Modernizatsiyalash jarayonlari



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82
pedagogika (2)a

Маданият
тушунчасига 
турли 
файласуф олимлар турлича таъриф 
берганлар. Лекин уларнинг барчаси 
ҳам унинг мазмун-моҳиятини тўғри 
таърифлаганлар: масалан, Э.Юсупов 
маданият 
– 
бу 
кишилар 
фаолиятининг жамият иқтисодий, 
ижтимоий ва сиёсий ва маънавий 
ҳаёти соҳасида яратган, ўзларининг 
эҳтиёжларини 
қондириш 
учун 
ишлаб чиқарган моддий ва маънавий 
бойликлар тизимидир, - дейди ва 
гносеологик 
нуқтаи 
назардан 
маданиятни моддий ва маънавий 
маданиятга бўлади. 


251 
yo‘naltirish orqali fuqaroliq oilaparvarliq mutaxassis sifatida shakllanishiga ta’sir 
etadi. 
Shunday ekan, madaniyatning o‘zi nima? Uning mazmun-mohiyati nimalarda 
namoyon bo‘ladi? 
Moddiy madaniyat moddiy ne’matlar ishlab chiqarish usuli bilan bog‘liq bo‘lib, 
ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi darajasi va ishlab chiqarish 
munosabatlarining xarakteri bilan belgilanishi moddiy boyliklarning barchasini
qamrab olishi, jamiyat moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur va foydali 
bo‘lgan ishlab chiqarish faoliyati mahsullari, ularning jamiyat o‘rtasida tarqalishi, 
taqsimlanishi va yanada rivojlantirilishi, jamiyat hayotida qo‘llay bilish 
muammolari kiradi, deb tushuniladi.
Ma’naviy madaniyat esa, siyosat, huquqiy va mafkuraviy, axloqiy, badiiy va diniy 
qarashlar bilan, ikkinchidan, ijtimoiy jarayonlarga rahbarlik qilish va 
boshqarishning shakl va usullarini ishlab chiqa bilish, rivojlantirish, ilmiy 
bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay bilishni ifodalaydi, - deydi va moddiy 
madaniyatning ham asosida ma’naviy madaniyatning yotishi, ularning bir-biri bilan 
uzviy aloqasiga alohida urg‘u beradi. 
«Falsafa» qomusiy lug‘atda esa («madaniyat» arabcha – madinaliq mohirliq 
ta’lim-tarbiya ko‘rgan) – tabiat va o‘zaro munosabatlarda aks etilgan inson 
faoliyatining o‘ziga xos usuli deb ta’rif berilgan. Bu o‘rinda biz «inson 
faoliyatining usuli» degan fikrga qo‘shilolmaymiz. Bizningcha, «inson 
faoliyatining mahsuli» - desa to‘g‘riroq bo‘lar edi. Lekin yuqoridagi ta’rif bilan 
birga, «Madaniyat inson faoliyatining ham mahsuli, ham sifat ko‘rsatkichi, shu 
bilan birga insoniyatning o‘zi ham pirovard natijada madaniyat mahsulidir. 
Madaniy muhit qanday bo‘lsa, inson ham shunday shakllanadi. Madaniyatning 
ijodkori, eng avvalo, xalq. Xalq madaniyatida avlodlar yaratgan moddiy va 
ma’naviy boyliklar jamlangan. Ularni o‘zlashtirmay, bilmay turib, madaniyatli 
kishi bo‘lib yetishishi qiyin» - deyiladi .
39
Boshqa barcha lug‘atlarda va falsafaga doir darsliklarda esa madaniyat («cultura») 
atamasidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi, 
mumtoz lotin tilida madaniyat yerga parvarish qilish, ishlov berish ma’nosida 
ishlatib kelingan. Lekin meloddan avval yashab o‘tgan Rim notig‘i, mashhur 
faylasuf Siseron madaniyat atamasini aqlga ishlov berish ma’nosida ham 
ishlatganligi keltiriladi.
Keyinchalik madaniyat tushunchasi 
bilimdon, ma’rifatli, yuksak tarbiyali 
insonlarga nisbatan ishlatilgan.
Faylasuf 
olim 
J.Tulenov 
esa 
«Madaniyat ko‘p qirrali va chuqur 
mazmunga ega tushuncha bo‘lib, u 
jamiyat 
taraqqiyoti 
davomida 
39
Юсупов Э.Инсон камолотининг маънавий асослари. – Т.:1998. 114 бет


252 
insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilgan barcha moddiy va ma’naviy 
yutuqlarning majmuidir» - deb tushuntiradi . J.Tulenov ham moddiy ma’naviyatga 
ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari, mehnat ko‘nikmalarini hamda ishlab 
chiqarish jarayonida yaratilgan va hayot uchun xizmat qiladigan barcha boyliklarni 
nazarda tutadi.
40
Ma’naviy madaniyatga esa ijtimoiy ongning barcha shakllari, ya’ni falsafiy, ilmiy, 
huquqiy, axloqiy, estetiq diniy qarashlar, madaniyat muassasalari, maorif, ta’lim-
tarbiya, o‘rta, oliy va o‘rta maxsus ta’lim, fan, ommaviy axborot vositalari, san’at, 
xalq ma’naviy ijodiyotining barcha turlarini kiritiladi.
Ma’lumki, moddiy va ma’naviy madaniyat o‘zaro aloqada rivojlanadi. Moddiy 
boylikning biror turi ham insonning aql-idroki, tafakkursiz yaratilishi mumkin 
emas. O‘z navbatida inson ongida hyech qanday fikr, qarashlar va tushunchalar 
ham o‘z-o‘zidan paydo bulmaydi. Ular moddiy boylik – tabiiy omillar, tashqi 
ta’sirlar natijasi, moddiy boyliklar mahsuli sifatida paydo bo‘ladi. 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida 
ta’lim tizimi, shu jumladan, oliy ta’lim tizimi tubdan yangilanmoqda. Ta’lim 
tizimini yangilash uni texnologiyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lib, bugungi kunda 
shaxsni tarbiyalash va unga ta’lim berishga yo‘naltirilgan faoliyat ta’lim berishni 
tashkil etishga nisbatan o‘ta qat’iy va murakkab talablar qo‘ymoqda. Zero, hozirgi 
davrdagi murakkab texnika va texnologiyalar bilan muomala qila oladigan inson 
tarbiyasiga qo‘yiladigan katta ehtiyoj ham ta’lim jarayonini texnologik yondashuv 
asosida tashkil etishni talab etmoqda.
Shaxsda umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish jarayoni ham madaniyatga 
doir axborotlarni qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlab talabalarga 
yetkazishda ta’lim-tarbiya texnologiyalarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. 
Talabalarda umummadaniy dunyoqarashni 
shakllantirishda 
pedagogik 
texnologiyalarning 
tarkibiy 
qismlariga 
asoslangan holda dastavval ta’lim-tarbiya 
jarayonining 
umumiy 
loyihasi 
tuziladi, 
ta’lim-tarbiyani tashkil etishga bo‘lgan 
ehtiyoj va maqsadi, ta’lim mazmuni, shakl, 
metod, usullari, va vositalari, bu borada 
o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati belgilanadi 
va ta’lim natijasi aniqlanadi.
Umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish texnologiyalari ham pedagogik 
texnologiyalarning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etadi: 
1. Umummadaniy dunyoqarashni takomillashtirish, optimallashtirishga bo‘lgan 
ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi. 
40
Туленов Ж. Фалсафий маданият ва маънавий камолот.–Т.:2000. 50-51 бетлар


253 
2. Uning didaktik hamda tarbiyaviy xarakteri, shuningdeq ta’lim-tarbiya 
jarayonini samarali tarzda tashkil etishda nazariy va amaliy bilimlarni 
o‘zlashtirishga xizmat qiladi. 
3. Umummadaniy dunyoqarash uning mohiyatini aks ettiruvchi yaxlit jarayon 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
4. Pedagogik texnologiyalar umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga 
xizmat qiladi. 
5. Umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish texnologiyasiga va yagona, qat’iy, 
me’yoriy talablar qo‘yilmaydi. 
6. Pedagogik texnologiyalar umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishda 
shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga 
oshirishga xizmat qiladi. 
Demaq har qanday pedagogik texnologiya, 
jumladan umummadaniy dunyoqarashni 
shakllantirishga yo‘naltirilgan texnologiya 
ham o‘zaro hamkorliq muloqot, ularning 
bir-birlariga 
ta’sirlari eng zamonaviy 
talablarga javob bergan holda, o‘qituvchi 
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va 
boshqarish 
tamoyillari, 
yo‘llari, 
umummadaniy 
dunyoqarashni 
shakllantirishga xizmat qiluvchi metod va 
uslublar, talabalar shaxsi faoliyatni to‘g‘ri 
tashkil etish, ular bilan hamkorlik qilish, 
muloqotga kirishish, pedagogik faoliyatini 
tashkil etish jarayonida yuzaga keluvchi muammo va qarashlarni birgalikda hal 
etish, auditoriyada ijodiy hamkorliq ishchanlik muhitini hosil qilishga doir shakl va 
metodlar bilan qurollangan bo‘lishi lozim.
41
Umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishda madaniyatni anglash (madaniy 
hayotning rivojlanishiga muvofiqlik) tamoyili talabalarga jamiyatning madaniy 
taraqqiyoti darajasidan kelib chiqib, ta’lim berishni nazarda tutadi. Bugungi kunda 
o‘qituvchining salohiyati va mahoratining yuqori darajada bo‘lishigina muammoni 
hal eta olmaydi. Shu o‘rinda zamonaviy fan-texnika imkoniyatlari, kompyuter va 
multimediya vositalari, shuningdek jamiyatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti ham 
e’tiborga olinadi.
Hozirgi sharoitda talabalar ongi, dunyoqarashida yangicha fikr, dunyoqarashni 
tarkib toptirish, iqtisodiyot, siyosat, madaniyat sohalarida sog‘lom fikr yuritishga 
erishish shu kunning dolzarb muammolaridandir. 
41
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва тарбия. Рутледж. 
Иккинчи нашр. 2012. 93-110-бетлар. 


254 
Umummadaniy dunyoqarash ham, ilmiy dunyoqarash kabi bilimlarning e’tiqodga 
aylanishida tarkib topadi. Bu esa bilishga oid, axloqiy, estetik voqyea-hodisalarga, 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga rag‘bat uyg‘otish bilan paydo bo‘ladi. Shu 
bilan birga talabalar ijtimoiy-madaniy faoliyatga kirishishi uchun shart-sharoitlar 
yaratilishi zarurdir. Bu borada «Madaniyatshunoslik» o‘quv fani talabalarga atrof-
olam, uning hodisalari, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlari haqida bilim 
berishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shuning uchun ham «Madaniyatshunoslik asoslari» o‘quv kursi o‘rganilganda 
umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish sohalari: ta’lim va tarbiya, fan, din, 
rasm-rusumlar, odatlar, an’analar, madaniy-ma’rifiy muassasalar, «Kamolot» 
yoshlar ijtimoiy harakati faoliyati, ommaviy axborot vositalaridan foydalaniladi. 
Ta’lim jarayonida «Madaniyatshunoslik asoslari» o‘quv fani «Madaniyat» 
tushunchasining falsafiy jihatdan mohiyati, madaniyatning moddiy va ma’naviy 
jihatdan farqi, uning tarkibiy qismlari haqida ma’lumot berilgandan so‘ng madaniy 
vorislik va uning ko‘rinishlari, «madaniy an’analar» tushunchasining mohiyati, 
madaniy meros va uning tarkibi haqida tushunchaga ega bo‘lganlaridan so‘ng 
madaniy rivojlanishning ichki va tashqi omillari, uning ijtimoiy funksiyalari, 
madaniyat muassasalarining mazmuni, madaniyatning jamiyat rivojlanishidagi 
o‘rni, madaniyat va sivilizasiya masalalari o‘rganilib, shaxsning kamol topishida 
madaniyatning o‘rni va o‘z navbatida, jamiyat madaniyatining rivojlanishida 
shaxsning roli masalalariga e’tibor beriladi. 
Mazkur masalalar o‘rganilgandan so‘ng talabalar bilan quyidagi muammolar qay 
darajada o‘zlashtirilganliklari ko‘rib chiqiladi: 
- madaniyat ijtimoiy hodisa sifatida; 
- madaniyatning mohiyati, mazmuni, ijtimoiy 
vazifalari; 
- moddiy madaniyatning jamiyat taraqqiyotida 
tutgan o‘rni; 
- ma’naviy madaniyatning barkamol shaxsni 
shakllantirish-dagi o‘rni; 
- madaniy taraqqiyotda ichki va tashqi ta’sirlar; 
- madaniy meros va vorislik masalalalari; 
- mustaqillik sharoitida madaniy taraqqiyotning 
asosiy yo‘nalishlari; 
-madaniyat va qadriyatlar, madaniyat va an’analar, madaniyat va
mehnatning o‘zaro uyg‘unligi; 
- jamiyat taraqqiyoti va madaniyat; 
- madaniyat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar; 
- sivilizasiya va madaniyatning o‘zaro aloqadorligi; 
- madaniyat sohasidagi islohotlarning bosh maqsadi; 
- madaniyatning tarkibiy qismlari. 
Mazkur 
masalalar 
umummadaniy 
dunyoqarashni 
shakllantirish 
modeli 
(andozasi)ni loyihalashga yordam berdi va bu quyidagicha tuzildi: 


255 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin