novateurpublication.org Vitaminlar tirik organizmning normal o`sishi va rivojlanishi jarayonida bevosita
ishtirok etuvchi eng muhim biologik aktiv organik birikma hisob-lanadi.
Vitaminga bo`lgan talab kishining yoshiga, tana vazniga, mehnatining og’ir-
yengilligiga qarab belgilanadi. Masalan, yoshi katta odamlar uchun vitamin B
1,
B
2
va PP dan bir kech-kunduzda 2; 2,5 va 15 mg, yosh yigit va qizlar uchun esa
2,5, 3,5 va 25 mg kerak bo`ladi. Odam organizmi oqsil, yog’, uglevod va ba`zi
mineral tuzlarga qaraganda vitaminni ozi talab qiladi. Vitaminlar asosan o`simlik
organlarida, ayniqsa bargida sintezlanib, odamlar va hayvonlar orga-nizmiga ovqat
bilan tayyor holida tushadi.
Vitaminlar manbai bo`lib o`simliklar va hayvonlardan hosil bo`lgan ovqat
mahsulotlari xizmat qiladi. Ovqat mahsulotlarida vitaminlar tayyor holda faol
shaklda yoki nofaol ( provitamin ) shaklda bo`ladi. Provitaminlardan
organizmda vitaminlar hosil bo`ladi. Vitaminlardan ba`zilari ichak mikroflorasi
tomonidan sintezlanadi.
Ovqat bilan u yoki bu vitamin yetarli miqdorda qabul qilinmaganda
organizm me`yoriy funksiyalarining buzilishiga gipovitaminoz, vitamin butunlay
bo`lmasa avitaminoz deyiladi. Har bir alohida vitaminning yetishmovchiligi
yoki butunlay yo`qligi faqat uning uziga xos bo`lgan kasallikni keltirib
chqaradi. Avitaminoz va gipovitaminozlar nafaqat oqat tarkibida vitaminlar
bo`lmaganda yoki yetishmaganda, balki me`da - ichak yo`llari kasalliklarida
vitaminlar so`rilishining buzilishida ham kuzatiladi. Vitaminlarning odatdagiday
miqdori ovqat bilan qabul qilinganda ham gipovitaminoz rivojlanishi mumkin,
bunday holat organizmning vitaminga bo`lgan talabi oshganda (homiladorlik,
tez o`sish vaqtida) va ichak mikroflorasi antibiotiklar bilan yo`qotilganda
kuzatilishi mumkin.
Yog’da eriydigan vitaminlarning mohiyati. Hozirgi paytda vitaminlarning ximiyaviy strukturasi yoki fiziologik faoliyati
asosida guruhga bo`lish qiyin. Ularni faqat eruvchanligiga asoslanib ikkita katta
guruhga: yog’da eriydigan va suvda eriydigan vitaminlarga bo`linadi. Yog’da
eriydigan vitaminlarga vitamin A (retinol), vitamin D (kal’siferol), vitamin E
(tokoferol), vitamin K (filloxinon) kiradi.
Suvda eriydigan vitaminlarga vitamin B (tiamin), vitamin B
2
(riboflavin), vitamin
PP (nikotin kislota), vitamin B
6
(piridoksin), vitamin H (biotin), vitamin B
3
(pantotenat kislota), inozit, xolin, vitaminlar H
1
, Bx (paraaminobenzoat kislota),
vitaminlar B
c
B
0
, B
1
(foli kislota), lipoy kislota, vitamin B
2
(kobalamin), vitamin
B
5
(pangamat kislota), vitamin U, vitamin B
t
(karnitin), vitamin B
3
, vitamin C
(askorbin kislota), vitamin P (sitrin) kiradi.