Modernizatsiyalash jarayonlari


Тафаккурни ривожлантириш учун



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82
pedagogika (2)a

Тафаккурни ривожлантириш учун 
ёдлашдан 
кўра, 
кўпроқ 
мулоҳаза 
юритиш зарур.
Р.Декарт 


262 
biror xorijiy tilni o‘rgatayotganda o‘qituvchi turli qoidalar, materiallardan 
mohirona foydalanishi mumkin, ammo shunda ham bolada bu xorijiy tilni 
o‘zlashtirishga qiziqish uyg‘onmasligini kuzatishimiz mumkin. Bunday hollarda 
aksariyat o‘qituvchilarda muammoli vaziyat tug‘iladi. Lekin pedagogik mahoratli 
o‘qituvchi bu darsni tashkil etishning yangi usulini o‘ylab topadi. Albatta bu dars 
o‘qituvchining umummadaniy dunyoqarashi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. 
Masalan, o‘qituvchi mavzuni tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati, uning urf-
odatlari asosida tushuntiradi. Natijada bu dars o‘qituvchi uchun ham, o‘quvchi 
uchun ham samarali bo‘ladi. Albatta bunday usuldagi darsni tashkil etish 
pedagogdan qattiq mehnatni talab etadi. Bunda esa o‘qituvchining o‘zida 
umummadaniyat tushunchasi, umummadaniy dunyoqarash yuksak darajada 
shakllangan bo‘lishi kerak. Zero o‘qituvchi shaxsi faqatgina umummadaniyatdan 
xabardorgina bo‘lib qolmay, bu umummadaniy dunyoqarashni o‘quvchilarda ham 
to‘g‘ri yo‘nalishda shakllantira olishdek ma’suliyatli vazifani talab etadi. Shu 
sababli oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishidagi bo‘lajak xorijiy til 
o‘qituvchilarida umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga hozirdan e’tibor 
berilmoqda. Oliy o‘quv yurtlarida madaniyatshunosliq mamlakatshunosliq tili 
o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati kabi fanlarining bo‘lajak o‘qituvchilarga 
o‘qitilayotganidan maqsad ham bo‘lajak o‘qituvchilarda umummadaniy 
dunyoqarashni shakllantirish. 
Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib 
tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi 
past bo‘lishi muqarar. 
Albatta, bilim keraq ammo, bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash ham katta 
boylik. Hozirgi zamon o‘quv mussasalarining vazifasi yosh avlodni mustaqil 
fikrlashga o‘rgatishdir. Mustaqil fikrlashni o‘rgatishda esa dastlab oila, so‘ng 
bog‘cha, maktab, akademik-lisey va kollejlardagi ta’lim-tarbiya beruvchi 
shaxslarning zimmasiga yuksak ma’suliyatni yuklaydi. Ayniqsa bu maktab 
o‘qituvchilaridan katta mehnatni talab etadi. Shu sababdan har bir pedagog o‘z 
ustida tinmay ishlashi va ishi davomida o‘zining barcha mahoratidan o‘rinli 
foydalana olishi kerak. 
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, yosh avlodga zamonaviy bilimlar
berish, kasb – hunar o‘rgatish, iqtidori, qobiliyati va intellektual salohiyatini 
o‘stirish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni yaratish, ayni paytda ularni 
umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ezgu fazilatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash 
masalasi doimo e’tiborga
olinadi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining taraqqiy etgan 
mamalakatlar qatoridan munosib 
o‘rin egallashi va ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishi 2008-yilda 
iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirish 
uchun 


263 
fuqarolarning, ayniqsa, ziyolilarning ma’naviy salohiyati, o‘zgarishlarini to‘g‘ri 
talqin qilishlari va bu jarayonlarni boshqara olishlari hamda yigirma birinchi asr 
ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob bera olishlari uchun o‘quv maskanlarida 
sifatli kadrlarni yetkazib berish masalasi hozirda dolzarb hisoblanadi. 
Hozirgi davrda jahon miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari 
yigirmanchi asrning oxiri yigirma birinchi asrning boshlarida butun insoniyat, yer 
yuzidagi barcha xalqlar va millatlar taraqqiyoti uchun, ayniqsa, hayotga kirib 
kelayotgan yosh avlod uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlar yaratib berdi. 
Ayniqsa fan va texnikaning ilg‘or yutuqlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari xususan Internet tizimi turli davlatlar va mintaqalar o‘rtasidagi 
chegaralarni ochib berib, o‘zaro hamkorlik va inteoratsiya rivojiga so‘zsiz katta 
hissa qo‘shayotganiga bugun barchamiz guvoh bo‘lmoqdamiz. Lekin insoniyat 
tafakkurining yuksak va yorqin namoyoni bo‘lgan bunday yutuqlar ayni paytda 
ayrim siyosiy kuchlarning g‘arazli niyatlarini oshirishda mafkuraviy qurol sifatida 
ishlatilayotganini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Ayniqsa bunday 
mafkuralarning ko‘proq yoshlarni jalb etib ularga ma’naviy tahdid o‘tkazishga, 
ularning ongini zaharlashga qaratilgan turli xil g‘oyalari, albatta, insonni 
tashvishlantirmay qolmaydi. Chunki yoshlarning hali shakllanib ulgurmagan 
umummadaniy dunyoqarashini bunday siyosiy kuchlar o‘zlarining g‘arazli 
mafkuralari bilan to‘ldiradilar. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimov aytganlarideq “Kelajak yoshlar 
qo‘lida” deb aytgan serma’no fikrlari ham bejizga emas, albatta. Chunki davlatning 
ertasi qanday bo‘lishi bugungi yoshlarga bog‘liqdir. Shunday ekan, yoshlar 
masalasi har doim hamma davrda ham davr masalasi bo‘lib qoladi. Chunki bo‘lajak 
o‘qituvchilar, ya’ni oliy ta’lim muassasasidagi talabalar bo‘lg‘usi o‘z kasbining 
mutaxassislari hisoblanishadi. Bo‘lg‘usi pedagoglar esa ertaga o‘qituvchi, ya’ni 
mutaxassis kadrlar bo‘lib yetishishadi. Bu mavzuni ommaviy madaniyat 
tushunchasini yoritishdan boshlamoqchiman.
Bugun ana shu “o‘rgimchak to‘ri” bilan bog‘liq ravishda o‘zbek tili lug‘atiga kirib 
kelgan va tez-tez tilga olinayotgan “ommaviy madaniyat” yoki “olomon 
madaniyati” so‘z birikmasining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor bersaq undagi 
“madaniyat” so‘zi o‘zi asli “taraqqiyot, sivilizasiya” kabi ma’nolarni anglatadi. Shu 
o‘rinda, “ommaviy madaniyat” tushunchasiga nisbatan salbiy qarashlar boisi 
nimada ekanligini tushunib yetish lozim. “Ommaviy madaniyat” G‘arb dunyosida 
o‘tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Uni G‘arbda “populyar” yoki 
qisqartirilgan holda “pop-kultura” (ya’ni “ommaviy madaniyat”) deb atashadi. 
Garchi “madaniyat” deb atalsa-da, aslida, tub mazmun-ma’nosiga, maqsadiga ko‘ra 
“ommaviy madaniyat” chinakam ma’naviyatning kushandasidir. 
Mutaxassislar, (faylasuf va sosiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda 
“antikultura” (“g‘ayrimadaniyat”) degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun 
“Pop” (ommaviy) madaniyat tushunchasi nochorlikdan qo‘llanilmoqda. Chunki 
“ommaviy madaniyat” aslida madaniyatsizliqya’ni ma’naviyatsizlik va axloqsizlik 
sinonimidir. Tabiiyki, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida zo‘ravonliq 


264 
individualizm, egosentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa,shuning hisobidan 
boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadryatlari, 
turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandliq ularni qo‘porishga qaratilgan 
xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi. 
Albatta, xalqimiz, jumladan, yosh avlod g‘arb fan texnikasi, madaniyati, adabiyot-
u san’atining ilg‘or jihatlarini inkor etmaydi. Biroq g‘arbdagi taraqqiyparvar 
ziyolilaring o‘zi “g‘arbning muammosi” sifatida baholayotgan “ommaviy 
madaniyatning” ma’naviy axloqiy tubanliklarini yoshlarimiz qancha tez anglashsa, 
shuncha jamiyat uchun foyda bo‘ladi. Shu boisdan, mustaqillikning dastlabki 
yillaridanoq O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat 
rivojlanishining ma’naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdilar: 
-
Umuminsoniy qadryatlarga sodiqlik; 
-
Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 
-
Insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; 
-
Vatanparvarlik.
46
Haqiqatdan ham, bunday tamoyillar ostida yoshlarimiz ma’naviyatini 
mustahkamlash asosida ularning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga 
zamin yaratgan bo‘lamiz. Yuqordagilarga qo‘shimcha qilgan holda yoshlarning 
umummadaniy dunyoqarashining shakllanishida yana shu kabi bir qator pedagogik 
shart-sharoitlarni ham sanashimiz mumkin: 
-
Yoshlarni milliy, umuminsoniy qadryatlar asosida tarbiyalash va ularning shu 
qadryatlarga ega bo‘lishlari; 
-
Yoshlarga ta’lim berishda tarbiyani ta’lim bilan ta’limni tarbiya bilan olib 
borish va shular asosida ularni komil inson qilib tarbiyalash; 
-
Ta’lim jarayonida yoshlarga ularning intellektual salohiyatini oshirishga 
shart-sharoitlar yaratish; 
-
Yoshlarga vatanparvarlik tuyg‘ulari asosida ta’lim berish. 
Biz fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik davlatda yashar ekanmiz, 
jamiyatimizda har qanday fikr, qiziqishga hurmat bilan qaraladi. Ammo xatarli 
qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat o‘zini himoya qilishi lozim. Dunyoqarash 
tarbiyasi imkoniyatlarini rivojlantirishimiz uchun “ogohlik” iborasining 
ma’nolarini bugungi zamon sharoitidan kelib chiqib, ancha keng miqyosda 
tushunishimizga to‘g‘ri keladi. Ya’ni buguni ogohlik xalqimiz, ayniqsa, yoshlar 
dilini, ruhiyatini, aql-idroki va umuman ma’naviyatini diniy aqidaparastliq 
jaholatparastliklar xataridan tashqari, ayni paytda jahonda yuz berayotgan siyosiy, 
mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va estetik manfaatlar yo‘nalishidagi 
kurashlarning xatarli jihatlari, jumladan, “ommaviy madaniyat” ning yemiruvchi 
ta’siridan muhofaza qilishni o‘z ichiga oladi. Zero, globallashuv jarayoni, 
zamonaviy kommunikatsiya tarmoqlarining jadal rivojlanishi, madaniyatlararo, 
insonlararo muloqot kengayib borayotgan bir pallada Vatanimiz mustaqilligini 


265 
mustahkamlash, ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy-madaniy merosni asrab-avaylab 
va kelgusi avlodlarga bekami-ko‘st yetkazib berish, yoshlarimizni aqlli, dono, 
baxtli va barkamol etib tarbiyalash g‘oyatda muhim va ahamiyatlidir.
47
 

8-MAVZU. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA ASOSLARI. INNOVATSION 
PEDAGOGIKA. TA’LIMNING INTERFAOL METODLARI. O‘YIN 
TEXNOLOGIYALARI 
REJA 
“Pedagogik texnologiya”, “metodika”, “metod” tushunchalari. Pedagogik 
texnologiyaning mezonlari. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish bosqichlari. 
Pedagogik texnologiyalarning tuzilishi, maqsadi, vazifalari, metodologik asoslari. 
Ta’lim texnologiyasining darajalari. Ta’lim texnologiyasining turkumlanishi. 
Taksonomiya tushunchasi. B.Blumning o‘quv maqsadlari taksanomiyasi.
Innovatsion pedagogika mazmuni. Ta’lim tizimida innovatsiyalarning o‘rni. 
Ta’lim innovatsiyalarining turlari. Novatsiya va innovatsiya tushunchalari. 
Pedagogikada innovatsion o‘zgarishlarning yo‘nalishlari. Oliy ta’lim 
muassasalarida innovatsion jarayonlarni tashkil etishga ilmiy yondashuvlar. 
Pedagogning innovatsion faoliyati. Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga 
tatbiq etish bosqichlari.
Interfaol ta’lim. Interfaol metodlar. Grafik organayzerlar. Ta’lim jarayonida 
interfaol metodlarni qo‘llash. Interfaol ta’lim muhitini yaratishga qo‘yiladigan 
talablar. O‘yin texnologiyalari. O‘yin – shaxsning ruhiy rivojlanishini belgilovchi 
etakchi faoliyat turi sifatida. Pedagogik o‘yinlarning asosiy belgilari. 
G.K.Selevkoning pedagogik o‘yinlar tipologiyasi. 
Tayanch tushunchalar: pedagogik texnologiya, pedagogik texnologiyaning 
qonuniyatlari, pedagogik texnologiya tamoyillari, pedagogik texnologiya turlari, 
innovasion texnologiyalar, interfaol uslublar, texnologik loyihalash, texnologik 
xarita, innovasion pedagogika, ta’lim innovasiyalari, novasiya (yangilanish), 
innovasion faoliyat, ta’lim innovasiyalari, pedagogik jarayon 
Pedagogik texnologiya tushunchasi va uning mohiyati 


266 
XXIasr globallashuv, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va internet asri, 
ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda barcha sohalarda raqobat asri hisoblanadi. 
Shu bois, XX asrning oxirlariga qadar pedagog, metodist olimlar kimni, nimani va 
qanday o‘qitamiz degan savollar doirasida tadqiqot ishlari olib borgan bo‘lsalar, 
XXI asrdagi shiddatli ijtimoiy-iqtisodiy, fan-texnika taraqqiyoti ta’lim tizimini 
shaklan va mazmunan modernizasiya qilishni taqozo etdi. Ta’lim-tarbiya jarayoni 
samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida zamonaviy pedagogik 
texnologiya hamda axborot-kommunikasiya tenologiyalaridan unumli 
foydalanishga ehtiyoj paydo bo‘ldi. 
Darhaqiqat texnologiya- (yunoncha ”techne”- mahorat san’at, “logos”-tushuncha, 
ta’limot) ishlab chiqarishning biror sohasida xomashyo material, yarim fabrikat va 
shu kabilarga ishlov berish yoki qayta ishlash ularning holati, xossalari va shaklini 
o‘zgartirishda qo‘llaniladigan usullar (metodlar) majmui demakdir.i 
Jumladan, qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishda yangi texnika va 
texnologiyalarni qo‘llash natijasida yuqori sifat va miqdor o‘zgarishida samarali 
natijaga ega bo‘linadi. 
Pedagogik texnologiyalar g‘oyasining asoschilari AQShning pedagog, psixolog 
olimlari B.Blum, L.Larsen, B.Skinner, D.Finn, D.Kratval hisoblanadi. Ularning bu 
sohaga qo‘shgan ulushlari: o‘quv maqsadlari taksanomiyasi (1956y. B.Blum) 
audiovizual ta’lim (1946 y. L.Larsen), dasturli o‘qitish tizimi (1954 y . B.Skinner), 
o‘qitish texnologiyalari (1961y. D.Finn), dasturlashtirilgan ta’lim (LOGO) 
,1968y.S.Peypert), tarbiya texnologiyalari (----D.Kratval) ning nazariy asoslarini 
yaratdilar. 
60-70 yillarda pedagogik texnologiyalar sohasidagi turli ilmiy-nazariy
g‘oyalarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va amaliyotga tadbiq etilishining 
geografiyasi yanada kengaydi. AQSh, Italiya, Angliya, Fransiya, Yaponiya, 
Kanada, Koreya, Rossiya, Vengriya va boshqa mamalakatlarda maxsus pedagogik 
nashrlar, markazlar, Assosiasiyalar, ilmiy tadqiqot institutlari va ularda bo‘limlar 
tashkil etildi. 
80-yillardan boshlab Rossiyada ham pedagog olimlar tomonidan pedagogik 
txnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari keng tadqiq etila boshlandi. Jumladan, 
V.P.Bespalko (Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim) ,V.M.Monaxov (Aksiomatik 
yondashuv), M.A.Choshanov (Muammoli-modulli o‘qitish texnologiyasi), 
V.F.Shatalov (O‘quv materialining belgili modellari asosida ta’limni jadallashtirish 


267 
texnologiyasi), I.P.Volkov (Rejalashtirilgan o‘qitish), G.K.Selevko (Pedagogik 
texnologiyalar tasnifi), N.F.Galizina ilmiy pedagogik jixatdan tadqiq qilindi. 
90- yillardan boshlab O‘zbekistonda ham pedagogik texnologiyalarga oid 
dastlabki ilmiy tadqiqot ishlari paydo bo‘ldi. Shundan buyon pedagogik 
texnologiyalarning ilmiy-nazariy jihatlari N.S.Saidahmedov, J.Yo‘ldoshev, 
R.Jo‘rayev, U.Nishonaliyev, B.L.Farberman, N.Azizxo‘jayeva, U.Tolipov, 
A.Abduqodirov, A.Pardayev, R.Ishmuhammedov va boshqalar tomonidan tadqiq 
etib kelinmoqda. Respublikamizda “Innavasion texnologiyalar markazlari”, 
“Zamonaviy ta’lim”, “Fan va texnologiyalar” jurnallari tashkil etilgan. 
Ushbu atamaning mohiyati turli olimar tomonidan turlicha izohlanadi. Lekin u 
turlicha izohlansada biri ikkinchisini inkor etmaydi, balki bir birini ma’qullaydi, 
to‘ldiradi, uning yangi-yangi qirralarini asoslaydi. 
Bespalkoning fikricha pedagogik texnologiya-o‘quv jarayonini amalga 
oshirishning mazmunli texnikasi. Bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan 
pedagogik muvaffaqiyatlarini kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish 
jarayonini ifodalash-loyihalashdir. 
Педагогик технология

педагогик мақсадларга эришишда фойдаланиладиган шахсий имкониятлар, 
жиҳозлар ва методологик воситаларда амалда бўлишнинг тизимли йиғиндиси ва тартибини 
билдиради. (М.В.Кларин)


268 
ngdeq 
Педагогик технология

зарур шароит яратиш орқали ўқувчи ва ўқитувчининг ўқув жараёнини 
лойихалаштириш, ташкил этиш ва ўтказиш бўйича педагогик фаолиятнинг ҳар томонлама ўйлаган 
моделидир. (В.М.Монахов).
Педагогик технология

ўзида турли муаллифлар (манбалар)нинг барча таърифлари мазмунини 
қамраб
олган мазмуний умумлашма ҳисобланади. (Г.К.Слевко).


269 
Педагогик технология

бу ўқитувчи (тарбиячи)нинг ўқитиш (тарбия) воситалари ёрдамида ўқувчи 
(талаба)ларга муайян шароитда таъсир кўрсатиш ва акс таъсир маҳсули сифатида уларда олдиндан 
берилган шахс сифатларини жадал шакллантиришни кафолатлайдиган жараёндир. 
(Н.Сайидаҳмедов)
Педагогик технология

илмийликка асослангани ҳолда, вақти ва маконга нисбатан 
дастурлаштирилган, олдиндан аниқ белгиланган натижага олиб келувчи, педагогик жараёнларга 
оид компонентларнинг барчасини бирдек ишга сола олувчи тизимдир. (Р.Жўраев)
Педагогик технология

дунё фан
-
техника тараққиёти талаблари асосида кадрлар тайёрлаш сифат 
самарадорлигини таъминлаш мақсадида ўқитувчи ва ўқувчининг интеллектуал имкониятлари, 
маҳорати илғор педагогик тажрибалар, фан ютуқларидан унумли фойдаланган ҳолда ўқув
-
тарбия 
жараёнини модернизация қилиш, лойиҳалаштириш, олдиндан режалаштирилган, юқори натижага 
эришиш кафолатидир.(О.Мусурманова)
Педагогик технология

таълим мақсадларига ва шахснинг ривожланишига қаратилган педагогик 
фаолиятни муттасил равишда ривожлантириш тизимини лойиҳалашдир. (Н.Азизхўжаева)


270 
Pedagogik texnologiya atamasiga berilgan yuqoridagi ta’riflar “YuNESKO” 
ta’rifidan kelib chiqqan holda shakllantirilgan bo‘lib, barchasining negizida o‘quv 
va tarbiya jarayonining natijalarini aniq bashorat qilgan holda uni loyihalashtirish 
va yuqori samaradorlikka erishishning kafolati yotadi. 
Ta’lim tizimi iste’molida “Pedagogik texnologiyalar”, “Zamonaviy pedagognik 
texnologiyalar”, “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar” kabi atamalardan 
foydalanilmoqda. Ushbu tushunchalarning maqsad va mazmuni bir xil bo‘lsada, 
ularning xususiy ishlatilish jarayoni turlicha bo‘lishi mumkin. 
Pedagogik texnologiyalar ta’limni tashkil etishning an’anaviy shakllariga nisbatan 
quyidagi konseptul ijtimoiy xarakterdagi imkoniyatlarni yaratilishi bilan 
xarakterlanadi: 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi talablari asosida hukumatimiz va davlatimizning 
ma’naviy, jismoniy kamol topgan, erkin va mustaqil fikrlaydigan, respublikamizni 
jahon hamjamiyatiga yanada integrasiyalashuviga munosib hissa qo‘shadigan, 
ilg‘or texnika va texnologiyaga oid bilim, ko‘nikma va malakaga ega bir nechta 
kasb sirlarini egallagan chet tillarda erkin so‘zlasha oladigan, raqobatbardosh 
mutaxassislarni tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan muhim chora-tadbirlar 
muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. 
zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologgiyalaridan 
foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini amaliyotga joriy etish uchun 
shart-sharoit imkoniyatlar yaratiladi; 
Педагогик технология

таълим шаклларини такомиллаштириш вазифасини кўзлаган ўқитиш ва 
бошқаларни ўзлаштиришнинг барча жараёнларини техника ва инсон омилларида, уларнинг 
биргаликдаги ҳаракатлари воситасида яратиш, татбиқ этиш ва аниқлашнинг изчил методи 
демакдир. (ЮНЕСКО)


271 
zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallardan foydalanish zamirida ta’lim-tarbiya 
jarayoni puxta rejalashtiriladi, bashoratlanadi, loyihalashtiriladi, natija 
kafolatlanadi; 
ta’lim-tarbiya jarayoni subyektlari mavjud ilmiy-nazariy, metodik 
zaxiralaridanoqilona foydalanadilar, vaqtni unumli sarflaydilar, pedagogik ijodiy 
faoliyat vujudga keladi, kommunikativ kompetentligi namoyon bo‘ladi; 
jamoada iqtisodiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘ladi, uni innovasion boshqarishga 
erishiladi; 
“O‘qituvchi global internet tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish 
usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovasion pedagogika, axborot 
kommunikasiya texnologiyalarini egallash va ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq 
etish” bo‘yicha o‘z kasb mahoratini, ilmiy-pedagogik faoliyatini doimiy oshirib 
borishga ma’suliyat bilan yondoshadi. 
Pedagogik texnologiyani o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud bo‘lib, ular 
quyidagilardan iboratdir: 
dars jarayonida beriladigan materiallarning ilmiy-nazariy qimmatga egaligi; 
o‘quv tarbiya jarayonini puxta loyihalashtirilishi, dasturlanishi; 
o‘qituvchi va o‘quvchida subyekt-subyekt sifatidagi kommunikativ qobiliyatining 
to‘liq safarbar etilishi; 
o‘quv tarbiya jarayonida o‘qituvchi ijodkorligi, kasbiy kompetentligi, 
tashabbuskorligi, navatorligining yaxlit namoyon etishi yuzasidan umumpedagogiq 
psixologik hamda o‘quv fani chuqur bilimga, amaliy tayyorgarlik bo‘yicha bilim, 
ko‘nikma vamalakalarga ega bo‘lishi; 
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga innovasion yondoshuv, AKTdan unumli 
foydalanish,yangi va zamonaviy ta’lim texnologiyalarning amaliyotda tatbiq 
etilishi; 
ta’lim-tarbiya jarayonini innovasion boshqarish va unga rahbarlik; 
ta’lim-tarbiya maqsadiga yetish, yuqori natijani qo‘lga kiritish uchun inson 
imkoniyatlari bilan texnik quvvatning yakdil xarakatga keltirilishi; 
har bir texnologiyaning metodi jihatdan individualligi lekin metodologiyaning 
ko‘zlagan maqsadning bir xilligi, pedagogik muvaffaqiyatlarning kafolatlanganligi; 


272 
Ижодий фаолият –
бу ўқитувчи ва 
ўқувчидаги аниқ ягона мақсадга 
қаратилган
руҳий, интеллектуал 
салоҳият, қобилият, маҳоратни 
бирлаштириш замирида 
илмийкашфиётлар,ихтиролар яратиш 
демакдир.
“o‘quv tarbiya jarayoni 
takrorlanuvchanligini ta’minlanishi va 
tezkor qaytuvchan aloqaning mavjudligi”; 
pedagogik faoliyatning qiziqarliligi, 
sinfning yoppasiga faolligini ta’minlanishi, 
o‘quvchi bilimini to‘liq namoyon etishga, 
qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga 
qaratilganligi, vaqtdan unumli 
foydalanilishi, har ikkala subyektning o‘z 
ustida ishlash motivining yuqoriligi; 
o‘quvchidagi bilish faoliyatini, o‘zlashtirish darajasini samaradorligini 
ta’minlashga yo‘naltirilganligi bilan xarakterlanadi. 
Pedagogik texnologiyalarning negizida o‘quvchi va o‘qituvchining ijodiy 
pedagogik faoliyati yotadi. 
Ilmiy - nazariy faoliyat jarayonida o‘qituvchi ilmiy, nazariy, metodik xarakterdagi 
manbalarni o‘rganadi va o‘z faoliyati jarayonida undan ijodiy foydalanadi. 
O‘quvchi esa yangi ilmiy-nazariy bilim egallaydi. O‘z tajribalari asosida ilmiy-
metodik materiallar (tezis, ma’ruza, maqola, uslubiy qo‘llanma, o‘quv qo‘llanmasi, 
darslik va b.q) tayyorlashi va chop etilishi mumkin. V.Ye.Pisarev va 
T.Ye.Pisarevalarning fikricha ilmiy pedagogik faoliyat nazariy va tajriba-sinov 
ko‘rinishlaridan iboratdir. 
Pedagogik faoliyatning amaliy jihati esa o‘qituvchining ilmiy-nazariy, metodik 
bilimni o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchi 
bilan bo‘ladigan kommunikativ faoliyatida 
ijodkorlik va mahorat bilan namoyon 
etishdir. Har ikkala subyektning ham o‘quv 
fani bo‘yicha samaradorlikka erishish 
mezonlari aynan shu bosqichda o‘zini 
namoyon etadi. Ruhiy-kommunikativ 
jarayon o‘qituvchi va o‘quvchining ichki 
ruhiyati, dunyoqarashi, ma’naviy dunyosi, 
hatti-xarakati, ongi, tafakkuri bilan bog‘liq. 
O‘qituvchi ham o‘quvchi ham dars jarayoniga aynan ruhiy-kommunikativ holatda 
ijodiy yondoshadi. Ya’ni, fanga munosabat, darsga tayyorgarliq unda faollikni 
Ижодий педагогик фаолият мазмунан 
3 та турга бўлинади. Яъни,
илмий
-
назарий;
амалий;
руҳий
-
коммуникатив.


273 
namoyon etish, ijodiy yondoshish, izlanish, yangiliklarni ma’qullash, progressiv 
g‘oyalarni tezkor qabul qilish, ma’suliyatliliq tashabbuskorlik va boshqa pedagogik 
va psixologik holatlar aynan ruhiy-kommunikativ vaziyat bilan bog‘liqdir.Ijodiy 
pedagogik faoliyat mazmunan ta’lim berish, tarbiyalash, rivojlantirish, boshqarish 
natijani analiz va sintez qilish, monitoring olib borish, xulosa va tavsiyalar yaratish 
va baholash kabi tarkibiy qismlardan iboratdir. 
Metatexnologiya- mohiyatan ijtimoiy-siyosiy, ta’lim-tarbiyaviy jarayonning 
geografiyasini kengligi bilan xarakterlanadi. Ya’ni mamalakat, mintaqa, ta’lim 
muassasi miqyosida tatbiq etiladigan rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi, 
mintaqaviy ta’lim sifatini boshqarish texnologiyasi, ta’lim muassasida tashkil 
etiladigan tarbiyaviy ishlar texnologiyasi tarzida bo‘lishi mumkin. 
Makrotexnologiya- ma’lum bir o‘quv tarmog‘i, ta’lim-tarbiya yo‘nalishi, o‘quv 
fanlariga xos bo‘lgan pedagogik texnologiyalar demakdir. Masalan u yoki bu o‘quv 
fanini o‘qitish texnologiyasi, to‘ldiruvchi ta’lim texnologiyasi. 
Mezotexnologiya moduli- lokal texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonini ma’lum 
bir qismining didaktiq tarbiyaviy, metodik vazifalarini hal etishga yo‘naltiriladi. 
Masalan, subyekt va obyektning alohida faoliyat turlari, bilimlarni o‘zlashtirish, 
materiallarini takrorlash, o‘quvchilar bilimini, tarbiyalanganlik darajasini nazorat 
qilish texnologiyasi. 
Mikrotexnologiya- kichik hajm,doiradagi tezkor vazifalarni bajarishga 
subyektlarning individual va o‘zaro maqsadli harakatini samarali tashkil etishga 
qaratiladi. Masalan, yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasi, shaxsning u 
yoki bu sifatlarini shakllantirishga qaratilgan texnologiya.
Pedagogik texnologiyaning gorizontal tuzilmasi esa mohiyatan bir-biri bilan 
aloqador uch asosiy jihatdan iboratdir: 
Ilmiylik - u yoki bu texnologiyaning pedagogika va boshqa turdosh fanlarning 
ilmiy-nazariy g‘oyalari asosida ifodalanishidir. 
Педагогик фаолиятни яхлит қамраб олишга қаратилган педагогик технологияни вертикал 
тузулмасини 4 гуруҳга ажратиш мумкин. (Г.К.Селевко)


274 
Rasmiy tavsifiy-texnologiya oldindan bashorat qilingan natijaga erishish uchun 
maqsad, vazifa mazmun, shakl, metod va vositalar, faoliyat algoritmi, qo‘llanilgan 
modellar majmuasi ifodalanishidir. 
Jarayonli faoliyat- ta’lim-tarbiya maqsadiga erishish faoliyat jarayonida amalga 
oshadi.O‘quvchi va o‘qituvchining kommunikativ munosabatlari, ta’lim-tarbiyaviy 
faoliyatni puxta rejalashtirish, tashkil etish, yakuniy xulosa chiqarish. Boshqarish, 
natijani taxlil etish va baholash aynan amaliy faoliyat jarayonida namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiyalarning fanga va ta’lim-tarbiya 
amaliyotiga kirib kelishi davr talabi, pedagogika va metodika fanlarining rivoji, 
kadrlar tayyorlash borasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlarning mahsulidir. 
Pedagogik texnologiyaning qonuniyatlari, tamoyillari va turlari 
Pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos qonuniyatlari ham mavjud bo‘lib, ularga 
o‘quv-tarbiya jarayonida amal qilinishi zamirida pedagogik faoliyat natijalarida 
ijobiy sifat o‘zgarishi kafolatlanadi. “Ta’lim qonuniyatlari ta’lim jarayonida ro‘y 
beradigan xodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar, ularning mohiyatini 
ifodalovchi shart-sharoit, asosdir” 48 
Pedagogik texnologiyaning qonuniyatlari quyidagilardan iborat: 
- o‘quv-tarbiya jarayonini puxta loyihalashtirish, bashoratlash, dasturlashtirish 
zamirida o‘qituvchi va o‘quvchi bilimi, imkoniyatlari, qobiliyatini metodik-texnik 
vositalar bilan birlashtirgan holda sifat va samaradorlikka erishish; 
48
Иноятов У.И.ва бошқалар, Педагогика: 1000та саволга 1000та жавоб.
-
Т.: ТДПУ,2012.
-
147 бет.


275 
- o‘quv-tarbiya jarayonini jamiyat 
taraqqiyoti talablari, asosida tashkil 
etish, vaqtdan unumli foydalanish, 
natijaning kafolatlanganligi; 
- o‘quv-tarbiya jarayonida fan-texnika 
taraqqiyoti yutuqlaridan samarali 
foydalanishda subyekt-subyekt faolligi 
navatorligi, ijodkorligining ustuvorligi, 
pedagogik hamkorligi; 
- ta’lim-tarbiya mazmuni, shakli, 
metod va vositalarining progressiv 
xarakterga egaligi; 
- ta’lim-tarbiya jarayonini 
boshqarishning innovasion 
xarakterdaligi; 
- o‘zlashtirishning puxtaligi, natijaning 
amaliy xarakterdaligi; 
- o‘tiladigan mavzu mazmunining mohiyati texnologik vositalar (interfaol 
metodlar, AKT, texnologiyalar) asosida 
o‘quvchilarning yosh va individual 
xususiyatlarini inobatga olgan holda 
tanlanishi. 
Pedagogik texnologiyaning 
metodologik asosi bo‘lib, umuminsoniy va 
milliy qadriyatlarda, O‘zbekiston 
Republikasining yoshlar ta’limi va 
tarbiyasiga oid qonuniyatlarida
ratifikasiya qilingan xalqaro qonun 
xujjatlarida, O‘zbekiston Prezidentining ma’ruzalari, asarlari, Farmon, qaror va 
farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquqiy-
me’yoriy hujjatlarida, Davlat dasturlarida, mamalakatimiz hamda dunyo 
miqyosida ta’lim texnologiyalariga oid ixtirolar, novatorlik g‘oyalari, mutaxassis 
olimlarning ushbu soha yuzasidan olg‘a surgan ilmiy-nazariy g‘oyalari, qarashlari, 
xulosa va tavsiyalari xizmat qiladi. 
Методология (юнонча “”methodos
-
йўл, усул, 
“logos”

таълимот)

шахснинг амалий ва 
назарий фаолиятини тўғри уюштириш, тузиш 
тўғрисидаги таълимот: илмий билиш ва 
дидактик тараққиёт моҳиятини ёритувчи 
устувор ғоя, етакчи тамойил, муҳим 
қонуниятлар, назарий ҳамда амалий 
ёндошувлар мажмуидир.
Таълим
-
тарбия жараёнини лойиҳалашга ва уни 
амалга оширишга, технологик ёндашув бир неча 
босқичдан иборатдир.
I босқич

таълим
-
тарбия жараёнининг умумий ва 
хусусий мақсад, вазифаларини белгилаб олиш.
II босқич

натижани башоратлаш, педагогик 
психологик, методик тасхишлаш.
III босқич

таълим
-
тарбия жараёнини 
лойиҳалаштириш.
IV босқич

пухта режа, лойиҳалаштириш асосида 
ўқув
-
тарбиявий жараённи ташкил этиш.
V босқич

натижани баҳолаш, умумлаштириш, 
хулосалаш, қарор қабул қилиш, фаолиятнинг 
келгуси янги йўналишларини белгилаб олиш.


276 
Metodologik asos esa- muayyan nazariya va ta’limotlarning yetarlicha ilmiy 
asoslanishi, shaxs faoliyatini to‘g‘ri uyutirish uchun asos (negiz) bo‘lib xizmat 
qiladigan muhim, yetakchi g‘oyalardir.49 
Demaq pedagogik texnologiyaning ijtimoiy hayot taraqqiyotiga ta’siri, jamiyat 
talablari asosida inson kapitalini yaratishdagi o‘rni unga metodologik yondoshuvga 
bog‘liqdir. Chunki ta’lim muassasalari kadrlar tayyorlashda jamiyat va davlat 
buyurtmasini bajaradi. 
Pedagogik texnologiyaning mohiyatini ta’lim-tarbiya jarayonini texnologik 
yondoshuv ya’ni, qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun o‘quv vositalaridan 
aniq va samarali foydalanish, mavjud texnik hamda metodik imkoniyatlarni to‘liq 
safarbar etishdan iboratdir. Texnologik yondashuv jarayonni loyihalashning 
metodik muvaffaqiyati garovidir. 
Ushbu bosqichlar mantiqan bir - birini davom ettiradi, shaklan va mazmunan 
to‘ldiradi. Bunday yondashuv ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda izchillik va 
sistematiklikni ta’minlaydi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonini texnologik yondashuv asosida loyihalashtirish va uni 
amaliyotga tatbiq etishda bir qator ta’limiy-tarbiyaviy vzifalar o‘z-o‘zidan hal 
etiladi. Jumladan, umumiy va xususiy maqsadlar, ta’lim-tarbiya tamoyillari, 
qonuniyatlari aniqlanadi, jarayon loyihalashtiriladi (shakl, metod, vosita, mazmun, 
vaqt me’yorlari, bilim, malaka, ko‘nikma mezonlari, ilg‘or tajriba, fan-texnikaning 
zamonaviy yutuqlari, xalqaro ta’lim-tarbiya natijalariga qo‘yiladigan talablar, 
pedagogik ijodiy hamkorlik va b.q), tashxislanadi, ta’lim-tarbiyaning mazmunan va 
tematik yangi yo‘nalishlri belgilanadi, jarayonni boshqarishning innovasion shakli 
49
Иноятов У.И.ва бошқалар, Педагогика: 1000та саволга 1000та жавоб.
-
Т.: ТДПУ,2012.
-
62 бет.
Хусусий тамойиллар
ижодкорлик, ташаббускорлик;
таълим
-
тарбия жараёнига дастурий муносабат;
ўвув
-
тарбия жараёнини олдиндан лойиҳалаш;
узвийлик ва узвийсизлик;
технологик ёндашувнинг устуворлиги;


277 
aniqlanadi, natijalar standartlashtiriladi, ta’lim-tarbiya jarayonining ham obyekti 
ham subyekti hisoblangan o‘qituvchi va o‘quvchining kommunikativ faoliyatining 
shakli va mazmuni rejalashtiriladi.O‘qituvchi va o‘quvchining ichki va tashqi 
resurslaridan oqilona foydalaniladi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini kafolatlovchi pedagogik 
omillardan biri tamoyillar hisoblanadi.
“Ta’lim tamoyillari- ta’lim nazariyasining asosiy yetakchi qoidalari bo‘lib, 
o‘qitish asosidagi ta’lim va uni tashkil etish jarayonini tashkil etish mazmuni, 
shakli, metodi, vositalari tanlaishini belgilaydigan boshlang‘ich asoslar 
hisoblanadi”50 
Darhaqiqat, pedagogik texnologyaning umumpedagogik (didaktiq tarbiya, 
boshqarish) tamoyillari bilan bir qatorda aynan o‘ziga xos bo‘lgan xususiy 
tamoyillari ham mavjud. (1-shakl). Ta’lim-tarbiya jarayonida foydalaniladigan 
tamoyillar loyihalashtirilgan dars mavzusining xarakteri, o‘quvchi shaxsi hamda 
sinf jamoasining o‘quv fanga bo‘lgan qiziqishi, qobiliyati, ehtiyoji, dunyoqarashi, 
psixologik xususiyatlari, motivasiyasi, faolligi va boshqa xususiyatlariga qarab 
tanlanadi. Bir o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulot jarayonida bir necha tamoyillardan 
foydalaniladi. 
Pedagog olimlarning tasnifiga ko‘ra pedagogik texnologiyalarni mazmun, 
mohiyat, yo‘nalishiga qarab 12 ta turga ajratiladi.51 
Qo‘llanish darajasi bo‘yicha (umumiy pedagogik; xususiy predmetli; lokalli, 
modulli, tor pedagogik). 
Falsafiy asos bo‘yicha (materializm, idealizm, dialektiq metafiziq insonparvar, 
noinsonparvar, antroposofiya, teosofiya, pragmatizm, ekzistensializm, sionizm). 
Ruhiy rivojlanishning yetakchi omillari bo‘yicha (biogenli, sosiogenli, psixogenli, 
idealistik). 
50
Иноятов У.И.ва бошқалар, Педагогика: 1000та саволга 1000та жавоб.
-
Т.: ТДПУ,2012.
-
125 бет.
51
Г.К.Селевко, Современные образовательные технологии, М.1988.


278 
O‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha (assosativ-reflektorli, rivojlantiruvchi, 
bixevioristiq geshtalttexnologiya, suggestiv, neyrolingivistik). 
Shaxs tuzilmasiga yo‘naltirilganlik bo‘yicha (informasion, operasion, hayajonli-
ahloqiy, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi, evristik va amaliy). 
Mazmknli va tuzilish xarakteri bo‘yicha (ta’limiy va tarbiyaviy, dunyoviy 
vadiniy, umumta’lim va kasbga yo‘naltirilgan, gumanitar va texnokartiq turlicha 
sohaviy texnologiyalar, xususiy predmetli hamda monotexnologiyalar va 
politexnologiyalar). 
Tashkiliy shakllar bo‘yicha (sinf-dars, muqobilli, akademiq yakka tartibli, guruhli, 
jamoa bo‘lib o‘qish usullari, tabaqalashtirilgan ta’lim). 
Bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish turi bo‘yicha (ma’ruzali klassik 
o‘qitish; audiovizual texnik vositalar yordamida o‘qish; “maslahatchi tizim”; kitob 
yordamida o‘qitish; “repetitor” tizimi; “dasturli ta’lim” V.P.Bespalko). 
Bolaga yondashish bo‘yicha (avtoritar, didaktosentriq shaxsga yo‘nalgan 
texnologilar, hamkorlik texnologiyasi, erkin tarbiyalash texnologiyasi, ezoterik 
texnologiyalar). 
Ustuvor metodlar bo‘yicha (reproduktiv, tushuntirish-ko‘rsatish, rivojlantiruvchi 
ta’lim, muammoli ta’lim, ijodiy; dasturli ta’lim, dialogli, o‘yinli ta’lim, o‘z-o‘zini 
o‘qitish ta’limi, bilan ishlash informasion ta’lim). 
Mavjud an’anaviy tizimlarni yangilash yo‘nalishlari bo‘yicha (munosabatlarni 
insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosida; bolalar faoliyatini 
Умумпедагогик тамойиллар
илмийлик;
изчиллик;
системалилик;
ижтимоий
-
ғоявийлик;
кўргазмалилик;
таълим
-
тарбия бирлиги;
назариянинг амалиёт билан боғлиқлиги;
инсонпарварлик;


279 
Инновация
-
(ингл.innovationas
-
in- 
киритиш, novatsiya

янгилик, 
янгилик киритиш) –
илмий
-
техник ресурслар, педагогика 
фани ютуқлари, илғор 
тажрибалардан унумли 
фойдаланган ҳолда таълим
-
тарбия жараёнини тизимли, 
ижодий ташкил этиш 
faollashtirish va jadallashtirish asosida; tashkillashtirish va boshqarish 
samaradorligi asosida; o‘quv materiallarini metodik va didaktik rekonstruksiyalash 
asosida; tabiatan monandliq muqobillik texnologiyalari; mualliflik maktabining 
yagona texnologiyasi). 
Tahsil oluvchilar toifasi bo‘yicha (ommaviy texnologiya, olg‘a odimlovchi 
ta’lim, to‘ldirvchi; o‘zlashtirmovchilar bilan ishlash texnologiyalari, iqtidorlilar 
bilan ishlash texnologiyalari). 
Innovasion texnologiyalar va interfaol uslublar. 
Innovasion texnologiyalar- ta’lim-tarbiya jarayoniga yangilik kiritish zamirida 
uning sifat samaradorligini ta’minlashga erishish demakdir. Innovasion 
texnologiyalar interfaol uslublar orqali amalga oshiriladi.
Innovasion ta’lim tushunchasi ilk bor 1979 yilda 
Rim klubida “Ta’lim olishning chegarasi yo‘q” 
(“Net predelov obucheniyu”) mavzusida 
o‘qilgan ma’ruzada ilgari surilgan bo‘lib, u 
ta’lim sohasidagi ilg‘or g‘oyalarni amaliyotga 
tatbiq etish, rag‘batlantirish, saralash, 
mukammalligi ta’minlash, ommalashtirish 
imkonini beradi. 
Interfaol (“inter” bu o‘zaro, - “akt”- harakat 
qilmoq)- o‘zaro harakat qilish, o‘zaro kommunikativ 
aloqa, motavasiya, (ta’lim motivasiyasi, tarbiya motivasiyasi) 
asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning samarali uslubidir. Ushbu 
jarayonda ta’lim-tarbiya motivasiyasi- ilmiy-nazariy bilim egallash, qonuniyatlarni 
o‘rganishi hamda o‘rgatish bo‘yicha subyektlar maqsadlari yakdilligi, qiziqishi, 
ehtiyoji, istak va hohishi muhim ahamiyatga egadir. 
U ta’lim-tarbiya jarayoni subyektlari o‘rtasidagi ijodiy hamkorliq yakdil qaror 
qabul qilish, erkin fikrlash,jamoada ma’naviy do‘stona muhit vujudga keltirish, 
yagona maqsadga qaratilgan kommunikativ hamkorlikni ta’minlaydi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonini interfaol usullar vositasida texnologiyalashtirilishida 
kommunikativ harakat quyidagi zanjir asosida bo‘lishi mumkin: 


280 
O‘qituvchi (o‘qituvchi)- o‘quvchi (talaba); o‘quvchi (talaba)- o‘qituvchi 
(o‘qituvchi); o‘qituvchi (o‘qituvchi); sinf jamoasi (guruh); sinf jamoasi (guruh)- 
o‘qituvchi (o‘qituvchi); 
o‘quvchi (talaba)- ta’lim muassasi jamoasi- o‘qituvchi (talaba); 
o‘quvchi (talaba)- o‘quvchi (talaba); 
o‘quvchi, o‘qituvchi, sinf jamoasi (talaba, o‘qituvchi, guruh jamoasi)- fuqarolik 
jamiyati institutlari; 
o‘quvchi (talaba); o‘qituvchi (o‘qituvchi) - ota-onalar; ota-onalar- o‘qituvchi 
(talaba), o‘qituvchi (o‘qituvchi); 
maktab (OO‘Yu) jamoasi – keng jamoatchilik; jamoatchilik- maktab (OO‘Yu). 
Interfaol uslublar xilma-xil bo‘lib, ulardan amaliyotda ko‘p qo‘llaniladigani 
quyidagilardir: 
“Ajurli arra”, “Keys-stadi”, “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Zanjir”, “Markazda 
talaba”, “Markazda murabbiy”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Algoritmlarni 
qo‘llash”, “Tahlil qilish”, “Taqdimot”, “Blis so‘rov”, “Debat”, “Qora quti”, 
“Qarorlar shajarasi”, “Zig-zag” va b.q 
Bizning nazarimizda innovasion pedagogik texnologiyalar atamasi eng 
zamonaviy, eng samarali, eng natijali, eng ta’sirli noyob imkoniyatlarga ega 
pedagogik texnologiyalarga nisbatan ishlatiladi. 
Pedagog olimlarning tasnifig ko‘ra ta’lim-tarbiya amaliyotda pedagogik 
texnologiyalarning juda ko‘plab turlaridan foydalaniladi. 
Pedagogik texnologiyalardan ilmiy-texnik resurslar bazasi, o‘quv fani 
xarakteri, maqsad va vazifalari, mazmuni, didaktik jarayonning mohiyati, 
subyektlar imkoniyati, motivasiyasi, muhit va sharoit inobatga olinadi. 
Ularning ba’zilari: 
munozara texnologiyasi; 
pedagogik o‘yin texnologiyasi; 
dasturli ta’lim texnologiyasi; 
muammoli o‘qitish texnologiyasi; 


281 
kompyuterli- axborot texnologiyasi; 
boshqaruv texnologiyasi texnologiyasi; 
masofadan o‘qitish texnologiyasi; 
“bumerang” texnologiyasi; 
mustaqil ta’lim texnologiyasi; 
tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiya ; 
modulli texnologiya; 
“3 4” texnologiyasi; 
“muammo” texnologiyasi; 
FSMU texnologiyasi; 
“Muloqot” texnologiyasi; 
“Munosabat” texnologiyasi; 
“Tanishuv” texnologiyasi; 
“Zinama-zina” texnologiyasi; 
“Master klass” texnologiyasi; 
“Dasturiy” ta’lim texnologiyasi; 
Individual ta’lim texnologiyasi; 
Trening texnologiyasi va boshqalardan iboratdir. 
O‘quv maqsadlarini texnologik loyihalash 
Ta’lim texnologiyasida o‘quv maqsadlarini loyihalash, uning bosqichlari 
sifatini ta’minlash, ta’lim subyektlarini kognitiv jarayonga tayyorlash, innovasion 
didaktik materiallar yaratish, ta’limni tashkil etish va uning samarali natijasini 
ta’minlash, o‘quvchining chuqur bilim, ko‘nikma va malakasini egallashiga 
erishishiga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uchun esa ta’lim texnologiyasi 
tarkibiy tuzilmasining izchilligi, muhim ahamiyatga egadir. K.Ishmatovning 
tasnifiga ko‘ra u quyidagi tarkibiy qirralardan iboratdir. 


282 
o‘quv maqsadlarini ketma-ketlik qatorini ishlab chiqish yoki pedagogik maqsadlar 
taksanomiyasi tizimini yaratish; 
o‘quv maqsadlarini nazorat topshiriqlariga aylantirish; 
maqsadlarga erishish yo‘llarini qo‘llash; 
korreksiya (tuzatish); 
natijani baholash;52 
Taksanomiya (grekcha-tartib bilan joylashish) asosan biologiya fanida obyektlarni 
tabiiy o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib, 
tobora murakkablashib boradigan 
ketma-ketlikda turkumlash, 
sistemalashtirish degan ma’noda 
ishlatilib kelinadi. Aynan shu 
mazmundan kelib chiqqan holda 
pedagogika fanlari turkumida ham 
taksanomiya atamasi ta’lim 
maqsadlarini turkumlash, 
sistemalashtirish va ularning ketma-
ketligini ta’minlash maqsadida 
ishlatiladi.
Ta’lim maqsadlarini turkumlash 
muammosi ilk bor AQSh psixolog 
olimi B.Blum tomonidan 1956 yil “Taksanomiya” ilmiy asarida iste’molga 
kiritilgan. U o‘quv maqsadlarini kognitiv sohasini trtibli tizimini ilmiy-nazariy 
asosladi, uning bu tizimi dunyo pedagog va psixolog olimlari shuningdeq 
YuNESKOtomonidan ham tan olindi.
Kognitiv (bilishga oid) soha. Bu o‘qituvchining bilim, ko‘nikma malakani 
egallashgacha bo‘lgan pedagogik-psixologik talablarni o‘z ichiga oladi. Ya’ni, 
yangi bilimlarni o‘zlashtirish, uning mazmun va mohiyatini chuqur anglash, 
hayotda qo‘llay bilish, turli nazariy g‘oyalarni qiyosiy tahlil etish zamirida 
xulosalar chiqarish, axborotlarni to‘g‘ri qabul qilish va baholash kabilarni o‘zida 
namoyon etadi. Bilish falsafiy nuqtai nazardan “ma’naviy-ruhiy hodisa” insonning 
olamini anglash qobiliyati, saralangan,tartibga solingan, muayyan usul (metod) 
52
Ишматов К. Илғор педагогик технологиялар.Наманган, 2000 й. 58
-
бет.
1956 йилда ЮНЕСКО томонидан Б.Блум 
таксаномиясининг 40 йиллиги ҳалқаро 
миқиёсда нишонланди. Бутун дунё педагог
-
психолог олимлари томонидан яна қатор 
таксаномиялар ишлаб чиқилган бўлиб, 
амалиётда фвқат Б.Блум таксаномиясидан 
фойдаланилади.
Б.Блум таксаномияси ўқитувчи учун учта соҳада 
ёрдам беради.
1. Когнитив (билишга оид) соҳа.
2. Аффектив (ҳиссиётли
-
қадриятли) соҳа.
3. Психомотор (харакатга оид) соҳа.


283 
yordamida olingan, ma’lum mezonarga (me’yorlarga) muvofiq tartibga solingan, 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, odamlar va butun jamiyat tomonidan aynan bilish 
sifatida tan olinadigan axborot. U amal qilinish darajasiga ko‘ra kundalik yoki 
odatdagi va maxsus; sohalarga ko‘ra kasbiy va amaliy; shaxsga doir aqliy bilish va 
hissiy bilish turlariga bo‘linishi mumkin.53 
DTS, darsliklar, dasturlar, o‘quv metodik qo‘llanmalar, ilmiy-nazariy adabiyotlar, 
AKT yangiliklari, ilg‘or amaliy tajriba natijalari bilish uchun vositadir. Kognitiv 
maqsadlarga asosan dars jarayonida erishiladi. 
Affektiv (hissiyotli-qadriyatli)soha. Bunga, ilmiy-nazariy bilimlarni oddiy idrok 
etish, ularni chuqur o‘zlashtirish va o‘z munosabatlarini bayon etish bosqichlaridan 
to o‘qitiuvchining atrof-muhitga, bo‘layotgan voqyea-xodisalarga nisbatan hissiy-
shaxsiy nuqtai-nazarini shakllantiruvchi maqsadlar majmuasi kiradi. O‘quvchining 
u yoki bu nuqtai nazarga, voqyea-xodisaga qiziqish, o‘z munosabatini bildirishi, 
mohiyatan anglab yetishi, xulosa chiqarishi, qaror qabul qilishini shakllantirish 
kabi maqsadlar shular jumlasidandir. 
Bu o‘rinda hissiyotni ijobiy natija uchun yo‘naltirish, uni jilovlay bilish, qo‘yilgan 
maqsadga yetish uchun zamindir. Affektiv maqsadlar shaxsning ichki hissiy holati, 
rivojlanish darajasi bilan bog‘liq. Bu taksanomiya asosan tarbiya natijasini 
tashxislashda qo‘llaniladi.
Psixomotor (xarakatga oid) soha.Bu o‘qituvchining psixologiq ma’naviy xatti-
xarakatini maqsad sari yo‘naltirish bilan bog‘liq holatdir. Ya’ni, unga harakat 
yo‘nalishini ongli ravishda boshqarish, harakatlarning o‘z o‘rnida, o‘qituvchi-
o‘quvchi eteketi doirasida bo‘lishini ta’minlash, chaqqonliq aktyorlik mahoratini 
namoyon etish, tartibli, estetik harakatni muvofiqlashtirish shakllantirishga oid 
maqsadlar kiradi. 
Psixomotor soha o‘quv maqsadlari aniq namoyon bo‘ladigan hatti-xarakatlar bilan 
xarakterlanadi. B.Blum taksanomiyasining tarkibiy qismlari: bilish,tushunish, 
qo‘llash, analiz, sintez, baholash kabilardan iboratdir. 
Bilish-ilmiy-nazariy bilimlarni g‘oyalar, aniq dalillar, xulosa va tavsiyalar, amaliy 
tajriba asosida xotirada saqlab qolishdan iboratdir. Egallangan bilim takror alash 
zamirida mustahkamlanadi, darslikdan tashqari uslubiy, o‘quv qo‘llanmalar, OAV, 
53
Маънавият: асосий тушунчалар изоҳли луғати.
-
Т.: Ғофур Ғулом номидаги нашриёт
-
матбаа ижодий 
уйи, 2009 й. 79
-
бет.


284 
internet materiallari vositasida to‘ldiriladi, boyitiladi. Bilish ma’naviy komillik 
poydevoridir. B.Blum taksanomiyasi bo‘yicha kognitiv sohada quyidagi talablarga 
alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir: 
ilmiy-nazariy dalillar, atamalarni bilish; 
dalillarni tanlash vaanglash usulini bilish; 
voqyea-xodisalarning taraqqiyot dinamikasini bilish; 
guruhlash, tabaqalash, turkumlashni bilish; 
nazorat qilish, xulosalash, baholash mezonlrini bilish; 
qo‘llaniladigan usul va yo‘llarnibilish; 
voqyea-xodisalar borishi, natijasi, mohiyatini oldindan bashoratlashni bilish; 
egallangan nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda qanday jarayon va holatda 
qo‘llashni bilish. 
Tushunish- dars jarayonida o‘rganiladigan nazariy tushunchalarni mazmun va 
mohiyatini ongli ravishda anglash, ularga nisbatan o‘z munosabatini 
shakllantirishdir. Shuningdeq o‘quvchi tomonidan egallangan nazariy bilimlarni 
og‘zaki yoki yozma ravishda tushuntirib berish, bayon etishi, voqyea va 
xodisalarning borishi natijasi, oqibatini oldindan tasavvuretish, shunga qarab o‘z-
o‘zininig faoliyatini algoritmlashtirishdan iboratdir.
Qo‘llash- o‘rganilgan materiallarni zarur vaziyat bo‘lgan vaqtda qo‘llashdan 
iboratdir. Bunga g‘oyalar, tushunchalar, qonun-qoidalar, atamalar, metodlar, 
qonuniyatlar, tamoyillar, xulosa va tavsiyalar amalda qo‘llash nazarda tutiladi. Bu 
o‘quv maqsadlari taksanomiyasining materialini bilish, tushunishga nisbatan 
materialni yuqori darajada egallanganligini amalda namoyon etuvchi ma’suliyatli 
bosqich hisoblanadi. 
Tahlil-Bu materialni yaxlit yoki qismlarga bo‘lib bilishni anglatadi. Bu jarayon 
mantiqiy tafakkurni talab etadi. O‘quvchining bilim darajasi, materialni mazmun va 
mohiyatan chuqur anglab yetishi, tushunishi, amaliyotda qo‘llay olishi tahlilni 
asosli va ishonchli bo‘lishi uchun zamindir. Tahlillar asosida xulosa va tavsiyalar 
ishlanadi, o‘quv maqsadlarining fan yoki alohida bo‘lim, mavzular bo‘yicha 
kelgusi faoliyat uchun maqsadlar belgilab olinadi. 


285 
Ўқув мақсадлари аниқ белгилангач унга 
монанд назорат топшириқлари ҳам 
ишлаб чиқилиши мақсадга мувофиқ 
бўлиб, унинг шакллари хилма
-
хилдир.
Жумладан улар:
оғзаки назорат;
ёзма назорат;
тестназорати.
Sintez- ushbu toifa o‘quv materialini 
alohida qismlarga ajratilgan tahlillari 
asosida yaxlit maqsadli natijani ifodalaydi. 
Baholash- O‘quvchi tomonidan u yoki bu 
material (badiiy asar, qonuniyat va 
qonunlar, ilmiy izlanish natijalari, 
egallangan bilim darajalari) ning 
o‘zlashtirish natijalarini indeks va 
indikatorlariga qarab aniq maqsad nuqtai 
nazaridan baho berishdan, munosabat bildirishdan, o‘lchashdan iboratdir.
Baholash jarayoni bilish natijalarini baholash mezonlariga asoslanilanishdan 
iboratdir.
O‘quv maqsadlarini topshiriqlarga 
aylantirish. 
O‘quv jarayonini texnologiyalashtirishda 
o‘quv maqsadlarini aniqlashtirish, uning 
natijasini belgilovchi nazorat topshiriqlarini 
ham ishlab chiqishni taqozo etadi.
Og‘zaki nazorat- o‘quv maqsadlaridan 
kelib chiqqan holda o‘quvchining u yoki bu 
fan modul, mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan 
bilimi, ko‘nikmasi, malakasi o‘quvchi-
o‘quvchi; o‘qituvchi-sinf jamoasi tarzida 
savol-javob, jonli kommunikativ muloqot, verbal munosabatlar tarzida baholanadi.
Og‘zaki nazoratda o‘quvchi o‘zining bilim saviyasi, tayyorgarlik darajasi, fanga 
qiziqishi, iqtidorini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘qituvchi 
o‘quvchiga bergan savol va qo‘shimcha savollar orqali uning ilmiy bilish 
qobiliyatining psixologik jihatlarini, pedagogik shart-sharoitlarini bilib oladi. 
Shuning bilan bir qatorda o‘zining mehnati natijalari samaradorligiga baho beradi.
Og‘zaki nazoratning kamchiligi vaqtning chegaralanganligi; bitta mavzu bo‘yicha 
sinfdagi barcha o‘quvchilar bilimini bir vaqtning o‘zida baholash imkonining 
Тестлар фанларнинг характери, мақсаднинг 
қўйилишига
қараб хилма
-
хилдир. Педагогика 
фанида эса тестларни 3 гуруҳга ажратиб 
туркумлаш мумкин:
Ўқувчининг интеллектуал ривожланиш 
даражасини аниқловчи тестлар.
Педагогик тестлар.
Муайян касбга яроқлиликни аниқловчи 
тестлар.
Мутахассислик фанларида эса:
ёпиқ тест топшириқлари;
очиқ тест топшириқлари;


286 
yo‘qligi; ko‘p mehnat sarflanishi; butun bir jamoaning faolligini ta’minlay olmaslik 
shular jumlasidandir. 
Yozma nazorat-o‘quv maqsadini, unda qo‘yilgan vazifalarning o‘zlashtirish 
darajasini turli shakllardagi yozma nazorat ishlari orqali baholashdan 
iboratdir.Yozma nazorat turlari bayon, diktant, insho, ijodiy ish, referat, taqdimot, 
test va boshqalardan iborat bo‘lib, o‘quvchining mavjud o‘zlashtirish darajasi, 
dunyoqarashi, shaxsiy munosabatlari, nuqtai-nazari to‘liq ifoda etiladi. Yozma 
nazorat o‘quvchining bilimi, ko‘nikma va malakalarini haqqoniy, adolatli 
baholashning samarali usuli hisoblanadi. 
Lekin, ushbu nazorat shaklida o‘qituvchi va o‘quvchining subyekt-subyekt 
tarzidagi kommunikativ muloqoti bo‘lmaydi; ba’zi hollarda o‘quvchidagi iqtidor 
o‘zini namoyon eta olmaydi; yozma nazorat natijalari haqida birdan o‘quvchiga 
ma’lumot berilmaydi; o‘qituvchidan ko‘p vaqt va mehnat talab etadi; o‘quvchining 
pedagogik-psixologik xususiyatlari, holati yaqqol jonli namoyon bo‘lmaydi. 
Test(inglizcha “test” –sinash, tekshirish, o‘rganish) - aniq maqsad asosida 
muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda imkon beruvchi sinov 
vositasi sanaladi.54 
Test ilk bor 1864 yildat Buyuk Britaniyalik psixolog olim J.Fisher tomonidan 
o‘quvchilar bilim darajasini tekshirish uchun qo‘llanilgan bo‘lib, uning nazariy 
asoslarini ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqqan. Psixologik testlar esa ilk 
martta amerikalik psixologik E.Torndaik tomonidan ishlab chiqilgan. 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlari o‘quvchilarning o‘quv-bilimi 
qobiliyatlarini baholash maqsadida keng foydalanila boshlandi. 1992 yilda 
O‘zbekiston MDH mamalakatlari ichida birinchi bo‘lib, oliy o‘quv yurtiga 
kiruvchilar uchun pedagogik testlarni amaliyotga joriy etdi. 
Yopiq test topshiriqlari bir nechta javoblardan iborat bo‘lib, barcha javoblar 
to‘g‘riga o‘hshaydi, lekin ulardan bittasi to‘g‘ri bo‘ladi. Yopiq test topshiriqlari 
javoblari son jihatidan 2-5 tagacha bo‘lishi mumkin.
Ikkita javobi bo‘lgan (“to‘g‘ri”, “noto‘g‘ri”) yopiq test shaklidagi topshiriqlar 
o‘qituvchi tomonidan dastlabki tezkor ma’lumotlarni olish maqsadida 
foydalaniladi. Ya’ni, o‘quv fani bo‘yicha o‘quvchining dastlabki umumiy 
54
У.Иноятов ва б.қ. 157
-
бет


287 
tayyorgarligi, qiziqishi, bilim darajasi va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. 
Masalan: 
Kim sizda ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lishga qiziqish uyg‘otdi? 
A) Ingliz tili o‘qituvchim 
B) O‘zimning qiziqishim kuchli. 
Ochiq test topshiriqlarida o‘quvchining bir-ikki so‘zdan iborat qisqa va aniq 
javoblari talab etiladi. Test so‘rovnomasida faktlarga asoslangan javob uchun 
maxsus joy qoldiriladi. Masalan: 
Pedagogik texnologiya atamasi----------------yilda, ------------lik pedagog olim 
tomonidan ilk bor fanga kiritilgan. 
Ochiq testlarda bitta yoki bir nechta so‘z matndan tushib qoldiriladi. 
O‘quvchilar bilimini baholashda test topshiriqlarining shakllari va mazmuni 
o‘qituvi tomonidan maqsadning qo‘yilishiga qarab tanlanadi. Pedagog olimlar 
tomonidan pedagogik test topshiriqlari shakllari ilmiy asoslangan. Ular 
quyidagicha tasnif etilgan: 
birdan-bir to‘g‘ri javobi bo‘lgan yopiq topshiriqlar: 
bir necha to‘g‘ri javoblari nazarda tutilgan yopiq topshiriqlar: 
bitta so‘z (yoki so‘zlar) tushirib qoldirilgan gapdan tashkil topgan ochiq 
topshiriqlar; 
to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlash uchun topshiriqlar (ularni bajarishda betartib 
holdagi so‘zlardan gap tuzish zarur); 
o‘zaro bog‘lanishni (muvofiqlikni) aniqlash uchun topshiriqlar; 
ayrim fanlar bo‘yicha bilimlarning chuqurligini aniqlash bo‘yicha topshiriqlar; 
sonni to‘ldirishga mo‘ljallangan topshiriqlar,bunda sonlar seriyasini topish usulini 
aniqlash testlari; 
masalalar yechishga qaratilgan (matematiq fizik va b.q) topshiriqlar; 
chizmalar va sxemalarni tushunishga qaratilgan topshiriqlar; 
olingan axborotni o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun topshiriqlar; 


288 
Рейтинг (инглизча 
“rating”

баҳолаш. 
Тартибгакелтириш,
даража)
sinonimlar va antonimlarni farqlashga topshiriqlar; 
analogiya (aynan o‘xshashlik)ga oid topshiriqlar; 
o‘qilgan matnni tushunishga oid topshiriqlar; 
ko‘rsatmalarni bajarishga oid topshiriqlar; 
bilimdonlikni aniqlashga oid topshiriqlar; 
tafakkurni aniqlovchi testlar; 
orfografik testlar; 
til masalalariga doir topshiriqlar va boshqalar; 
Test nazoratining boshqa nazorat turlariga nisbatan o‘ziga xos afzalliklari mavjud 
bo‘lib. Ular quyidagilardan iboratdir: 
imtihon biletlari 3 ta savol bilan chegaralanadi, lekin 5 ballik baho tizimidan 
butun o‘quv fani bo‘yicha foydalaniladi, lekin test yoki bo‘limi mazmuni bo‘yicha 
bilish o‘quvchi darajani aniqlovchi savollarga javob beriladi; 
o‘quvchining bilim darajasi obyektiv, adolatli baholanadi; 
vaqtdan unumli foydalaniladi; 
barcha o‘quvchilar uchun bir xil sharoit yaratiladi; 
test natijalarining baholash mezonlari, beriladigan javoblar oldindan aniqligi; 
test nazorati AKT lar vositasida avtomatlashtiriladi; 
test topshiriqlarining ba’zi kamchiliklari ham mavjud. 
Test nazoratida o‘quvchining hissiy-emosional holati, qobiliyati, kommunikativ 
faoliyati namoyon bo‘lmaydi. 
O‘quvchi tomonidan test javoblarini to‘liq, erkin yozma yoki og‘zaki bayon etish 
chegaralangan. 
Reyting tizimi. 


289 
– muayyan xodisani oldindan belgilaydigan shkala bo‘yicha baholash sanaladi. 
Reyting tizimi o‘quvchilarning bilim sifatini nazorat qilish turi, metodi va shakli 
hisoblanadi.55 
Reyting tizimi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iboratdir: 
nazoratning uch bosqichliligi ya’ni, joriy, oraliq, yakuniy; 
nazorat topshiriqlarining og‘zaki. Yozma, test tarzida doimiyligi, yalpiligi, 
izchilligi; 
nazorat topshiriqlari natijalarini inobatga olishning yaxlitligi; 
bilim, ko‘nikma, malakalarni baholashning uzksizligi, haqqoniyligi, xosliligi, 
adolatliligi; 
o‘quvchini doimiy o‘z ustida ishlashga undashi (5 ballik baho mezoni asosida 
biletli nazoratda o‘quvchi faqat imtihon jarayonida tayyorlanadi); 
o‘quvchilarga erkin, mustaqil, ijodiy ishlash, bilimlarni ihtiyoriy o‘zlashtirishlari 
uchun shart-sharoit yaratilishi; 
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari 4 ta o‘zlashtirish darajasiga 
binoan reyting foizlari mezonlariga asoslanib o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 
quyidagicha aniqlanadi: 
0-54- qoniqarsiz 
55-70- qoniqarli 
71-85- yaxshi 
86-100- a’lo 
Ushbu reyting tizimi o‘quv maqsadlari natijasini baholash uchun qo‘llaniladi. 
Tarbiya natijalari, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik natijasini baholashda esa 
tarbiya texnologiyasi maqsadlaridan kelib chiqqan holda alohida dasturiy mezonlar 
asosida baholanadi. 
Texnologik xarita 
Darsning muvaffaqiyati uni o‘qituvchi tomonidan puxta rejalashtirishga, 
loyihalashtirishga bog‘liq. Bunda o‘qituvchidan o‘quv fanining, o‘tiladigan 
55
У.Иноятов. 157
-
бет.


290 
mavzuning xususiyatlaridan, o‘z imkoniyatlaridan, o‘quvchilarning talab va 
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda har bir darsning texnologik xaritasini yaratishi 
taqozo etiladi. 
Texnologik xarita tuzishda shaklan va mazmunan quyidagi talablar inobatga 
olinadi: o‘qituvchi o‘tiladigan dars mavzuning o‘quvchi tomonidan puxta 
o‘zlashtirilishini ta’minlashni qanday samarali tashkil etadi? 
Maqsadni amalga oshirishda o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, metodik bazaga 
ega bo‘lishi; o‘quvchilarning bilim darajasi, intellektual salohiyati, fanga bo‘lgan 
qiziqishi, mavjud muhit; yosh va psixologik xususiyatlari; darsga ajratilgan vaqtni 
uning bosqichlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishi;darsning interfaol usullari, 
innovasion shakllarini o‘z o‘rnida tanlash; dars mazmunidan kelib chiqqan holda 
texnologik vositalarni aniqlash; kutiladigan natijani oldindan tashxislash. 
Darsning texnologik xaritasi rang-barangligi, puxtaligi, qiziqarliligi, o‘quvchilar 
faolligini ta’minlashi o‘quvchilar bilim,ko‘nikma va malakalarining kafolati 
omilidir. 
Texnologik xarita darsning pasporti hisoblanadi. Unda darsga ajratilgan vaqt 
muddatidan unumli foydalanish, maqsad va vazifaning aniq belgilanishi, natijaning 
kafolati asosiy mezon hisoblanadi. O‘qituvchi har bir darsning texnologik xaritasini 
tayyorlashda alohida ijodiy yondoshadi, shuning uchun texnologik faoliyat 
jarayoni o‘quvchidan ham, o‘qituvchidan ham ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, 
faollikni talab etadi. 
Masalan, O‘zekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura 1-bosqichida 
o‘tiladigan “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” fani misolida tuzilgan 
texnologik xarita quyidagicha bo‘lishi mumkin. 
Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol usullar va ularga qo‘yiladigan didaktik 
talablar 


291 
Mavzuga ajratilgan vaqt – 2 
soat 
Magistrlar soni – 50 
O‘quv mashg‘ulotining shakli – ma’ruza - taqdimot 
O‘quv 
mashg‘ulotining 
texnologik tuzilmasi 
O‘qitiladigan mavzuning mohiyatini dolzarbligini 
ilmiy-nazariy asoslash 
Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol 
usullarning o‘ziga xos ijobiy tomonlari, ularga 
qo‘yiladigan didaktik talablar haqida magistrlarga 
ma’luot berish 
Ma’ruza asosida tayyorlangan tarqatma materiallarni 
berish 
Ma’ruzani taqdimot texnologiyasi asosida yoritish 
Mavzuga oid interfaol usullarni aniqlash 
Magistrlarni qiziqtirgan savollarga javoblar asosida 
darsni mustahkamlash 
Ma’ruzani yakunlash 
O‘quv 
mashg‘ulotining 
maqsadi 
Magistrlarni innovasion ta’lim texnologiyasi 
samaradorligini ta’minlashda interfaol usullarning 
ahamiyati, turlari va ularga qo‘yiladigan didaktik 
talablar haqida ilmiy-nazariy bilimlar bilan 
qurollantirish zamirida ularni innovasion pedagogik 
jarayonga tayyorlash 
Pedagogik vazifalar 
1.Ta’lim samaradorligini 
oshirishda interfaol usullarning 
ahamiyatini ochib berish. 
2. Interfaol usullarga qo‘yiladigan
didaktik talablar haqida ma’lumot 
O‘quv faoliyati natijalari 
1.Magistrlar ta’lim jarayonining natijasi 
kafolati interfaol usullar ekanligi anglab 
yetadilar. 
2. Interfaol usullarning ta’limiy, 
tarbiyaviy ahamiyatini bilib oladilar. 


292 
berish. 
3. Interfaol usullardan ta’lim 
jarayonida foydalanishdan 
kutiladigan natijalar borasida 
tushuncha berish. 
4. “Aqliy hujum”, “Keys-stadi”, 
“Klaster”, “Video-topishmoq”, 
“Qora quti”, “Zig-zag”, “Dumaloq 
stol atrofida”, “Piramida” va boshqa 
interfaol usullarning tuzilishi va 
ahamiyatini yoritish. 
3. Interfaol usullarning dars mazmunini
o‘zlashtirishdagi ijobiy roli haqida 
ma’lumotga ega bo‘ladilar. 
4. Mazkur interfaol usullarning
qo‘llanish jarayoni, mazmuni, mohiyati, 
amaliy ahamiyati haqida yetarlicha
xabardor bo‘ladilar. 
Ta’lim metodi. 
Ma’ruza, kuzatish, tushuntirish, savol-
javob, namoyish, bayon etish, klaster 
Ta’limni tashkil etish shakli
Ma’ruza-taqdimot 
Didaktik vositalar
Mavzuga oid ilmiy-nazariy, metodik 
adabiyotlar, slayd-taqdimot, ma’ruza 
matni va tarqatma materiallar 
Ta’limni tashkil etish uchun 
sharoit 
AKT bilan jihozlangan, magistlar bilim 
olishi uchun barcha sharoitlar mavjud 
“Pedagogik texnologiya” xonasi 
Nazorat turi 
Joriy nazorat 
Mashg‘ulot bosqichlari va vaqt 
me’yorlari 
Faoliyat mazmuni 
1 bosqich: 
Tashkiliy-tayyorgarlik bosqichi
(5 daqiqa) 
O‘qituvchi faoliyati 
Magistr faoliyati 
Ma’ruzaga 
magistrlarning 
tayyorgarligi, 
auditoriyaning, 
AKTning 
tayyorgarligi, o‘quv 
jihozlarining
mavjudligini nazorat 
Ma’ruzaga zarur 
bo‘lgan barcha 
texnik jihozlarni 
tayyorlaydi, 
muhit yaratadi, 
diqqatni 
jamlaydi. 


293 
qiladi. Ma’ruza 
mavzusi e’lon 
qilinadigan maqsad va 
vazifalar, kutiladigan 
natija bayon etiladi. 
Ma’ruza 
mavzusi rejasida 
kutiladigan ilmiy-
nazariy 
g‘oyalarni 
o‘zlashtirishga 
o‘zini psixologik-
pedagogik 
tayyorlaydi. 
II bosqich: 
Asosiy - yangi bilimlarni bayon 
etish va o‘zlashtirish bosqichi 
(60 diqiqa) 
Magistrlar taqdimot 
vositasida o‘quv 
materiali bilan izchil, 
sistemali ravishda 
tanishtiriladi. Ularga 
ilmiy-nazariy bilim 
beriladi. 
Taqdimotdan 
foydalanadi. 
Magistrlar faolligini 
ta’minlaydi. 
Magistrlar bilan 
kommunikativ 
hamkorlik asosida 
yangi materialni yaxlit
o‘zlashtirilishini 
ta’minlaydi. 
Taqdimotda 
keltirilgan ilmiy-
nazariy bilimlarni 
o‘zlashtiradilar. 
Asosiy tushuncha 
va ma’lumotlarni 
yozib oladilar. 
Taqdimot 
materialari 
bo‘yicha o‘z fikr-
mulohazalarini 
bayon etadilar. 
Slaydlar bilan 
tanishadilar. 
O‘zlarini 
qiziqtirgan 
savollarni 
tayyorlaydilar.
III-bosqich
Bilimlarni mustahkamlash, fikrlar 
korreksiyasi bosqichi 
(10 daqiqa) 
Yangi material 
bayoni asosida 
magistrlar bilan ijodiy 
fikr almashadi. 
“Klaster” ususlidan
foydalanib, yangi 


294 
darsni 
mustahkamlaydi. 
Savollarga javob 
beradi. Hamkorlikda 
muammolar yechimini 
topadi. 
IV-bosqich 
Yakuniy, xulosalash, kelgusi 
rejalarni aniqlash bosqichi 
(5 daqiqa) 
Magistrlarning o‘quv 
mashg‘ulotiga 
ishtirokini joriy 
baholaydi, 
xulosalaydi, uyga 
topshiriq beradi. 
Darsning tashkiliy, 
ta’limiy, tarbiyaviy, 
rivojlantiruvchiliq 
magistrlarning faolligi 
yuzasidan umumiy 
xulosalar chiqaradi. 
Har bir magistr 
o‘quv 
mashg‘uloti 
bo‘yicha o‘z-
o‘zini baholaydi. 
Uyga berilgan 
topshiriqlarni 
yozib oladi. 
Shunday qilib, texnologik xarita o‘qituvchi faoliyatini loyihalash, samarali tashkil 
etish uchun metodik poydevor hisoblansa, o‘quvchi uchun esa chuqur bilim 
egallashida zamin yaratadi. 
INNOVASION PEDAGOGIKA VA TA’LIM INNOVASIYALARI. TA’LIM 
INNOVASIYALARINING TURLARI 
Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning jadal rivojlanishi jamiyat 
hayotining barcha sohalarida taraqqiyotining yangi istiqbollarini ochib berdi. 
Insoniyatning davlat va jamiyat qurilishiga doir asriy tajribalari ijtimoiy 
munosabatlarni yangicha yondashuvlar asosida tartibga solish borasidagi ilg‘or 
yondashuvlarning qaror toptirilishiga olib keldi. Mazkur yondashuvlarning 
mohiyati so‘nggi yillarda umumiy tarzda “modernizasiyalash” tushunchasi 
yordamida ifodalanib kelinmoqda. Xo‘sh, “modernizasiya” tushunchasi lug‘aviy 


295 
jihatdan qanday ma’noni anglatadi? Ushbu tushuncha negizida qanday holat 
tavsiflanadi?
Modernizasiya (ingl. “modern” – zamonaviy, ilg‘or, yangilangan) – obyektning 
yangi talablar va me’yorlar, texnik ko‘rsatmalar, sifat ko‘rsatkichlariga mos 
ravishda yangilanishi sanaladi.
Ta’lim tizimining modernizasiyalashda quyidagi ustuvor vazifalar hal qilinadi:
- har bir shaxsning to‘laqonli ta’lim olishida boshqalar bilan teng huquqliligi va 
ta’lim olishning ochiqligini ta’minlash;
- uzluksiz ta’lim tizimida yangi sifat ko‘rsatkichlariga erishish;
- yangi ta’lim resurslarini jalb qilish va ulardan samarali foydalanish asosida 
uzluksiz ta’lim tizimida samarali me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy 
mexanizmlarni shakllantirish;
- davlat va jamiyatning qo‘llab-quvvatlashi negizida ta’lim tizimi xodimlarining 
ijtimoiy maqomi va kasbiy kompetentligini rivojlantirish;
- ta’lim tizimining davlat va jamoatchilik boshqaruviga asoslanganlik tamoyiliga 
muvofiq ta’lim jarayoni ishtirokchilari – talabalar, pedagoglar, ota-onalar va ta’lim 
muassasalarining rolini oshirishdan iborat. Ta’limni modernizasiyalash jarayoni 
o‘z-o‘zidan innovasiyalarga bog‘liq bo‘ladi. 
“Innovasiya ... ta’limda “miqdor”ning “sifat”ga o‘zgarishi ya’ni kuchli darajadagi 
sifat bu-sinfda o‘zaro interfaol harakatlar, fikrni ifodalash uchun imkoniyatlar 
yaratish, hayotiy tajribalarni o‘rganish kabi yangi va samarali yondoshuv va 
strategiyalar orqali ifodalanadigan atamalarning jamlanmasidir”56 (Aleks Muur. 
40-bet). 
Pedagogik innovasiyalar tegishli sohada ijobiy o‘zgarishlarni sodir etish, sifat 
jihatdan yuqori natijalarga erishish maqsadida qo‘llaniladi. Bu turdagi 
innovasiyalarni asoslash muayyan bosqichlarda amalga oshadi. Ular quyidagilar:
56
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва тарбия. Рутледж. Иккинчи 
нашр. 2012. 40
-
бет.


296 
Pedagogik innovasiyalar o‘z xususiyatiga ko‘ra quyidagi tarkibiy tuzilishga ega 
bo‘ladi: 
1.Sohada namoyon bo‘layotgan yangilikni ajratib ko‘rsatuvchi blok (unda 
pedagogikadagi yangi g‘oyalar, pedagogik yangiliklarning tasnifi, ularni asoslashga 
xizmat qiladigan shart-sharoitlar, yangilik darajasini belgilovchi me’yorlar, 
pedagoglarning yangiliklarni o‘zlashtirish va undan amaliyotda samarali 
foydalanishga tayyorliklari, an’analar va novatorlik tashabbuslari, sohada 
yangiliklarni yaratish bosqichlari aks etadi).
2. Pedagoglar tomonidan yangilikning idrok qilinishi, o‘zlashtirilishi va 
baholanishi ifodalovchi blok (unda pedagogik jamoalar tomonidan yangiliklarning 
baholanishi va o‘zlashtirilishi – turli innovasion jarayonlar, konservatorlik va 
novatorliq innovasiya muhiti, pedagogik jamoalarning yangilikni idrok etish va 
baholashga tayyorliklari aks etadi.
3. Yangilikdan foydalanish va uni joriy etish bloki (unda yangilikni amaliyotga 
tadbiq etish va ulardan samarali foydalanish hodisasi ro‘y beradi).
Novasiya (yangilanish). Novasiya va innovasiyaning farqli jihatlari 
Lug‘aviy jihatdan “innovasiya” tushunchasi ingliz 
tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik 
kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovasiya” 
tushunchasi mazmunan aniq holatni ifodalaydi.
“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da 
ko‘rsatilishicha, innovasiya quyidagicha mazmun va 
tushunchalarga ega: “Innovasiya (ingl. “innovationas” 
1-босқич. Янги 
ғоянинг 
туғилиши, 
(кашфиёт 
босқичи) 
2-босқич. 
Янги ғояга 
таянган 
ҳолда 
янгиликни 
асосланиши 
3-босқич. 
Асосланган 
янгиликнинг 
амалиётда 
қўлланилиши 
4-босқич. 
Янгиликнинг 
ёйилиши ва 
кенг кўламда 
амалиётга 
тадбиқ 
этилиши
5-босқич. 
Янгиликнинг 
тегишли 
соҳада 
ҳукмронлик 
қилиши 
6-босқич. 
Муқобиллик
Инновация –
муайян 
тизимнинг ички тузилишини 
ўзгартиришга қаратилган 
фаолият 


297 
– kiritilgan yangiliq ixtiro) – 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni 
ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va 
ilg‘or tajribalarga asoslangaan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil 
etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdeq ularning turli sohalar va faoliyat 
doiralarida qo‘llanishi”57.
A.I.Prigojinning fikriga ko‘ra, innovasiya maqsadga muvofiq ravishda muayyan 
ijtimoiy birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga yangicha 
yondashish, bu munosabatni bir qadar turg‘un elementlar bilan boyitib borish 
tushunilishi lozim. Bu o‘rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita ijtimoiy 
munosabatlar, ularga nisbatan innovasion yondashish mohiyatini ifodalaydi. 
Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar, xodim, 
qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida o‘ziga xos 
innovatsion faoliyatni tashkil etadi.
Amerikalik psixolog E.Rodjers o‘z tadqiqotlarida innovasion xarakterga ega 
ijtimoiy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlari, ijtimoiy munosabatlarga 
yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning toifalari, ularning 
yangilikka bo‘lgan munosabatlari, yangilikni qabul qilish, mohiyatini anglashga 
bo‘lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari o‘rtasidagi innovasion 
xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi masalalarini o‘rgangan.
Innovasion ta’lim (ingl. “innovation” – 
yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida 
yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, 
o‘zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‘or 
g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul 
qilishga oid sifatlar, malakalarni 
shakllantirish imkoniyatini yaratadigan 
ta’lim. 
“Innovasion ta’lim” tushunchasi birinchi 
bor 1979 yilda “Rim klubi”da 
qo‘llanilgan.
Innovasion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovasion ta’lim 
texnologiyalari yoki ta’lim innovasiyalari deb nomlanadi. Innovasiyalar turli 
ko‘rinishga ega.
57
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 11 том.
Таълим инновациялари –
таълим 
соҳаси ёки ўқув жараёнида мавжуд 
муаммони янгича ёндашув асосида 
ечиш мақсадида қўлланилиб, 
аввалгидан анча самарали натижани 
кафолатлай оладиган шакл, метод 
ва технологиялар


298 
Ta’lim tizimida yoki o‘quv faoliyatida innovasiyalarni qo‘llashda sarflangan 
mablag‘ va kuchdan imkon qadar eng 
yuqori natijani olish maqsadi 
ko‘zlanadi. Innovasiyalarning har 
qanday yangilikdan farqi shundaki, u 
boshqarish va nazorat qilishga imkon 
beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga 
ega bo‘lishi zarur. Mohiyatiga ko‘ra 
innovasiyalar munosabat yoki 
jarayonga yangilik kiritishning 
dinamik tizimi sanaladi. O‘z-o‘zidan tizim sifatida yangilik kiritirish munosabat 
yoki jarayonning, birinchidan, ichki mantig‘ini, ikkinchidan, kiritilayotgan 
yangilikning muayyan vaqt oralig‘ida izchil rivojlanishi va atrof-muhitga 
ko‘rsatadigan o‘zaro ta’sirini ifodalaydi.
Ta’lim innovasiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular: 
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham “novasiya”, “innovasiya” hamda 
ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat 
to‘g‘risida so‘z yuritiladi. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin