novateurpublication.org usti bezining po’stloq qavati gormonlari, jinsiy gormonlar va o’t kislotalari
xolesterindan hosil bo’ladi. Vitamin R ham sterinlarga kiradi.
Yog’lar tarkibida va yog’li masalliqlarda almashtirib bo’lmaydigan omillarning
borligi sababli, ovqatda yog’ yetarli bo’lmasa:
1) jigarda, buyraklarda va miyada degenerativ o’zgarishlar ro’y beradi;
2) MAT faoliyati buziladi;
3) immunitet pasayadi;
4) odam va hayvonlarning umri qisqaradi.
Hujayradagi yog’ tomchilari - zaxira yog’ bo`lib, energiya manbai sifatida
foydalaniladi. Eng ko’p yog’ zaxirasi yog’ to`qimasida bo`lib, u teri ostida va ba`zi
ichki a`zolar atrofida (masalan, buyrak) juda ko’p. Shuningdek yog’ ba`zi a`zolar,
masalan jigar va mushaklarda ham yig’iladi.Odam organizmida yog’larning
umumiy miqdori uzgaruvchan,ular tana og’irlining urtacha 10-20% tashqil
etadi,patologik semirganda esa 50% ga etadi.Yog’ zaxirasi miqdori ovqatlanish
xarakteri, ovqat miqdori, konstitutsional xususiyatlar,mushak faoliyatida energiya
sarfi kattaligi,jins,ishi v.b. ga bog’liq. Protoplazmadagi yog’ miqdori esa doimiydir.
Ichakdan so’rilgan yog’ limfa orqali bevosita yog’ to`qimasiga etkazib
beriladi.Yog’ deposi vazifasini bajaruvchi yog’ to`qimasidan yog’ qonga o`tib, qon
bilan to`qimalarga etkaziladi va ularda oksidlanadi, ya`ni energiya manbai sifatida
foydalaniladi. Yog’lar almashinuvida jigar katta ahamiyatga ega. Bularni hayvonga
tarkibida uglerod va vodorod izotoplari bo`lgan nishonlangan yog’ berish orqali
aniqlaganlar.Turli hayvonlar yog’i va hatto turli a`zolar yog’i o’z kimyoviy tarkibi
va fizik-kimyoviy xossalari bo’yicha farq qiladi. Ma`lum turdagi hayvon yog’ining
tuzilishi va xossalari nisbatan doimiydir, ammo yog’larning turga xosligi,
oqsillarning turga xosligiday yuksak darajada emas.
Uzoq vaqt mobaynida yog’ning muayyan bir turi ko’plab iste`mol qilinsa,
organizmda to’planadigan yog’ tarkibi o’zgarib, mazkur yog’ga o`xshab qoladi. Bu
hol itlarda o`tkazilgan tajribalarda isbotlangan. Ovqatdagi yog’ odam yog’ining
xossalariga ta`sir etishi ham aniqlangan. Kokos moyini ko’proq iste`mol qiladigan
polineziyaliklarda teri osti kletchatkasidagi yog’ kokos moy xossa-lariga yaqin,
tyulen go’shtini iste`mol qiladigan kishilarda esa organizmdagi yog’ tyulen
yog’ining xossalariga yaqin bo`ladi.
Ovqatga yog’ qo`shmasdan, karbonsuvlar ko`p iste`mol qilinganda orga-nizmda
yog’lar karbonsuvlardan sintezlanishi mumkin. Ba`zi to’yinmagan yog’ kislotalari,
masalan, linol, linolen va araxidon kislotalari odam va ba`zi hayvonlarda boshqa
yog’ kislotalaridan hosil bo’lmaydi, ya`ni ular almashtirib bo’lmaydigandirlar. Shu
bilan birga ular hayotiy faoliyatning me`yorida borishi uchun zarur. Yog’da
eriydigan ba`zi vitaminlar organizmga yog’ bilan kiradi. Uzoq vaqt (ko’p oylar