Modernizatsiyalash jarayonlari


umummadaniy dunyoqarashni



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82
pedagogika (2)a

umummadaniy dunyoqarashni
shakllantirishga doir quyidagi 
mezonlarni
tushunishimiz mumkin: 
42
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва 
тарбия. Рутледж. Иккинчи нашр. 2012. 178 бет. 


258 
- umummadaniyatning mazmun-mohiyatini tushunishi; 
- o‘z milliy madaniyati va boshqa xalqlarning madaniyatlariga hurmat
tuyg‘usi; 
- o‘z-o‘ziga hurmat; 
- tarixiy ongning shakllanganligi; 
- men va vandalizm (madaniy boyliklarni g‘orat qiluvchilarga qarshi
kurashi); 
- ma’naviy va moddiy boyliklarga madaniy munosabat; 
- tasavvur va fantaziya (men va mif); 
- estetika va tarbiya (men va go‘zallik); 
- axloqiy tarbiyalanganlik (boshqalarning holatini his etish); 
- ma’naviyatlilik (men va mening qalbim); 
- ekologik madaniyati (atrof-olamga munosabat); 
- o‘z faoliyatida umummadaniy dunyoqarashini namoyon eta olishi. 
Insonni tarbiyalash unga ta’lim berish har qanday davrda ham asosiy masala 
bo‘lib kelgan va ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni qanday qilib yosh
avlodga o‘rgatish , komil shaxs etib tarbiyalash yo‘llarini izlaganlar. Hozirgi 
davrning asosiy talabi – mustahkam va chuqur bilimlarga, kuchli irodaga, g‘oyaviy 
immunitetga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash va ularning dunyoqarashini
shakllantirish. 
Shunga ko‘ra , noan’anaviy ta’lim-o‘quvchilarni kasbga qiziqtiruvchi bilim 
doiralarini kengaytiruvchi, ularda hozirjavoblik xususiyatlarini tarbiyalovchi, 
faollashtiruvchi va ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi kabi 
didaktik funksiyalarni bajaradi.Tajribalarda ta’kidlaganideq agar mashg‘ulot 
odatdagi tinglab o‘tirishga asoslangan usulda o‘tkazilganda talabalar axborotning 
ko‘pi bilan 20 % ni o‘zlashtirgan bo‘lsa, ilg‘or pedagogik usullardan 
foydalanilganda esa, bu ko‘rsatkich 80-90% gacha oshganligi tasdiqlangan. 
Noan’anaviy ta’limning samaradorligi yana shundan iboratki, uning qatnashchilari 
yaxlit tizimli bilimga ega bo‘ladi va mustaqil ijodiy fikrlash qobilyatlari 
rivojlanishi negizida bo‘lajak kasbiy faoliyatga oid boshlang‘ich ko‘nikmalar 
shakllantirilib o‘quv-tarbiyaviy jarayonini amaliyot bilan bevosita bog‘lab olib 
borishni ta’minlaydi. Shuning uchun ham, u rivojlantiruvchi o‘qitishning yuqori 
samarali usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Turli g‘oya va mafkuralar kurashi kuchaygan bugungi tezkor axborot asrida 
yoshlar tarbiyasiga bo‘lgan salgina befarqlik katta xatolarni vujudga kelishiga 
sabab bo‘ladi. Ayniqsa, “ommaviy madaniyat” deb ataluvchi salbiy kuchlar butun 
dunyoga axborot oqimi orqali raxna solib turgan davrda oilalarimiz bag‘rida unib 
o‘sayotgan yoshlar ta’lim-tarbiyasiga e’tibor va mas’uliyatni oshirish juda 
muhimdir. 
Ana shunday vaziyatda, – deb yozadi I.A. Karimov, – odam o‘z mustaqil fikriga, 
insonlar sinovidan o‘tgan hayotiy, milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda 
shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, turli ma’naviy 
tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh, pinhoniy ko‘rinishdagi ta’siriga bardosh 


259 
berishi amrimahol”. Shuni aytib o‘tish joizki, Globallashuv kuchayishi bilan birga 
hozirgi davrning yana bir muhim xususiyatlaridan biri- axborot jamiyatning 
shakllanishidir. Bu jamiyatda axborot asosiy qadriyatga aylangan. Axborot 
asrining muhim ko`rsatkichlaridan biri – davlat va jamiyatning barcha 
bo‘g‘inlari uchun axborot bilan almashish birinchi hayotiy zaruratga aylanishi. 
Ta’lim tizimiga yangi pedagogik va axborot kommunikasiya texnologiyalarini 
olib kirish bugungi kunning muhim masalalari sirasiga kiradi. Ta’lim-tarbiya 
jarayoniga axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish orqali bir qancha 
qulayliklar yaratiladi. Shu narsani e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, ayni 
paytda, axborot olish ko‘lami har qachongidan ham kengroq bo‘lib, yetarli 
darajada ko‘payib bormoqda. Demaq yurtimizda fan-texnika rivojlangani sayin, 
axborot olish imkoniyati ham oshib boradi. O‘quvchilarga talab doirasida 
ma’lumotlarni yetkazib berishda, fan-texnika yutuqlaridan unumli foydalanish 
zarur. O‘sib, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni barkamol qilib tayyorlashda, 
yangi axborot texnologiyalaridan o‘z vaqtida va unumli foydalanishning istiqbolli 
tomonlari ko‘zga tashlanmoqda. Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar 
yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan. 
Ammo, ta’lim jarayonida ba’zi holatlar ham ko‘zga tashlanadiki, masalan, 
an’anaviy dars tizimidan voz kechmasliq pedagogik texnologiyalardan 
foydalanmasliq 
darslarni 
ijodkorlik 
bilan 
uyushtirmaslik 
kabi. 
Oqibatda, o‘quvchilar darsning subektiga emas, balki,sust obektiga aylanib 
qolmoqda. An’anaviy dars tizimidan voz kechmaslik oqibatida o‘quvchilarda 
mustaqil fikrlash, dunyoqarashning boyib borishi, mavzularni to‘liq idrok etish im-
koniyati cheklanib qolmoqda.Ta’limning barcha bo‘g‘inlarida olib borilayotgan tub 
islohotlar, asosan, yuqori malakali, zamon talablariga javob bera oladigan 
raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlashga bo‘lgan talabni, ehtiyojni 
qondirishga qaratilgan. 
Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchilarni ham o‘z faoliyatida zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan bemalol, o‘zgalar yordamisiz foydalana olishlari lozim. 
Jumladan, bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik texnologiyalardan o‘z faoliyatlarida 
malakali mutaxassis sifatida foydalana olishlari uchun ma’lum bir ma’noda, shu 
yo‘nalish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi zarur. Shuningdeq 
bo‘lajak o‘qituvchilarida zamon, pedagogik texnologiya yordamida milliy-
ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish ahamiyat kasb etadi. Chunki, zamonaviy 
pedagogik texnologiyadan yangi axborot texnologiyalari bir qancha afzalliklarga 
ega ekanligi bilan ajralib turadi. 
Aynan shunday zamonaviy axborot texnologiyalardan unumli foydalanish 
orqali o‘quvchilarda ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqish hamda ularni 
e’zozlash xususiyatlari rivoj topadi. AKT bilan ishlash jarayonida 
ma’naviyatimizga yot “ommaviy madaniyat”ga xos bo‘lgan axborotlarga qarshi 
kurashish uchun yoshlarda ma’naviy imunitetni shakllantirishga alohida e’tibor 
qaratish lozim. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchilar: 


260 

o‘quvchilarda AKT imkoniyatlaridan foydalangan holda milliy qadriyatlarga 
sodiqlik fazilatlarini shakllantirishi; 

milliy-ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi sayt materiallaridan ta’lim 
jarayonida unumli foydalana olishlari; 

milliy-ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etishda yangi AKT loyihalarini 
tayyorlash. 

Bu, o‘z navbatida, ta’lim samaradorligining oshishiga olib keladi. Ta’lim-
tarbiya jarayoniga axborot texnologiyalari imkoniyatlarini tatbiq etish ijobiy natija 
beradi. 
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak 
ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng 
buyuk boylik bo‘lib kelgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning inson va 
jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning 
nazariy va amaliy tomonlari har tomonlama keng qamrovli fikr va xulosalar orqali 
tahlil etiladi. Ayni paytda istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma’naviyatimizni 
tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan 
ulkan ishlar, bu borada oldimizda turgan maqsad va vazifalar haqida atroflicha fikr 
yuritiladi. Shuningdeq jahon miqyosida voqyealar shiddat bilan kechayotgan bir 
paytda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan, Internetning 
beqiyos imkoniyatlaridan keng foydalanishga erishish hamda komil insonni 
tarbiyalash pedagog xodimlarning faoliyat mezoniga aylanishi zarurligini 
barchamiz yaxshi anglashimiz lozim deb takidlanadi.
43
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, milliy-ma’naviy 
qadriyatlarni o‘rgatish yoshlarning har tomonlama erkin fikrlashiga, ijodiy 
yondashuviga, dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishiga sharoit yaratadi. 
Har bir kishining dunyoga nisbatan o‘z qarashi, o‘zi va o‘zgalar, hayot va olam 
to‘g‘risidagi tasavvurlari, xulosalari bo‘ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, 
qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik 
faoliyatining mazmunini belgilaydi. 
Dunyoqarash-insonning tevarak-atrofini qurshab turgan voqyelik to‘g‘risidagi, 
olamning haqidagi turli qarashlarining majmui, shaxsning barcha bilimlar tizimi. 
Shu ma’noda dunyoqarash turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan individual 
dunyoqarash, 
ijtimoiy 
dunyoqarash, 
milliy 
dunyoqarash, 
umummadaniy 
dunyoqarash . 
Hozirgi kunda biz e’tibor berishimiz kerak bo‘lgan vakundan –kunga bir 
qancha munozaralarga sabab bo‘layotgan mavzu bu umummadaniy dunyoqarash 
va uni bo‘lajak pedagoglarda shakllantirishning mexanizmlari. Umummadaniy 
dunyoqarash pedagogika sohasida o‘zining ahamiyatiga ega tushuncha.Chunki 
aynan umummadaniy dunyoqarash pedagogik mahorat, pedagogik malakani tashkil 
etuvchi muhim komponentlardan hisoblanadi. Zero biz XXI asrda yashayotgan 
43
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.Т.:2008. Маънавият нашриёти. 86 бет 


261 
ekanmiz har bir pedagog zamon talablariga munosib, faqat o‘z kasbining ustasi 
bo‘libgina qolmay, o‘z xalqining buyuk madaniy merosi haqida bilish bilan bir 
qatorda o‘zgamillatlar madaniyati, ularning tili, dini, san’ati, moddiy va ma’naviy 
meroslari haqida ham tushunchalarga ega bo‘lishi va ularga nisbatan hurmat bilan 
qarashi umummadaniy dunyoqarashning asosiy komponentini tashkil etadi. 
Jahon ta’limi taraqqiyoti tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti 
shu jarayonda joriy etilgan ta’lim tizimining rivoji va takomillashuvi bilan 
chambarchas bog‘liqdir.
44
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab 
o‘tganidek: «Aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi yo‘q. Toki 
hayot davom etar ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan yangi-
yangi talablarga ko‘ra mustaqil ravishda o‘zgarib-yangilanib boraveradi». 
45
Ta’lim-tarbiyasohasidagiislohotlarningmarkazida esao‘qituvchituradi. Qadimda 
greklar juda ajoyib iborani qo‘llaydilar: «Talaba – to‘ldirilib turilishi kerak bo‘lgan 
idish emas, balki yoqib turilishi lozim bo‘lgan mash’aldir». Bu fikrning tagida 
chuqur ma’no bor. Zero, o‘qituvchi yetarli kasbiy malakaga ega bo‘libgina 
qolmay, darsni qay tarzda tashkil etish usullarini mukammal bilishi kerak. Ta’lim 
jarayonini bugungi kundagi asosiy talablaridan biri erkin fikrlovchi, mustaqil 
tafakkurga va dunyoqarashga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish, umumstandart 
talablarga javob bera oladigan bo‘lib, katta mash’allar paydo bo‘lishini ta’minlab 
beradi. 
Shu xususda e’tiborni qaratishimiz kerak bo‘lgan masala shuki, 
umummadaniy dunyoqarash bo‘lajak xorijiy tillar o‘qituvchilarida mukammal 
shakllantirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagi fikrga ko‘ra talaba yoqib 
turilishi lozim bo‘lgan mash’ala bo‘lsa, uni hozirgi XXI asrda davr taraqqiy etgan, 
innovasion texnologiyalar rivojlangan bir paytda, dars jarayoniga qiziqtirish biroz 
qiyinroq masalaga aylanmoqda. Bugun biz ta’lim-tarbiya berayotgan talabalar-
bo‘lajak o‘qituvchilar ertaga bolaga, shaxsga ta’lim-tarbiya beradilar.Ular 
maktablarda, 
kollejlarda, 
akademik-litseylarda 
pedagog 
sifatida 
faoliyat 
ko‘rsatadilar. Ularga ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (1997yil) ta’lim 
muammolari oldiga mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish muammosini 
qo‘ygandir. 
Ularni darsga qiziqtirish va 
mustaqil 
fikrlash 
qobiliyatini 
shakllantirish 
jarayonida 
esa 
o‘qituvchi o‘zida shakllantirilgan 
umummadaniy 
dunyoqarashdan 
asosli foydalana oladi. Masalan 
44
Алекс Муур. Таълим бериш ва таълим олиш: педагогика, таълим дастури ва 
тарбия. Рутледж. Иккинчи нашр. 2012. 51-53 бетлар. 
45
Karimov I. A. O’zbekiston buyuk kelajak sari T.: O’zbekiston, 1998 y. –62 b. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin