261
ekanmiz har bir pedagog zamon talablariga munosib, faqat o‘z kasbining ustasi
bo‘libgina qolmay, o‘z xalqining buyuk madaniy merosi haqida bilish bilan bir
qatorda o‘zgamillatlar madaniyati, ularning tili, dini, san’ati, moddiy va ma’naviy
meroslari haqida ham tushunchalarga ega bo‘lishi va ularga nisbatan hurmat bilan
qarashi umummadaniy dunyoqarashning asosiy komponentini tashkil etadi.
Jahon ta’limi taraqqiyoti tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti
shu jarayonda joriy etilgan ta’lim tizimining rivoji va takomillashuvi bilan
chambarchas bog‘liqdir.
44
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab
o‘tganidek: «Aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi yo‘q. Toki
hayot davom etar ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan yangi-
yangi talablarga ko‘ra mustaqil ravishda o‘zgarib-yangilanib boraveradi».
45
Ta’lim-tarbiyasohasidagiislohotlarningmarkazida esao‘qituvchituradi. Qadimda
greklar juda ajoyib iborani qo‘llaydilar: «Talaba – to‘ldirilib turilishi kerak bo‘lgan
idish emas, balki yoqib turilishi lozim bo‘lgan mash’aldir». Bu fikrning tagida
chuqur ma’no bor. Zero, o‘qituvchi yetarli kasbiy malakaga ega bo‘libgina
qolmay, darsni qay tarzda tashkil etish usullarini mukammal bilishi kerak. Ta’lim
jarayonini bugungi kundagi asosiy talablaridan biri erkin fikrlovchi, mustaqil
tafakkurga va dunyoqarashga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish, umumstandart
talablarga javob bera oladigan bo‘lib, katta mash’allar paydo bo‘lishini ta’minlab
beradi.
Shu xususda e’tiborni qaratishimiz kerak bo‘lgan masala shuki,
umummadaniy dunyoqarash bo‘lajak xorijiy tillar o‘qituvchilarida mukammal
shakllantirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi fikrga ko‘ra talaba yoqib
turilishi lozim bo‘lgan mash’ala bo‘lsa, uni hozirgi XXI asrda davr taraqqiy etgan,
innovasion texnologiyalar rivojlangan bir paytda, dars jarayoniga qiziqtirish biroz
qiyinroq masalaga aylanmoqda. Bugun biz ta’lim-tarbiya berayotgan talabalar-
bo‘lajak o‘qituvchilar ertaga bolaga, shaxsga ta’lim-tarbiya beradilar.Ular
maktablarda,
kollejlarda,
akademik-litseylarda
pedagog
sifatida
faoliyat
ko‘rsatadilar. Ularga ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997yil) ta’lim
muammolari oldiga mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish muammosini
qo‘ygandir.
Ularni darsga qiziqtirish va
mustaqil
fikrlash
qobiliyatini
shakllantirish
jarayonida
esa
o‘qituvchi o‘zida shakllantirilgan
umummadaniy
dunyoqarashdan
asosli foydalana oladi. Masalan
44
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва
тарбия. Рутледж. Иккинчи нашр. 2012. 51-53 бетлар.
45
Karimov I. A. O’zbekiston buyuk kelajak sari T.: O’zbekiston, 1998 y. –62 b.
Dostları ilə paylaş: