novateurpublication.org Mushak qisqara borishi bilan fosforilaza fermenti faollashib, energiya
manbalaridan biri bo`lgan glikogenni parchalaydi. Oqib kelayotgan qondan glyu-
kozani olib qolish hamma a`zolarda ham bir xil emas: miya 12 % glyukozani, ichak
9 %, mushaklar 7 %, buyraklar 7 % olib qoladi (E.S.London).
Glyukoza organizmda kislorodsiz sharoitda (anaerob glikoliz) sut kislo-tasigacha,
oksidlanish orqali esa CO
2
va H
2
O gacha parchalanadi. Karbonsuvlar almashinuvi
boshqarilishining asosiy ko’rsatkichi qonda glyukoza miqdorining 80-120 mg %
chegarasida saqlanilishidir. Qonda glyukoza miqdorining o’zgari-shidan jigar,
tomirlar va gipotalamus ventromedial yadrolari hujayralaridagi glyu-koretseptorlar
ta`sirlanadi.Karbonsuvlar
almashinuvining
boshqarilishida
markaziy
asab
tizimining bir qancha bo’limlari ishtirok etishi aniqlangan.
1849 yilda Klod Bernar IV qorincha tubiga igna suqilganda qonda glyukoza
ko’payishini aniqladi. Gipotalamus ta`sirlanganda ham giperglikemiya kuzatiladi.
Talabalarda imtihon vaqtida, sportchilarda musobaqa oldidan rivojlanadigan
giperklikemiya bosh miya po’stlog’ining qonda glyukoza miqdorini boshqa-rishdagi
rolini ko’rsatadi.
Karbonsuvlar almashinuvi va umuman almashinuvni boshqaruvchi marka-ziy
zveno gipotalamusdir. Bu erdan boshqaruvchi ta`sirotlar vegetativ asablar or-qali
va gumoral yo’l bilan amalga oshiriladi. Me`da osti bezi orolchalaridagi beta -
hujayralar ishlab chiqaradigan insulin gormoni karbonsuvlar almashinuvini bosh-
qarishda faol ishtirok etadi.
Insulin ta`siri ostida jigar va mushaklarda glikogen sintezi hamda to`qi-
malarda glyukoza iste`moli kuchayib, qonda glyukoza kamayadi. Organizmdagi
gormonlardan faqatgina insulin shunday xususiyatga ega(2-rasm).Shunday qilib,
insulinning karbonsuvlar almashinuviga ta`siri quyidagilarda namoyon bo’ladi:
1) Muskul va yog’ to’qimasidagi hujayra membranasining glyukozaga nis-
batan o’tkazuvchanligi oshadi;
2) hujayralarda glyukoza parchalanishini tezlashtiradi;
3) fosforlantirilish jarayonlarini jadallashtiradi;
4) glikogen sintezini kuchaytiradi, parchalanishni esa to‘xtatadi;
5) glikoneogenezni sekinlashtiradi;
6) glikoliz jarayonlarini faollashtiradi;
7) gipoglikemiya.