Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
singa, pellagra va raxit kasalliklarini kiritadi. Mana shu tarzda birinchi vitamin B
1
(tiamin) ixtiro qilinadi.
Shu tariqa vitaminlar asosiy oziq-ovqat mahsulotlari (oqsil, yog’, uglevodlar va 
mineral tuzlar) orasida eng hayotiy dalilor sifatida o`rin oladi Bu masala bilan 
shifokor va fiziologlar, veterenarlar, ximiklar, bioximiklar, qola versa botaniklar
seleksionerlar ham qiziqa boshlaydi. 
Xullas, astranomiya fanidan bo`lak barcha tabiiy fanlar ma`lum darajada 
vitaminologiya muammosining ayrim masalalari bilan shug’ullanadi.Chunki 
vitaminlarning organizmda kechadigan bioximik jarayonlardagi roli, avitaminoz 
kasalligining oldini olish va davolashdagi ahamiyati, ularni boshqa kasalliklarda 
ishlatish masalalari vitaminlarning kimyoviy tarkiblarini aniqlash, ajratib olish
tozalash, yangidan-yangi vitaminlarni ixtiro qilish, vitaminlarga boy tabiiy o`simlik 
xom ashyolarni aniqlash kabi muhim masalalar kun tarkibida turadi. 
Vitaminlar turli kimyoviy tabiatli organik birikmalar guruhidir. Ular ovqat
mahsulotlarida juda kam miqdorda bo`ladi, ammo organizmning fizio-logik
holatiga kuchli ta`sir etadi. Vitaminlar sezilarli plastik va energetik ahamiyatga
ega emas, ularning ko’pchiligi fermentlar tarkibiga kiradi va mod-dalar 
almashinuvida katalizator rolini bajaradi. 
Organizm o`ziga kerak bo`lgan vitaminlarni turli xil ovqat mahsulot-laridan
oladi. Ularning tarkibida B
1
, B
2
PP, C, K va organizmda vitamin A ga aylanuvchi
karotin ko`p bo`ladi. Shuningdek, sabzavot va poliz ekinlarida foliyev
kislotasining ko`p bo`lishi, organizmda yog’ almashinishini boshqaruvchi xolin
moddasini ishlab chiqarishga yordamlashadi. 
Vitaminlarni ximiyaviy jihatdan o`rganish natijasida ularni sanoatda tabiiy xom 
ashyolardan va sintetik usul bilan ishlab chiqariladigan bo`ldi. Vitaminlar tabiatda 
juda oz tarqalganligidan hozirgi paytda sintetik vitaminlar, ularning preparatlari va 
vitaminlashtirilgan oziq moddalar ko`plab ishlab chiqarilmoqda. Vitaminlar 
ximiyaviy birikma bo`lib, organizm faoliyatiga har tomonlama muhim ta`sir 
ko`rsatadi. 
Vitaminlar organik birikmalarning turli guruhlariga kiradi, ayrimlari juda murakkab 
tuzilgan. Vitamin saqlovchi oziq-ovqatlar odamning vitaminga bo`lgan talabini 
qondiruvchi asosiy manba hisoblanadi. Ba`zi bir vitaminlar juda oz miqdorda ichak
mikroflorasida sintezlanadi (vitamin B
2
, B
6
, B
12
), ammo ular odamning vitaminga 
bo`lgan talabini qondirolmaydi. Ayrim hollarda odam organizmida ximiyaviy
tuzilishi jixatidan vitaminga yaqin bo`lgan, provitamin deb ataladigan organik
birikmadan moddalar almashinuvi jarayonida vitamin hosil bo`ladi. Masalan, 
asosan o`simlik mahsulotlarida bo`ladigan karotin (vitamin A ning provitamini) 
organizmda vitamin A ga aylanadi. 


101 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin