56
novateurpublication.org
aktin va miozin oqsillarining o`zaro aloqasi natijasidir.Tirik organizmlar uchun xos
bo'lgan turli-tuman va juda ko'p funksiyalarni oqsillar bajaradi, biz ularning ba'zilari
bilan tanishamiz.Shved kimyog'ari I.Ya.Berselius 1938-yilda azot saqlovchi organik
birikmalarni o'simlik va hayvon to'qimalaridan
ajratib olib, uni proteinlar deb
nomlagan (grekcha protos - birlamchi, muhim demakdir).
Hozirgi tibbiyot adabiyotlarida azot saqlovchi yuqori
molekulali birikmalarni
oqsillar deyiladi. Oqsil termini - tuxum oqsilini qizdirilganda oq rang hosil bo'lishiga
asoslangan. Oqsillar har qanday tirik organizm to'qimasining asosiy qismi
hisoblanib, to'qimada bo'ladigan turli jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Oqsillar
tirik organizmlar ham strukturasi, ham funksiyasining asosini tashkil etadi.
Molekulyar biologiya asoschilaridan bo'lgan F.Krikning ta'biri bo'yicha,
oqsillar
juda muhim moddalar boiib, turli funksiyalarni juda yengil va nozik bajarishlari
mumkin. Tabiatda taxminan 1010-1012 turli oqsillar bo'lib, 106
turli tirik
organizmlar, viruslardan boshlab odamgacha, faoliyatini ta'minlab beradi. Bugungi
kunda, ko'p sondagi tabiiy oqsillardan juda kam qismining tuzilishi va strukturasi
aniqdir. Har bir organizm o'ziga xos oqsillar to'plami bilan xarak-terlanadi.
Fenotipik belgilar va funksiyalarning turli-tumanligi bu oqsillarning spetsifikligi,
ko'pchilik holda multimolekulyar strakturaga ega bo'lishi bilan belgilanadi.
E.coli hujayrasida 3000 ga yaqin, odam organizmida esa 100000 dan ortiq turli xil
oqsillar mavjuddir. Barcha tabiiy oqsillar ko'p bo'lmagan oddiy struktur bloklardan
tashkil topgan bo'lib, monomer molekulalar aminokislotalardan iboratdir.Ma`lumki,
oqsillar aminokislotalardan tuzilgan bo`lib, ular strukturaviy oqsillar,
enzimlar,
oqsilli va peptid tabiatga ega gormonlar va boshqalar fiziologik faol moddalarning
sintezlanishi uchun manba, shu bilan birga energiya manbai ham hisoblanadi. Bir
kecha-kunduzda odam organizmida 400 gramm oqsillar parchalanadi va
sintezlanadi.
Oqsilning parchalanishi natijasida hosil bo`ladigan erkin aminokislota-larning
taxminan uchdan ikki qismi yangi oqsillarning sintezi uchun ishlatiladi, lekin uchdan
bir qismi energetik zanjirda qaytmas holda oksidlanadi va ular ovqatning ekzogen
aminokislotalari bilan to`ldirilishi zarur.
Hayvonlarning har bir turi aynan o`zining turiga xos bo`lgan oqsillarga ega. Lekin
oqsilli strukturalarning bunday ko`p shaklga ega bo`lishidan qat`iy nazar, ular-ning
strukturasi bor yo`g’i 20 ta aminokislotalar kombinatsiyasidan iborat.
Oqsillar, ya’ni proteinlar odam organizmining sog’lom bo’lishi, normal o’sishi va
rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Shuni
olohida qayd qilish kerakki, bolalar
organizmining o’sishi va rivollanishi uchun ularning ovqat tarkibidagi oqsillarning
80-90 % i sifatli (go’sht, baliq, tuxum, sut) bo’lishi kerak. Kattalar ovqati tarkibdagi
oqsillarning 50 % i sifatli va 50 % i sifatsiz bo’lishi mumkin. Katta odam kundalik
ovqatining tarkibida 80-120g oqsil bo’lishi kerak. Ular organizmda ikki xil asosiy