Valin –
bosh miya bo`limlarining faoliyati (ayniqsa, koordinatsiya) uchun zarur.
Asosiy manbalari: tvorog, go`sht, baliq, tuxum va sut.
Fenilalanin –
Buyrak usti va qalqonsimon bez faoliyatiga ta`sir etadi. Tirozin va
adrenalin sintezida ishtirok etadi. Asosiy manbalari: tvorog, go`sht, baliq, tuxum va
sut. Qolgan 10 tasi almashtirish mumkin bo’gan aminokislotalardir.
Oqsillar yoki proteinlar organik elementlar orasida yetakchi o’rin egallaydi, ular
hujayra quruq og’irlining 50 % tashkil etadi. Oqsillar ko’pgina muhim bio-logik
funktsiyalarni bajaradi.Ular fermentlar, antitelolar, gemoglobin, mioglobin,
ko’pgina gormonlar asosini tashkil etadi. Demak, oqsillar nafas, hazm, ayiruv,
himoya, boshqarilish jarayonlarida faol ishtirok etadi.Organizmning barcha hara-
katlarini qisqaruvchan oqsillar aktin va miozin hamkorligi ta`minlaydi.
Tashqi muhitdan ovqat bilan qabul qilinadigan oqsil plastik va energetik
maqsadlarga sarflanadi. 1g oqsil oksidlanganda o’rtacha 16,7 kDj (4,1 kkal) ener-
giya ajraladi.To`qimalarda muntazam ravishda oqsil parchalanish jarayonlari,
60
novateurpublication.org
undan keyingi organizm foydalanmaydigan mahsulotlarning tashqi muhitga chi-
qarilishi va shu bilan birga oqsil sintezi sodir bo`lib turadi.
Shunday qilib, organizm oqsillari statik holatda bo’lmasdan, uzluksiz parcha-lanib
va hosil bo`lib, ya`ni muntazam yangilanib turadi. Oqsillarning yangilanish tezligi
turli to`qimalarda bir xil emas. Jigar, ichak shillik pardasi, boshqa ichki a`zolar va
plazma oqsillari eng katta tezlik bilan yangilanadi. Miya, yurak, jinsiy bezlar
hujayralari tarkibidagi oqsillar sekinroq, mushak, teri va ayniqsa tayanch
to`qimalarining (paylar, suyaklar va togaylar) oqsillari yana ham sekinroq
yangilanadi.
Organizmda oqsillar normal almashinuvi va sintezlanishi uchun ovqat bilan har xil
aminokislotalar kirib turishi zarur. Organizmga kiruvchi aminokislotalar miqdori
nisbatini o’zgartirib yoki ovqatdan biror aminokislotani chiqarib tashlab, azot
balansining holatiga, hayvonlarning bo’yi, vazni va umumiy axvoliga qarab, ayrim
aminokislotalarning organizm uchun ahamiyatini aniqlash mumkin.
Eksperimentlarda aniqlanishicha, ma`lum 20 aminokislotadan organizmda 12 tasi
sintezlanishi mumkin (almashtirib bo`ladigan aminokislotalar), 8 tasi sintez-
lanmaydi (almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar).
Almashtirsa bo’ladigan va almashtirib bo’lmaydigan deb nomlanishi, ushbu
aminokislotalarni ozuqa rastioniga qo’shish zaruratini ko’rsatadi xolos, organizm
uchun ularning ahamiyati to’g’risidagi ma’noni bermaydi. O’sayotgan kalamush-
lar, buzoqlar va cho’chqa bolalari uchun almashtirsa bo’ladigan aminokislotalar -
alanin, asparagin kislota, glutamin kislota, glistin, prolin, gidroksiprolin, serin,
tirozin, sistein va sistin hisoblansa, almashtirib bo’lmaydiganlari - arginin, gistidin,
izoleystin, leystin, lizin, metionin, fenilalanin, treonin, triptofan va valin
hisoblanadi.
Almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalardan birortasi bo’lmasa oqsil sintezi
keskin buziladi,azot balansi manfiy bo`ladi, o’sish to’xtaydi, tana og’irligi
kamayadi. Oqsillarning aminokislotalar tarkibi har xil bo`lgani sababli
organizmning sintetik ehtiyojlari uchun ulardan foydalanish imkoniyati ham har
xil. Shu munosabat bilan ovqat oqsillarining biologik qiymati degan tushuncha joriy
qilingan. Tarkibida normal sintez jarayoni uchun zarur hamma amino-kislotlar
kerakli nisbatda mavjud bo`lgan oqsillar biologik to’la qimmatli oqsil hisoblanadi.
Birorta aminokislotasi yo’q yoki juda kam bo`lgan oqsil chala qimmatli oqsil
hisoblanadi. Masalan, jelatinada triptofan va tirozin yo’q, makkajo’xori oqsilida
triptofan va lizin juda kam, bugdoy oqsilida va arpa oqsilida lizin kam v.x. Go’sht,
tuxum, baliq, ikra, sut oqsillari yuksak biologik qimmatlidir. Shu sababli odam
ovqati nafaqat yetarli miqdorda oqsilga ega bo’lishi kerak, balki uning tarkibi
yuksak biologik bo’lishi, ya`ni hayvon oqsili 30 % dan kam bo’lmasligi kerak.
Ikkita chala qimmatli oqsildan birida bir xil aminokislota, ikkinchisida boshqa xil
|