujayra
membranasi tarkibiga kiradi, o’t kislotalari, buyrak usti bezi po’stloq qavati va jinsiy
bezlar gormonlari hosil bo’lishida manba bo`lib xizmat qiladi. Xolesterin qator
kasalliklar kelib chiqishi va rivojlanishida, xususan, atero-sklerozda muhim o’ringa
ega. Ovqatdagi ba`zi bir sterinlar, masalan, D vitaminining fiziologik faolligi katta.
Yog’ hosil bo’lishi, yig’ilishi va sarflanishini asab va endokrin tizimlar boshqaradi.
Bu jarayonlar karbonsuvlar almashinuvi bilan uzviy bog’langan. Chunonchi qonda
glyukoza kontsentratsiyasi oshganda, triglitseridlar parchalanishi pasayib ularning
sintezi faollashadi.Qonda glyukoza kamayganda teskari, triglitseridlar sintezi
tomozlanib, ularning parchalanishi kuchayadi. Shunday qilib, yog’lar va
karbonsuvlar almashinuvining o’zaro bog’liqligi organizm energetik ehtiejlarini
qondirishga qaratilgan.
Yog’lar almashinuvining boshqarilishini mohiyati - organizmda yog’larning
mobilizastiyasi va zahiraga to’planishi jarayonlari o’rtasida muvozanatni ushlab
turishdan iborat. Gipotalamik ovqat markazining boshqaruv ta’siri simpatoadrenal
va gipotalamo-gipofizar tizim orqali yog’ depolarining adipostitlariga ta’sir qilish
yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Adrenalin va noradrenalin yog’ parchalanishi va sarfini keskin kuchaytiradi, yog’
depolari kichrayadi. Gipofizning somatotrop gormoni va qalqonsimon bez gormoni
tiroksin ham yog’ parchalanishini kuchaytiradi. Shu sababli qalqonsimon bez
giperfunktsiyasida odam keskin ozadi. Buyrak usti bezi po’stloq qavati gormonlari
glyukokortikoidlar va me`da osti bezi gormoni insulin yog’ parcha-lanishini
tormozlaydi. Qonda glyukoza miqdorining ko’payishi uglevodlarni yog’ga
aylanishini faollashtiradigan va yog’larning parchalanishini tormozlovchi insulin
ajralishini stimullaydi. Insulin yog’ hujayralarining yuzasida resteptorlar tomonidan
bog’-lanadi va bu yerda adrenalinning samarasini olib tashlaydi va lipazaning
faolligini pasaytiradi.
Yog’lar almashinuviga insulin ta`sirining samarasi :
1) glyukozadan erkin yog’ kislotalari sintezlanishini tezlashtirish,
2) triglitseridlar sintezini jadallashtirish,
3) yog’ parchalanishini sekinlashtirish,