Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
o`xshash ayrim kasalliklarda vitaminlar siydik bilan organizmdan ko`plab chiqib
ketadi, natijada gipovitaminoz paydo bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, 
yeyiladigan oziq-ovqatlarda yog’ kam bo`lganda hamda organizmda o`tning ichakka 
tushib turishi susayganda karotin va vitamin A ning so`rilishi qiyinlashadi. 
V i t a m i n D (Kal’siferol).
D vitamini (raxitga qarshi) organizmda 
ul’trabinafsha nurlar ta`siri ostida provitamin ergosterindan hosil buladi. D 
vitaminining bir nechtasi mavjud ( D
1
, D
2
, D
3
, D
4
). eng ko`p xamirturushda, baliq 
moyida, baliq jigarida, sarig’ yog’da, sut, ikra, tuxum sarig’ida bor. D avitaminozi 
raxit suyaklar shakllanishining buzilishi bilan tavsif-lanadi, Ca va P nisbati
buziladi, suyaklarda Ca miqdori 3-4 marotaba kama-yadi, qo`l va oyoqlar 
qiyshayadi, jismoniy holsizlanish kuzatiladi. Vitamin D raxit kasalligini davolash
xususiyatiga ega.
Ayniqsa vitamin D
2
va D
3
ning foydasi ko`p. Ilgari faqat quyosh nuri
yetishmasligiidan raxit kelib chiqadi, deb hisoblanar edi. Keyinchalik raxit 
kasalligiga asosan organizmda vitamin D yetishmasligii ham sabab ekani ma`lum 
bo`ldi. Sut, moy va shunga o`xshash ayrim oziq-ovqatlarni ul’trabinafsha nurlar 
bilan qayta ishlanganda ular antiraxitik (raxitga qarshi) xususiyatga ega, bo`ladi. 
Bola organizmida (ayniqsa 2 oylikdan 2 yoshgacha) vitamin D yetishmasa, ona
suti yoki turli ovqatlar bilan tushadigan mineral tuzlar kam so`riladi, natijada 
bolaning to`qimalari va ayrim a`zolari noto`g’ri rivojlana boshlaydi, suyak normal
qotmaydi, oqibatda nimjon, qing’ir-qiyshiq bo`lib qoladi.
Bemorning qorni katta bo`lib qoladi, yurak, jigar, qora taloq va shunga o`xshash 
ichki organlar faoliyati susayadi. Bola injiq bo`lib qoladi, yaxshi uxlamaydi, 
ishtahasi yomon, bezovta bo`ladi, terlaydi. Raxit paydo bo`lmasligi uchun quyosh
nuridan to`g’ri foydalanish, sof havoda ko’proq bo`lish foydali. Tabiatda vitamin 
D provitamini - ergosterol, ergosterin- ko`rinishida uchraydi. Ergosterol va
ergosterinlar ul’trabinafsha nurlar - quyosh nuri ta`sirida vitamin D ni hosil qiladi. 
Vitamin D o`simlik mahsulotlarida uchramaydi. Eng ko`p xamirturushda, baliq 
moyida, baliq jigarida, sarig’ yog’da, sut, ikra, pivo achitqisi, tuxum sarig’ida bor. 
 
Vitamin D ga bo`lgan kech-kunduzlik talab bolalar uchun 13—25 mkg (1 mg ning 
mingdan bir bo`lagi), kattalar uchun esa 25 mkg. Dorixonalarda vitamin D 
preparatlaridan untaminol, vitamin D ning spirtli eritmasi, draje va baliq moyi 
sotiladi. Vitamin D ni va baliq moyini haddan tashqari ko`p ichish mumkin 
emas, chunki gipervitaminoz paydo bo`lishi mumkin. Bunda bola ishtahasi 
yo`qoladi, ko`ngli aynindi, qayt qiladi, ozib ketadi, uyqusi buziladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin