Suv almashinuvi va uning boshqarilishi.
Dastlabki organizmlar dunyo okeanlarida rivojlangan. Suv bu organizmlar
uchun ichki muhit bo`lib hisoblangan. Organizmlar suvdagi oziq-moddalarni olib,
moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`lgan parchalanish mahsulotlarini suvga
chiqarib yuborgan. Ko`p hujayrali organizmlarni paydo bo`lishi bilan organizm
hujayralari tashqi muhit bilan bevosita bog’langan aloqalarini uzgan. Biroq suv ya`ni
suyuqlik bilan aloqalari esa murakkablashib borgan. Shuning uchun ham suv har
tomonlama ahamiyatli bo`lib hisoblanadi va organlarning tarkibiga kirib, uning
asosiy suyuq muhitini tashkil etadi.
72
novateurpublication.org
Suv-
vodorod va kisloroddan tarkib topgan kimyoviy birikma. Suv ko`pgina
moddalarni o`ziga eritadi, shu sababli tabiatda kimyoviy jihatdan toza suv
yo`q. Qariyb 500 mln. kishi chuchuk suv tanqisligi yoki sifatsiz suvdan kelib
chiqadigan kasaliklar bilan og’riydi. Butun suv resurslarning katta qismini
ishlatishga yaroqsiz bo`lgan dengiz va okeanlarning sho`r suvi (1,4 mlrd km)
2 % inigina chuchuk suv tashkil etiladi, xolos. Shunday shaharlar, aholi zonalari
borki, ularga suv kemalar temir yo`l sisternalari va avtomashinalarda keltiriladi.
Suvning qattiqligi undagi kal`siy, magniy va temirning sul’fatli va karbonatli
tuzlarni miqdoriga bog’liq. Bunday tuzlar kam miqdorda bo`lsa, suv yumshoq, ko`p
miqdorda bo`lsa qattiq hisoblanadi. Qattiq suvda sabzavot va go`sht yaxshi
pishmaydi, chunki kal’siy tuz oziq maxsulotlaridagi oqsil bilan erimaydigan
birikmalar hosil qiladi.
Bunday maxsulotlarni organizm yaxshi singdira olmaydi. Qattiq suvda choy
yaxshi chiqmaydi, ta’mi ham bir oz buziladi. O`ta qattiq suv yuvinishga ham qo`l
kelmaydi, kir yuvganda sovun ko`p sarf bo`ladi. Qattiq suvni ichish va xo`jalik
maqsadlarida ishlatish uchun maxsus ishlanadi (yumshatiladi). Suv tarkibida temir
ko`p bo`lsa, uning rangi o`zgaradi (zang tuzli suv). Temir hidi keladi, qaynatilsa,
idish tubida qizil-qo`ng’ir rangli quyqum hosil bo`ladi.
Ichimlik suvga infeksion kassalliklar (vabo, ich terlama, dizenteriya va b.) ni
qo`zg’atadigan bakteriyalar bo`lishi, atrofga tarqalishi mumkin. Ichak infeksiyasi
bakteriyalari suvda uzoq vaqt tirik saqlanadi. Masalan, ich terlama tayoqchasi
daryo suvida 183 kun, dizenteriya tayoqchasi 92 kungacha saqlanishi mumkin.
Ichimlik suv kal`siy, magniy va boshqa mikroelementlarning manbasi. Ularning
o`zlashtirishlari va biologik qiymati ovqat hazm qilgandan keyin so`rilganlarga
qaraganda balandroq bo`lishi mumkin. Agar suvdagi kal’siyning 90 % so`rilsa,
ovqat bilan tushganda esa faqat 30% so`riladi.Tirik organizmlarda suvning bir qismi,
to`qimalar bilan o`zaro ta`sir qilinganda o`zining strukturasini tartibga soladi.
Odam strukturalashgan suvni toza o`simlik, hayvonot mahsulotlaridan va yangi
erigan suvlardan oladi. Bunday suv oddiy suvga qaraganda yuqori biologik faollikga
ega. Hayvonlarda o`tkazilgan tajribalarda bunaqa suvning gepatositlarning
mikrosoma va mitoxondriyalariga ta`siri, ichaklarga karbon-suvlarning so`rilishini
to`xtatadigan, adaptogen ta`sir ko`rsatishi aniqlangan.
Suv barcha tirik organizmning asosiy tarkibiy va zaruriy qismi hisoblanadi.
O`simliklar tarkibida 90 % gacha suv bor. Suv katta yoshdagi odamda tana
og’irligining 60 % ni, yangi tug’ilgan bolada 75 % ni tashkil etadi. Suv hujayra, a`zo
va to`qimalardagi modda almashinuvi muhitini tashkil kiladi. Organizmga uzluksiz
suv kirib turishi hayotiy faoliyatlar uchun zarur sharoitlardan biridir.
Organizmdagi suvning asosiy qismi (71% ga yaqin) hujayralar protoplaz-masi
tarkibiga kiradi va hujayra ichidagi suv deyiladi. Hujayradan tashqaridagi suv
|