309
Bugungi kunda pedagoglarning innovasion faoliyat ko‘nikma, malakalariga ega
bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innofasion faoliyat
ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtira olishlarida ularning innovasion yondashuvga
ega bo‘lishlari talab etiladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra pedagoglar tomonidan
innovasion faoliyat ko‘nikma, malakalarining o‘zlashtirilishi ularda innovasion
yondashuvni qaror topishi asosida kechadi. Pedagoglarda innovasion
yondashuvning qaror topishi ham murakkab jarayon bo‘lib, u bir necha bosqichda
kechadi
Demaq ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiyaning rivojlanishi ta’lim
tizimida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Ta’lim tizimining
modernizasiyasi davlat va jamiyat malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli ta’lim
olishga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ro‘y beradi.
Ta’lim amaliyotida pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi ta’lim tizimi
modernizasiyasining tarkibiy elementi hisoblanadi. Zamonaviy sharoitda ta’lim-
tarbiya jarayonlarini texnologiyalashtirish kam kuch va vaqt sarflagan holda
kutilayotgan natijani qo‘lga kiritishga imkon beradi, o‘qitish sifatini yaxshilab,
samaradorligini oshiradi.
Pedagogik innovasiyalar pedagogik faoliyatga yangiliklarning izchil olib
kirilishini tavsiflaydi. Pedagogik innovasiyalarning didaktik imkoniyatlariga ko‘ra
ta’lim tizimi va jarayoni rivojlanib boradi. O‘qituvchining innovasion faoliyati
pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a undovchi, bunyodkorlikka
rag‘batlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lib, ta’lim jarayonining sifatini
kafolatlaydi. Shu sababli har bir o‘qituvchi innovasiyalarning mohiyatini to‘la
tushungan holda o‘z faoliyatiga izchil tatbiq eta olishi zarur.
O‘qituvchi innovasion faoliyatining mezonlari va uni shakllanish bosqichlari.
Innovasion faoliyat o‘qituvchining hamma muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy
Dostları ilə paylaş: