omillarga bog‘liq holda amalga oshadi.
1. Talabalar ongiga milliy g‘oyani singdirish asosida ular tafakkurini yangilash
orqali umummadaniy dunyoqarashni shakllantirish.
2. Jahon umumbashariy qadriyatlari, o‘tmishda madaniyat rivojlanishida
erishilgan yutuqlar, muvaffaqiyatlardan vorislik jarayonidan foydalanish asosida
kelgusida madaniyat sohasida bajariladigan ishlar ko‘lamini belgilab olish.
3. Turli madaniyat shakllarining o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda
umummadaniy
dunyoqarashni
shakllantirishda
mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan mustaqil taraqqiyotning imkoniyatlaridan foydalanish. Bu borada
jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuv asosida umumbashariy qadriyatlarni
o‘rganish va ta’lim jarayoniga kiritish imkoniyatlarining ortib borishi.
42
4. Mamlakat iqtisodiyotidagi tub o‘zgarishlarning madaniyat sohasiga ham ta’siri,
madaniyat sohasida mamlakatlararo aloqaning ortib borishi.
5. Davlat siyosatida ma’naviy madaniyatning ustuvor yo‘nalishi kasb
etganligininig shaxs umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga ta’siri.
6. Milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarliq milliy iftixor tuyg‘usining
shakllanayotganligining boy milliy, tarixiy ana’analariga, xalqimizning intellektual
merosga hurmatining ortib borishi.
Bularning
barchasi
umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishda
madaniyatning quyidagi yuksalish
mezonlariga asoslanish lozimligini belgilaydi
1. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida yaratilgan ma’naviy qadriyatlar ko‘lami va soni,
ularning tarqalish darajasi, odamlar tomonidan o‘zlashtirilishi.
2. Ma’naviy madaniyatning barcha turlarining bir tekis taraqqiy etishi.
3. Madaniy qadriyatlardan bahramand bo‘lishda barcha kishilarning ishtirok
etishi.
4. Madaniy boyliklarni yaratishda aholi barcha ko‘lamlarining ongli ravishda
ishtirok etishi.
5. Kishilarning madaniy yuksalishiga o‘z hissalarini qo‘shishlari uchun jamiyatda
barcha imkoniyatlarning mavjud bo‘lishi.
Yuqoridagi falsafiy mezonlarga tayangan holda