Modernizatsiyalash jarayonlari


Ko‘rish qobiliyati buzilgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish. Ko‘rish



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   82
pedagogika (2)a

Ko‘rish qobiliyati buzilgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish. Ko‘rish 
qobiliyati buzilishi turlari, ularning sabab va oqibatlari. 
Ko‘rish - ko‘rish 
analizatori yordamida borliqni sezish va qabul qilishdir. Miya ko‘rish orqali 
tashqi dunyo haqidagi ma’lumotlarni 
oladi. 
Bolaning 
ko‘rish 
qobiliyati 
buzilganda uni rivojlantirish, o‘qitish 
va tarbiyalash jarayonlarida jiddiy 
qiyinchiliklar yuzaga keladi. 
Bolalarda 
ko‘rish 
qobiliyati 
buzilishining sabablari turlicha bo‘lib, 
ular nasliy kasalliklar, homila ona 
qorinida rivojlanayotganda ko‘rish 
organlari patologiyasining yuzaga kelishi, homiladorlik paytida onaning 
tokeplazmoz, qizamiq va boshqa og‘ir kasalliklar bilan og‘rishi va hokazo 
omillardan iborat bo‘lishi mumkin.
Ko‘rish qobiliyatining buzilishi tug‘ma yoki orttirilganbo‘ladi.
Tug‘ma ko‘r bo‘lish homilaning zararlanishi sababli Yuzaga keladi. Ko‘rish 
nuqsonlarining Yuzaga kelishida nasliylik ham ko‘zga tashlanadi. 
Orttirilgan ko‘rlik odatda ko‘rish organlari – to‘r pardasi, shoh parda yoki 
markaziy 
nerv 
tizimining 
kasallanishi 
(meningit, 
miya 
shishi, 
meningoyentsifalit), organizmning umumiy kasallanishidan keyingi asoratlari 
(kor, gripp, skorlatina), shuningdeq miya yoki ko‘zning jarohatli shikastlanishi 
(boshi yaralanishi, shikastlanishi) oqibatida bo‘lishi mumkin.
Ko‘rish qobiliyatining buzilgan bolalar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 
1.
Ko‘r tug‘ilganlar. 
2.
Erta ko‘r bo‘lib qolganlar. 
Кўриш 
қобилияти 
бузилган болаларни ўқитиш ва 
тарбиялаш хусусиятлари билан 
тифлопедагогика 
шуғулланади 
(Юнонча «typhlos» – кўр) – 
коррекцион 
педагогика 
(дефектология)нинг 
муҳим 
соҳаси.


511 
3.
Uch yoshidan keyingi ko‘r bo‘lib qolganlar.
Ommaviy maktablarda, ta’lim olganda yomon ko‘ruvchi bola jiddiy 
qiyinchiliklarga duch keladilar. Idrok etishning aniq emasligi, sekinligi, torligi 
kabi xususiyatlar predmetlarni tanib olish, ularning shaklini ajratish, o‘ziga 
xos belgilarini bilib olishda ma’lum qiyinchiliklariga olib keladi. Bolalar 
satrlar, harflar va raqamlarni adashtiradilar. Bular o‘qish texnikasi egallab 
olish, o‘qilganlarning mazmunini tushunishga halaqit beradi. Oddiy maktabda 
yomon ko‘ruvchi bolalar doskada nima yozilganligini ko‘rmaydilar, qarab 
bajariladigan ishlarni tashkil etishda yomon ko‘radigan bolalar tez 
charchaydilar, bu ularning ish qobiliyatlarini pasaytiradi. Pedagoglarning 
oldidagi eng muhim vazifa - yomon ko‘radigan bolani o‘z vaqtida aniqlash, 
unga maxsus ta’lim va tarbiya berish masalasini hal etish uchun PMPKga 
yuborishdan iborat. Yomon ko‘radigan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash asosan 
maxsus (Korreksion) maktablarda amalga oshiriladi. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin