Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
plazmasi va hujayralar osmotik xossalarini saqlashda muhim rol o’ynaydi. Temir va 
mis kislorod tashishda va hujayra ichidagi oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi. 
K a l ‘ s i y
-asab tizimi qo`zg’aluvchanligi va mushak qisqarishini me`yorida 
bo`lishi uchun zarur, u qon ivituvchi tizimning muhim tarkibiy qismidir. Odam
organizmida odatda 1200g ga yaqin kal’siy bor, uning 99 % suyaklarda yig’ilgan.
Shunday qilib, suyak to`qimasi kal’siyning asosiy deposidir. Suyak to`qimasida 
kal’siyning eng ko`p qismi mustaxkam bog’langandir, ammo uning muayyan qismi 
bu to`qima va qon orasida erkin almashinuvi mumkin. Suyaklarda kal’siy muntazam 
yangilanib turadi, ya`ni u yig’iladi va erkin ko`rinishda ajratiladi yoki yuvib 
chiqariladi. Yil davomida kal’siyning yangilanishi bolalarda 100% ni, katta 
yoshdagi organizmda 16 dan 20 % gachani tashkil etadi. 
Qonda kal’siy ikki ko`rinishda: plazma oqsillari (aksariyat al’-buminlar ) bilan 
birikkan holda va erkin kal’siy ionlari sifatida uchraydi. Birikkan kal’siy yarim 
o`tkazgich membranalardan o`tish qobiliyatiga ega emas, membrana orqali faqat 
kal’siy ionlari o`tadi. Organizm kal’siyni asosan sut va sut maxsulotlari tarkibida 
qabul qiladi, 500 ml sigir suti odamning kal’siyga bo`lgan bir kecha-kunduzgi 
talabini to`la qondiradi. Odamda kal’siyning qondagi umumiy miqdori 10 mg \ 100 
ml. Diffuziyalanishga qobiliyatli erkin kal’siy ionlari fiziologik faoldirlar. Aynan 
shular qon ivishida, asablar va mushaklar qo`zg’alishida hamda hujayralar hayotiy 
jarayonlarida ishtirok etadi (2-rasm).
2- rasm. Kal’siyning asosiy manbai.
 
Organizmdagi tizimlarning normal faoliyati uchun bizga bir qator vitaminlar 
va foydali elementlar zarurligiga shubhamiz yo`q. Ammo ko`p holatlarda biz
ushbu dalilga unchalik ahamiyat bermaymiz va barcha zarur moddalarni oziq-
ovqat maxsulotlaridan olish mumkin deb hisoblaymiz. Zamonaviy shaharlar 
ekologiyasi, irsiy moyillik va boshqa omillarni e`tiborga olmagan holda, aksariyat 


80 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin