308
qandaydir to‘siqqa duch kelinib, uni muvaffaqiyatli hal etishga intilish asosida
yuzaga keladi».
Innovasion faoliyat yangi g‘oyani izlashdan boshlanadi.
Pedagogik innovasiya
ta’lim-tarbiya jarayonidagi muhim va murakkab masala yechimiga
yo‘nalitirilganligi sababli o‘qituvchidan yangicha yondashuvni talab qiladi.
O‘qituvchini innovasion faoliyatga tayyorlashda bir qator psixologik to‘siqlar
mavjud. Bularning birinchisi o‘qituvchining o‘zi ko‘nikkan faoliyat chegarasidan
tashqariga chiqishi juda qiyinligi, ya’ni o‘qituvchilarda ijodkorlikning yetarli
emasligi bo‘lsa, yana bir sabab yangi va noma’lum narsalar har doim
odamlarda
cho‘chish va xavfsirashni keltirib chiqarishidir.
A.M. Xon o‘qituvchilarda innovasion faoliyatni shakllantirishda uchraydigan
psixologik to‘siqlarning ikki turini ajratadi: kognitiv psixologik to‘siqlar va
muntazam paydo bo‘ladigan to‘siqlar. Kognitiv psixologik to‘siqlar yangilik
haqidagi
bilimlarning yetishmasligi, yangilikni his qilmaslik va nofaol xatti-
harakatlar hisoblansa, muntazam psixologik to‘siqlar yangilikka nisbatan
ishonchsizliq rahbariyatga ishonmasliq tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlamaslik
va odatda yangilik kirituvchilarga qarshi kurashish kabi ko‘rinishlarda namoyon
bo‘ladi.
Ta’lim innovasiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bosqichlari
Odatda pedagogik innovasiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi ikki xil kechadi:
1. Pedagogik innovasiyalarning amaliyotga
tatbiqi stixiyali kechadi, ya’ni,
innovasion jarayonda pedagogik yangiliklarga bo‘lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi,
ularni amaliyotga tatbiq etishda mavjud shart-sharoitlar, usul va yo‘llariga ongli
munosabat bildirilmaydi.
2. Pedagogik innovasiyalarning amaliyotga tatbiqi stixiyali kechadi, ya’ni,
pedagogik yangiliklar innovasion jarayonda ongli,
maqsadga muvofiq, ilmiy
asoslangan faoliyat mahsuli sifatida amaliyotga joriy etiladi
Ta’lim innovasiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bir necha bosqichlarda
kechadi.Ular quyidagilardir:
309
Bugungi kunda pedagoglarning innovasion faoliyat ko‘nikma, malakalariga ega
bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innofasion faoliyat
ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtira olishlarida ularning innovasion yondashuvga
ega bo‘lishlari talab etiladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra pedagoglar
tomonidan
innovasion faoliyat ko‘nikma, malakalarining o‘zlashtirilishi ularda innovasion
yondashuvni qaror topishi asosida kechadi. Pedagoglarda innovasion
yondashuvning qaror topishi ham murakkab jarayon bo‘lib, u bir necha bosqichda
kechadi
Demaq ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim
tizimida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Ta’lim
tizimining
modernizasiyasi davlat va jamiyat malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli ta’lim
olishga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ro‘y beradi.
Ta’lim amaliyotida pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi ta’lim tizimi
modernizasiyasining tarkibiy elementi hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda ta’lim-
tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda
kutilayotgan natijani qo‘lga
kiritishga imkon beradi, o‘qitish sifatini yaxshilab,
samaradorligini oshiradi.
Pedagogik innovasiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning izchil olib
kirilishini tavsiflaydi. Pedagogik innovasiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra
ta’lim tizimi va jarayoni rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovasion faoliyati
pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a undovchi,
bunyodkorlikka
rag‘batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lib, ta’lim jarayonining sifatini
kafolatlaydi. Shu sababli har bir o‘qituvchi innovasiyalarning mohiyatini to‘la
tushungan holda o‘z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur.
O‘qituvchi innovasion faoliyatining mezonlari va uni shakllanish bosqichlari.
Innovasion faoliyat o‘qituvchining hamma muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy
Dostları ilə paylaş: